N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV- bob bo’yicha xulosa
Nazorat savollari
1. Quvur uzatkichlar va neft yig‘uvchi kollektorlarning ifloslanish sabablari nimada? 2. Quvurlarda parafin hosil bo‘lishi va hosil bo‘lgan parafinni bartaraf qilish uchun qanday choralar ko‘riladi? 3. Gidratlar nima va ular qanday sharoitda hosil bo‘ladilar? 4. Gidratlar hosil bo‘lishini oldini olish uchun qanday shoralar ko‘riladi? 5. Hosil bo‘lgan gidratlarni bartaraf qilish uchun qanday reagentlar qo‘llaniladi? IV- bob bo’yicha xulosa Bu bo’limda neft va gaz quvurlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasayishi sabablari va qarshi kurashish usullari, konlarda qo‘llaniladigan quvur uzatkichlar tasnifi, neft quvurlarining ifloslanishi va ularning oldini olish usullari, gaz uzatkichlardagi suyuq va gidratli tiqinlar, ularning oldini olish va bartaraf qilish usullari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 59 V-bob. Quvur uzatgichlarning texnologik hisoblari V.1. Quvurlarni texnologik hisobi bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar Neft va neft mahsulotlarini quvurlarining texnologik hisoblarida quyidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi: - quvurning gidravlik hisobi; - jixozlarni tanlash; - mexanik va issiqlik hisoblari; - optimal quvur diametrini tanlash texnik – iqtisodiy hisoblar. Quvurlarning texnologik hisobi uchun birlamchi ma‘lumotlar quyidagilardan iborat: - quvurning yillik mahsulot o`tkazuvchanligi (mln. m 3 /yil) hisoblash ishlarida uni m 3 /soat va m 3 /sekundga aylantiriladi; - quvur yotqiziladigan chuqurlikdagi tuproqning o`rtacha oylik harorati; - neft va uning mahsulotlarining 20 o С dagi zichligi hamda 20 o С va 50 o С haroratdagi kinematik qovushqoqligi; - quvur yasalgan metallning mexanik ko`rsatkichlari; - ishlatishdagi xarajatlarni hisoblash uchun texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlari; - quvur trassasini profil chizmasi. Quvurlarni gidravlik hisobi tarkibiga quvur uzunligi bo`yicha umumiy bosimni yo`qolishini aniqlash, haydovchi nasos stansiyasi sonini aniqlash va ularni trassa bo`yicha joylashtirishlar kiradi. Quvurlarni gidravlik hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: - quvurning o`tkazuvchanlik qobiliyati va qovushqoqligi bo`yicha quvur diametri va suyuqlikning oqish rejimi aniqlanadi; - quvur uzunligi bo`yicha bosim yo`qotilishini va gidravlik nishablik qiymatlarini aniqlanadi. Trassa profil chizmasi bo`yicha dovon nuqtasigacha bo`lgan trassa uzunligi va geodezik nuqtalar farqi (ΔZ) aniqlanadi. Yuqorida aniqlangan ma‘lumotlarga asoslanib nasos stansiyalari soni aniqlanadi. 60 Keltirib o`tilgan ma‘lumotlarga asoslanib, neft va neft mahsuloti quvurlarini texnologik hisobining mazmuni bilan tanishamiz. Yillik mahsulot o`tkazuvchanligi bo`yicha quvurning soat yoki sekund davomidagi o`tkazadigan neft yoki neft mahsulotini miqdorini aniqlaymiz. soat m t Q Q y soat 3 ; 350 ` bu yerda Q y - quvurning yillik mahsulot o`tkazuvchanligi, t/yil; 350 – quvurning bir yildagi ish kuni; ρ – neft yoki neft mahsulotining zichligi, t/m 3 ; 24-soat, 3600 sekund. Aniq o`tkazuvchanlik qobiliyati va suyuqlikning qabul qilingan tezligi bo`yicha (1.5-2.5 m/s) quvur diametri aniqlanadi: q d 4 ; m bu yerda q sek – quvurning sekunddagi o`tkazuvchanlik qobiliyati, m 3 /s; W – suyuqlikning oqish tezligi m/s. Aniqlangan quvur diametrini GOST bo`yicha yaxlitlanadi. Suyuqlikning quvur ichidagi harakatini quyidagi tenglama orqali tasavvur qilishimiz mumkin: dp/ρ+λ(Δx/D)*(ω 2 /2)+Δω 2 /2+gdz=0 (IV.1) bu yerda P – bosim; ρ – suyuqlik zichligi; λ – gidravlik qarshilik koeffitsiyenti; D – quvur diametri; ω – suyuqlik oqimi harakatining o`rtacha tezligi; g – erkin tushish tezlanishi; z – nevilir balandlik. Dr/ρ kattalik – massa birligidagi suyuqlikning dx masofaga siljishidagi bajargan ishini ko`rsatadi. Bu ish ishqalanish kuchi [λ(dх/D)*(ω 2 /2)] ni yengish uchun, suyuqlikning kinetik energiyasi (dω 2 /2) ni o`zgartirish va suyuqlikni dz sekund m Q Q y sekund 3 ; 3600 350 61 balandlikka ko`tarish uchun sarf bo`ladi. Haydaladigan suyuqlikni «tomchisimon suyuqlik» deb qabul qilsak va quvur diametri o`zgarmas bo`lsa unda dω 2 /2=0 bo`ladi. Tenglamani integrallasak: (P 1 -P 2 )/ ρ = λ (L/D)*(ω 2 /2) + gΔ (IV.2) bunda L - 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofa ya‘ni quvur uzunligi; Δz, z 2 – z 1 – quvurning boshlang`ich va oxirgi nuqtalarining geodizik balandliklari farqi. Tenglamani g ga bo`lsak: (P 1 -P 2 )/ρg=λ (L/D)*(ω 2 /2g)+Δz (IV.3) Bu tenglamaning har bir tashkil etuvchisi suyuqlikning massa birligiga emas, balki og`irlik birligiga bo`lgan ishni tashkil etadi. P 1 /ρg kattalik quvurning boshlang`ich nuqtasida suyuqlikni P 1 ortiqcha bosim ostida Н 1 pezometrik balandlikka ko`tarilishini tashqil etsa, P 2 /ρg balandlik Н 2 ni tashkil etsa ya‘ni (P 1 -P 2 )/ρg=Н 1 -Н 2 =Н desak va ularni almashtirsak: Н=λ(L/D)*(ω 2 /2g)+Δz ni yoki Н=h τ +Δz (IV.4) Umumiy holatda N yoki (r/ρg) kattalikka Napor deyiladi va birligi metr deb qabul qilingan. (4) tenglamaning ma‘nosi boshlang`ich va oxirgi nuqtalardagi naporlar farqi N – umumiy napor yo`qotilishi deyiladi. U naporning ishqalanishiga yo`qotilishi h τ =λ(L/D)*(ω 2 /2g) (Darsi–Veysbax formulasi) va geodizik balandliklar farqi Δz ning yig`indisiga teng. Yumaloq qirqimli quvurlarda bosimni quvur uzunligi bo`yicha ishqalanishda (h ish ) kamayishini Darsi – Veysbax ifodasi orqali aniqlanadi. h ish =λ*ℓ/d*w 2 /2h yoki h ish =0,5*λℓFr 62 bu yerda h ish – bosim yo`qotilishi, ℓ - quvurning uzunligi m da, d – quvur ichki diametri, ρ – suyuqlik zichligi, w – suyuqlik oqishining o`rtacha oqish tezligi, Fr – Frudo koeffitsiyenti (o`lchovsiz kattalik), λ – gidravlik qarshilik koeffitsiyenti. λ=f(Re:E) bu yerda E=2e/D, e – quvurning absolyut g`adir – budurligi; D- quvur diametri, sm. Quvurdagi oqim laminar oqim bo`lsa, gidravlik qarshilik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi (Stoks ifodasi): χ=64/Re, Re>3000 bo`lganda, suyuqlik oqimi turbulent rejimida bo`ladi. Re soni 2000-3000 oralig`ida bo`lganda ikkala oqim rejimini ko`rish mumkin. Turbulent oqim rejimida χ – faqat Re kategoriyasiga bog`liq bo`lmay, quvurning g`adir – budurligiga, silliqligiga, yangi yoki eskiligiga ko`ra, magistral quvurlarni amaliy hisoblashda Reynolds soni 2000 dan 3000 gacha bo`lganda koeffitsiyentni aniqlashda quyidagi imperik ifodadan ifodalanadi: λ=(0,16 Re-13)*10 -4 Quvurning gidravlik nishabi aniqlanadi. Gidravlik nishob – bosimni ishqalanish natijasida yo`qolishini (h ish ) quvur uzunligi birligiga bo`lgan nisbatidir, ya‘ni ι=h ish L,ι= λ/d*w 2 /2g. Suyuqlikning quvurdan oqish tezligi quyidagi ifoda orqali topiladi: W=q c /F=4q c /π*D bu yerda q c – haydalayotgan suyuqlik miqdori m 3 /s ga teng. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling