N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Elektrodegidratorlar. 
SN ko‘rinishidagi neft emulsiyalari elektr maydoni ta’sirida yaxshi 
parchalanadilar. 
Elektrodegidratorlar neftni tayyorlash qurilmasidan so‘ng ishlatiladilar. 
Elektrodegidratorlarning eng samaradori gorizontal elektrodegidratorlardir (VIII.6-
rasm). Bunda elektrodlar bir-biriga nisbatan gorizontal holda joylashtirilgan. 


110 
Emulsiya elektrodegidratorlarga taqsimlovchi kollektor (3) orqali uzatiladi. 
Gorizontal elektrodegidratorlarda neft emulsiyasi ishlov berishning 3 ta zonasidan 
o‘tadi. 
Birinchi zona – balandligi 20-30 sm turib qolgan suv zonasi bo‘lib, bu yerda 
emulsiya yuvilib, ko‘p miqdorda qatlam suvini yo‘qotadi. 
So‘ng emulsiya ikkinchi zona – turib qolgan suv bilan ikkinchi elektrod 
orasidagi masofaga ko‘tariladi. Undan keyin uchinchi zonaga – ikkala elektrod 
orasidagi kushli kushlanishli zonaga chiqadi. 
VIII.6–rasm. Gorizontal elektrodegidrator sxemasi. 
1-2 – elektrodlar; 3 – taqsimlovchi kollektor. 
 
VIII.4.4. Deemulgatorlarning tasnifi va ularning
xususiyatlari
 
Neft emulsiyalarini parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar. 
Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishini oldini olish va hosil bo‘lgan neft 
emulsiyalarini parchalash uchun deemulgatorlar – sirt faol moddalar ishlatiladi. 
Deemulgatorlarning vazifasi suv tomchilarining yuzasidagi emulgatorlarni, ya’ni neft 
va qatlam suvi tarkibidagi tabiiy sirt faol moddalarni (asfalten, naften, smola, parafin) 
siqib chiqarishdir. 
Deemulgatorlarning 
samaradorligi 
deganda 
deemulgatorlarning 
sarfi, 
tayyorlangan neftning sifati (uning tarkibidagi xlor tuzlarining, suvning va mexanik 
aralashmalarning qoldig‘i), eng past harorati va neftni tindirish vaqti nazarda tutiladi. 
Deemulgatorlarning samaradorligi ma’lum bir konning suvsiz neftidan va 
qatlam suvidan tayyorlangan, hamda bir xil muddatda tindirilgan emulsiya 
namunalarida sinaladi. 


111 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling