N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Neft gaz qazib olishda kimyoviy reagentlarning qo‘llanilishi


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Neft gaz qazib olishda kimyoviy reagentlarning qo‘llanilishi. 
Neft va gaz qazib olish, yig‘ish va tayyorlashda organik yoki noorganik 
kimyoviy reagentlar qo‘llaniladi. 
Kimyoviy reagentlarning qo‘llanilishi quduq ion qatlami tarkibi, texnologik 
jarayonni tashkil etish ketma-ketligi va shu kabilarga bog‘liqdir. 
Kimyoviy reagentlar turli maqsadlarda qo‘llaniladi. Biz quyida korroziyaga 
qarshi himoya qiladigan va korroziya jarayonining sekinlashuviga sabab bo‘ladigan 
kimyoviy reagentlarni ko‘rib chiqamnz. 
Korroziyaga qarshi himoya uchun qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlarni 
korroziya ingibitorlari, korroziya jarayonini sekinlashtiruvchi kimyoviy reagentlarni 
passivatorlar deb ataymiz. 
Smola parafin chiqindilari hosil bo‘lishiga qarshi kurash uchun qo‘llaniladigan 
ingibitorlar yoki smola-parafinni ketgizuvchi kimyoviy reagentlar neft quduqlarida 
ishlatiladi.
Deemulgatorlar neft quduqlari va neftni tayyorlash qurilmalarida ishlatiladi. 
Deemulgatorlar qatlam suvlari va neft bilan emulsiya hosil qilib, ularning 
korrozion faolligini kamaytiradi. 


81 
Har xil tuzlar chiqindilari hosil bo‘lishining oldini olish uchun neft quduqlari 
va kon qatlamiga ingibitorlar yoki tuzlar cho‘kindilarni haydovchi kimyoviy 
reagentlar qo‘llaniladi. 
Korroziya tezligini kamaytirish uchun neft qudug‘i, suvni tayyorlash qurilmasi, 
nasos stansiyasi, suv haydovchi quduq va kon qatlamiga ingibitorlar (yoki 
bakteritsidlar) kiritiladi. Shuni nazarda tutish kerakki ingibitor yoki passivator 
kiritilishi faqat shu kiritilgan qurilmanigina emas, undan keyingi joylashgan 
qurilmalar uchun ham ta’sir qiladi. 
Quvur uzatkichlarning ichki va tashqi korroziyasi. 
Metallning atrof – muhit ta’sirida yemirilishi korroziya deyiladi. Kon 
hududidan o‘tgan quvur uzatkichlar uch xil, ya’ni atmosfera korroziyasi, tuproq 
korroziyasi va ichki korroziya ta’sirida yemirilishi mumkin. Atmosfera korroziyasi – 
yer yuzasida joylashgan quvurlarning ob-havo ta’sirida zanglashi. Buni bartaraf qilish 
qiyin emas. Buning uchun quvurlar bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi. Tuproq 
korroziyasi murakkabroq. Bunda tuproq tagida yotgan quvurlar tuproqning kimyoviy 
tarkibi, namligi natijasida zanglab ishdan chiqadi. Masalan, sho‘ri yo‘q, quruq, qumli 
tuproqda yotgan quvurlar, nam, sho‘r tuproqda yotgan quvurlarga nisbatan ko‘proq 
xizmat qiladi. 
Quvur devorlarining ichidan oqayotgan nordon va ishqorli asosga ega bo‘lgan 
suyuqliklar bilan ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan korroziya ichki korroziya deyiladi. 
Kon hududidagi quvur uzatkichlar ichki va tashqi tarafdan korroziyaga uchrab 
yemirilishi mumkinligini hisobga olib, ularni ham ichidan, ham tashqarisidan himoya 
qilish lozim. Quvurlarning korroziyaga qarshi qoplamasi quyidagi talablarga javob 
berishi lozim: suv o‘tkazmasligi, metall bilan mustahkam jipslashishi, elektr tokini 
o‘tkazmasligi, kam xarajatliligi va boshqalar. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling