N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Deemulgatorlarning tasnifi va ulargako‘rsatiladigan talablar


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Deemulgatorlarning tasnifi va ulargako‘rsatiladigan talablar. 
Emulsiyalarni parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar ikki guruhga 
bo‘linadi: 
- ionogen (suv eritmalarida ion hosil qiluvchi); 
- noionogen (suv eritmalarida ion hosil qilmaydigan). 
Birinchi guruhga kam samarador deemulgatorlar kiradi. Bular neytrallangan 
qora kontakt (NKK) va neytrallangan nordon gudron (NNG). 
Ikkinchi guruhga diproksamin – 157, proksamin – 385; dissolvan – 4411, 
siparol, poliakrilamid kiradi. 
Noionogen 
deemulgatorlar ionogen 
deemulgatorlarga 
nisbatan 
qator 
afzalliklarga ega. Bular quyidagilar: 
1) solishtirma og‘irligi kichik ( diproksamin – 157 va dissolvan - 4411 60 – 70 
0
C haroratdagi emulsiyaning bir tonnasiga – 20 – 30g ketadi, bunda neftning 
suvlanganligi 1 % bo‘ladi). 
2) suvda yaxshi eriydi, qatlam suvi va neftdagi tuz va kislotalar bilan 
ta’sirlashmaydi, quvur va apparatlarda cho‘kindi hosil qilmaydi. 
3) NKK dan 4 – 6 marta qimmat, lekin sarfi NKK ga nisbatan yuz marta kam. 
Deemulgatorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
 Emulsiya fazalaridan (neft yoki suv) birida yaxshi erishi lozim; 
 «neft - suv» tutash yuzasidagi tabiiy emulgatorlarni siqib chiqarish uchun 
yetarlicha sirt faollikka ega bo‘lishi lozim; 
 «neft - suv» chegarasida eng kam reagent sarfi bilan fazalararo taranglikni 
kamaytirish; 
 qatlam suvida koagulyatsiya qilmasligi
 metallarga nisbatan inert (muqarrar) bo‘lishi (zanglamasligi). 
Shu bilan birga deemulgatorlar arzon, transport qilinishi oson bo‘lishi, harorat 
o‘zgarishi bilan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi, ishlov berilgandan so‘ng 
neftning sifati yomonlashmasligi va turli neft – suv emulsiyalarini parchalash 
qobiliyatiga ega bo‘lmogi lozim. 


112 
Noionogen deemulgatorlar o‘zlarining kimyoviy xususiyatlari bilan mana shu 
talablarga javob beradi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling