N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


VII.2. Turli separatorlarning maqsadi va konstruktiv xususiyatlari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

VII.2. Turli separatorlarning maqsadi va konstruktiv xususiyatlari 
Neftni gaz va suvdan turli xil separatorlarda quyidagi maqsadlarda ajratiladi: 
1) yo’ldosh gazni kimyoviy xomashyo yoki yoqilg’i sifatida ajratib olish
2) neft va gaz oqimini aralashishini va gidravlik qarshiligini kamaytirish; 
3) hosil bo’lgan ko’pikni tarqatish; 
4) nobarqaror emulsiyani qazib olishda neftdan suvni ajratib olish; 
5) gaz va gazkondensat koni maydonida separatorlar gazdan suyuqlik 
tomchilari va mexanik aralashmalarni ajratish maqsadida o’rnatiladi. Har qanday 
turdagi separatorda quyidagi to’rt seksiya ajratiladi. 
I. Asosiy ajratish seksiyasi, neftni gazdan ajratish uchun xizmat qiladi. 
Ajratish seksiyasining ishlashiga quduq mahsulotini kiritish katta ta’sir etadi. 
II. Tindirgich seksiyasi, unda ajratish seksiyasidan tushgan neftdan gaz 
pufakchalarini qo’shimcha ajratish amalga oshiriladi. Neft tarkibidagi mayda gaz 
pufakchalarini ajratishni yaxshilash uchun kichik qalinlikdagi neft oqimi qiya 
tekislikdan oqiziladi. 
III. Neftni yig’ish seksiyasi, separatorning eng pastki qismini tashkil qilib, 
neftni yig’ish va separatordan chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu yerda neft 
tindiruvchi seksiyaning ishlash samarasiga qarab bir fazali yo’li gaz aralashgan ikki 
fazali ko’rinishida bo’ladi. 
IV. Tomchi tutqich seksiyasi, separatorning yuqori qismida joylashgan va gaz 
oqimi bilan qo’shilib ketayotgan kichik tomchilarni tutish uchun xizmat qiladi. 
Neft koni maydonida joylashtirilgan har qanday turdagi separatorning 
samarali ishlashi quyidagi asosiy ikkita ko’rsatkichga bog’liq: tomchi tutgich 


86 
seksiyasi IV dan chiqayotgan gaz oqimi tarkibidagi tomchi ko’rinishidagi suyuqliklar 
miqdori va neftni yig’ish seksiyasidan chiqayotgan neft tarkibidagi gaz pufakchalari 
miqdori. Bu ko’rsatkichlar qancha kam bo’lsa, separator shuncha samarali 
ishlamoqda deyishimiz mumkin. 
Gaz va gazkondensat koni maydonida o’rnatilgan separatorlarning samarali 
ishlashi faqat birinchi ko’rsatkich, yani gaz oqimiga qo’shilib ketayotgan suyuqlik 
tomchilari miqdori orqali aniqlanadi.
Jalyuzali nasadka o’rnatilgan separatorning umumiy ko’rinishi va kesimi 
VII.1- rasmda keltirilgan. Neftgaz aralashmasi bosim ostida quvurcha 6 orqali butun 
uzunligi bo’yicha teshigi bo’lgan taqsimlovchi kollektor 2 ga beriladi.

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling