N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Neftni turg`unlashtirish. 
Neftni turg’unlashtirish deganda normal sharoitda gaz holatida bo`lgan neft 
tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish va ularni neft – kimyo sanoatiga 
ishlatish uchun yuborish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratish 
(separatsiya) va rektifikatsiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Ajratish usulida 
neft aralashmalarini bir yoki bir necha bor bug`latish va bosimini kamaytirish 
natijasida undan yengil uglevodorodlarni va ular bilan birga boshqa gazlarni 
ajratiladi. 
Rektifikatsiya usulida neftni bir yoki bir necha bor qizdirish va sovutish 
(kondensatsiyalash) natijasida undan aniq uglevodorod fraksiyasi olinadi. Kon 
maydonida neftni turg`unlashtirish ajratish usulida amalga oshiriladi. 
Yuqori bosimdagi neft oqimi ajratgichga tushganda, uning bosimi kamayadi. 
Natijada yuqori bosimda suyuq holatda bo`lgan yengil uglevodorodlar gaz holatiga 
o`tib, suyuq neftdan ajraladi. 
 
 


102 
Neftni qatlam suvi va mineral tuzlardan tozalash. 
Neft va suv aralashmasi emulsiya ko`rinishida bo`ladi. Ularning aralashmadagi 
hajm miqdoriga ko`ra neftning suvdagi emulsiyasi (n/s) yoki suvning neftdagi (s/n) 
emulsiyasi hosil bo`lishi mumkin. Asosan amaliyotda (0.5%) suvning neftdagi (s/n) 
emulsiyasi hosil bo`ladi. 
Hosil bo`lgan neft – suv emulsiyasi turg`un holatda bo`lib, ularni turg`unligini 
buzush va ajratish uchun emulsiya tarkibiga deemulgatorlar (emulsiyani parchalovchi 
kimyoviy moddalar) qo`shiladi. 
Hosil bo`lgan va hosil bo`layotgan emulsiyani buzishda diemulgator sifatida 
deemulgatorlarga nisbatan aktiv bo`lgan SFM (sirt faol modda) lardan foydalaniladi. 
Emulsiyani buzish uchun qo`llaniladigan deemulgatorlarni ikki guruhga 
ajratamiz. Ionagen va noionagen moddalar. 
Birinchi guruhga kam samarali deemulgatorlar, NCHK (neytralizovanny 
cherny kontakt) va NKG (neytralizovanny kisly gudron) bular hozirgi kunda ishlab 
chiqarilmaydi. 
Ionagen bo`lmagan deemulgatorlarga diproksamin – 157, proksamin – 385, 
dissolvan – 4411, siparol, poliakrilamidlar kiradi. 
Neftni suvsizlantirish mexanik, termik, kimyoviy, filtrlash, issiqlik kimyoviy 
emulsiyani parchalash, elektrik usullari yordamida amalga oshiriladi. 
Mexanik usul: bu tindirishga asoslangan bo`lib, u tindiruvchi qurilmalarda olib 
boriladi. Neft – suv aralashmasi tindiruvchi qurilmaga yig`iladi va u yerda ajralish 
sodir bo`ladi, ya‘ni neft suvdan yengil bo`lganligi uchun aralashma yuziga ajralib 
chiqib neft qatlami hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan neft va suv qatlamlari alohida ajratib 
olinadi. Issiqlik usulda – tindirishgacha bo`lgan davrda, aralashma qizdiriladi yoki 
issiqlik bilan ishlanadi. Bunda suv zarrachalarining yuza ta‘sirining mahkamligi 
kamayib, neftning qovushqoqligi pasayadi. Natijada suv zarrachalari kattalashib
cho`kish tezligi oshadi. 
Kimyoviy usuli asosiy usullardan bo`lib, bunda tindirish jarayonigacha neft – 
suv aralashmasining tarkibiga deemulgatorlar qo`shiladi. Qo`shilgan deemulgatorlar 
turg`un neft – suv emulsiyasini parchalaydi. Natijada tindirish qurilmalarida neft va 


103 
suvning ajralishi uchun sharoit yaratiladi. Issiqlik kimyoviy emulsiya usulida neft – 
suv aralashmasi tarkibiga deemulgatorlar qo`shish bilan birga, ular issiqlik bilan ham 
ishlanadi. Bunda suv tomchilarining sirt yuza ta‘siri kuchlari kamayib, emulsiya 
turg`unligi buziladi. Bu o`z navbatida tindirish jarayonida suv va neftning ajralish 
jarayonini yuqori darajada sodir bo`lishiga olib keladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling