110
Emulsiya elektrodegidratorlarga taqsimlovchi kollektor (3) orqali uzatiladi.
Gorizontal elektrodegidratorlarda neft emulsiyasi ishlov berishning 3
ta zonasidan
o‘tadi.
Birinchi zona – balandligi 20-30 sm turib qolgan suv zonasi bo‘lib,
bu yerda
emulsiya yuvilib, ko‘p miqdorda qatlam suvini yo‘qotadi.
So‘ng emulsiya ikkinchi zona – turib qolgan
suv bilan ikkinchi elektrod
orasidagi masofaga ko‘tariladi. Undan keyin uchinchi zonaga –
ikkala elektrod
orasidagi kushli kushlanishli zonaga chiqadi.
VIII.6–rasm. Gorizontal elektrodegidrator sxemasi.
1-2 – elektrodlar; 3 – taqsimlovchi kollektor.
VIII.4.4. Deemulgatorlarning tasnifi va ularning
xususiyatlari
Neft emulsiyalarini parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar.
Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishini oldini olish va hosil bo‘lgan neft
emulsiyalarini parchalash uchun deemulgatorlar – sirt faol moddalar ishlatiladi.
Deemulgatorlarning vazifasi suv tomchilarining yuzasidagi emulgatorlarni, ya’ni neft
va qatlam suvi tarkibidagi tabiiy sirt faol moddalarni (asfalten, naften, smola, parafin)
siqib chiqarishdir.
Deemulgatorlarning
samaradorligi
deganda
deemulgatorlarning
sarfi,
tayyorlangan neftning sifati (uning
tarkibidagi xlor tuzlarining,
suvning va mexanik
aralashmalarning qoldig‘i), eng past harorati va neftni tindirish vaqti nazarda tutiladi.
Deemulgatorlarning samaradorligi ma’lum bir
konning suvsiz neftidan va
qatlam
suvidan tayyorlangan, hamda bir xil muddatda
tindirilgan emulsiya
namunalarida sinaladi.