82
Respublikamizda neft va gaz konlarini qazish va
ulardan foydalanish uchun
mo‘ljallangan jixozlar va qurilmalar yillar o‘tishi bilan korroziya natijasida eskirib
bormoqda.
Hozirgi paytda korroziyaga qarshi himoyaning yangidan
yangi turlari ishlab
chiqarilmoqda, bulardan polietelenli,
issiqlik ezoliyatsiyali, antikorrozion qoplamali
quyida keltirilgan rasmlardan ko‘rishimiz mumkin (VI.4-rasm).
Ularni almashtirish va boshqa turdagi himoya vositalarining qo‘llanilishi
ko‘plab iqtisodiy harajatlarni talab qiladi. Shuning uchun
respublikamizda mavjud
imkoniyatlardan foydalanilgan holda, asosan korroziyaga qarshi himoya vositalarining
zamonaviy usullarini ishlab chiqish, sinash va qo‘llash zaruriyati tug‘ilmoqda.
VI.4-rasm.Quvurlarni korroziyadan himoya qilishning zamonaviy
polietilenli qoplamalari
83
Bu borada tezkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar quyidagilar hisoblanadi:
- zaruriy talablarga javob beruvchi aniq xossali lak bo‘yoq materiallari,
mastikalar, ingibitorlar ishlab chiqish;
- jixozlar va ularning detallarini germetizatsiyalash,
kiritish;
muhitni kislorodsizlantirish;
inert muhitlar hosil qilish, tindirgichlar
qo‘llanilishiga erishish;
- zaruriy bakteritsidlar, fungitsidlar kabilarni ishlab chiqish va boshqalar.
Shuningdek jixoz va uskunalarni ishlash texnologik
rejimlarini neftgaz
mahsuloti tarkibi ta’siriga bog‘liq ravishda o‘rganilib, ularning ishlash davriyligi va
davomiyligini ishlab chiqish orqali ham korroziya tezligini kamaytirish imkoniyatlari
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: