N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Lak bo`yoq qoplamalari. Har xil lak bo`yoq materiallari asosidagi polimer 
qoplamalarining ishlatish metall qurilmalarining korroziyadan himoya qilishdagi 
rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 
Neft va neft mahsulotlari, hamda ularning tarkibida suv va oltingugurt 
birikmalarini (H
2
S) bo‘lishi quvur va rezervuarlarning ichki yuzasini tez 
korroziyalanishini sodir etadi. Amaliy ma’lumotlarga qaraganda mahsulot tarkibidagi 
H
2
S ning miqdori 0,05% bo‘lganda quvur yoki rezervuar devorining yemirilishi 5 
mm/yil ni tashkil etadi. Agar mahsulot tarkibida namlik bo‘lmasa, H
2
S korrozion 
aktiv hisoblanmaydi. Suv bo‘lsa korrozion aktiv hisoblanadi va korrozion jarayoni 
quyidagicha sodir bo‘ladi. 
Neft va gaz sanoatida quvur va rezervuarlarning ichki yuzasini korroziyadan 
himoya qilishda epoksidli lak bo`yoq materiallari ishlatiladi. Lak bo`yoq 
materiallarini himoya qilish xususiyatlari qo‘shiladigan qotiruvchilar turiga va 


79 
tegishlicha quritish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Lak bo`yoq materiallarining 
qotiruvchilar sifatida alifatik aminlar va kichik molekulali poliamid smolalari 
ishlatiladi. Epoksidli lak bo`yoq tarkibiga qo‘shilgan qotiruvchilar, harorat ta’sirida 
epoksid gruppasi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, lak bo`yoq materiallari 
molekulalarini bir-biri bilan bog‘lab qo‘yadi. Natijada, metall yuzasida hech narsada 
erimaydigan tikilgan lak bo`yoq materialining qoplamasi hosil bo‘ladi va yuqorida 
keltirilgan korroziya jarayonining bo‘lishini oldi olinadi. 
Quvur va rezervuarlarning tashqi yuzasini atmosfera korroziyasidan himoya 
qilishda kerakli bo`yoqlar shisha qoplamali emallardan foydalaniladi. 
 
VI.5. Neft-gaz-suv muhitida korroziyaning o‘ziga xos xususiyatlari 
Qazib olinayotgan neft odatda o‘zining tarkibida qatlam suvi (erkin va 
emulsiya bilan qoplangan holda), har xil mineral tuzlar - NaCl, CaC1, MgCl
2
va 
boshqalar, hamda mexanik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Shuningdek neft 
tarkibida har xil organik (CH
4
, C
2
H
6
 , C
3
H
8
, C
4
H
10
, C
5
N
12
) va noorganik (H
2
S, CO
2

gazlar mavjuddir. Neft tarkibidagi turli tumanlik uni qazib olish, tozalash, saqlash, 
transport qilish va ishlov berishda qo‘llaniladigan jixozlarning korroziyalarga 
uchrashiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa bu sohada ishlatiladigan quvurlar va po‘lat 
rezervuarlar korroziyasi bir vaqtning o‘zida kimyoviy va elektrokimyoviy
korroziyalarga uchraydi. 
Qazib olinayotgan tabiiy uglevodorod gaz CH
4
, C
2
H
6
, C
3
H
8
, va h.k. parafin 
qatoridagi (C
n
H
2n
) uglevodorodlardan va boshqa og‘ir uglevodorodlardan tarkib 
topgan. Gazlar tarkibida H
2
S, CO
2
, organik birikmalar va suvlar bo‘ladi. Shuningdek 
qazib olinayotgan mahsulot tarkibida minerallashgan suvlar, hamda agressiv 
komponentlarning bo‘lishi elektrolit muhitini yaratadi. Neft va gazni qazib olish va 
tayyor mahsulot ko‘rinishiga keltirgunga qadar har xil korroziya muhitlari va 
korroziya turlari vujudga keladi. Neft va gazni qazib olishda smola-parafinlar
emulsiyalar, H
2
S, CO
2 
larning bo‘lishi quvur, rezervuarlar va boshqa jixozlarda, 
kimyoviy va eletrokimyoviy ichki va tashqi korroziya jarayonlarining kechishi 
zaruriy himoya usullarini qo‘llashini talab qiladi. 


80 
Jixozlarning ichki korroziyasi ishchi muhit bilan kontakt natijasida sodir bo‘lib, 
tashqi korroziyasi esa tashqi muhit - atmosfera sharoiti, tuproq tarkibi, adashgan 
toklar ta’siri kabilar bilan bog‘liqdir. 
Tashqi korroziyaga qarshi elektrokimyoviy usullar, izolyatsion qoplamalar 
bilan qoplash kabi usullar qo‘llaniladi. 
Ichki korroziyaga qarshi himoya izolyatsion qoplamalar qoplash, ishchi 
muhitga kimyoviy reagentlar, ingibitorlar, bakteritsidlar kiritish, Shuningdek 
texnologik uslublar – agressiv muhitni normal muhitga aylantiruvchi emulsiya hosil 
qilish, jixozni sovitish, metall jixozning agressiv muhitda ishlash vaqtini kamaytirish 
kabi yo‘llar bilan erishiladi. 
Neft va gaz qazib olishda kon muhitida yuqori miqdorda oltingugurt 
birikmalarini va kislorodning bo‘lishi muhit korrozion faolligini oshiradi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling