N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


VIII.4.3. Neft emulsiyalarini parchalash


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

VIII.4.3. Neft emulsiyalarini parchalash 
Hozirgi zamonda SN ko‘rinishidagi neft emulsiyalarini parchalashning 
quyidagi usullari qo‘llaniladi: gravitatsion sovuq ajratish, sentrifugalash, sizdirish 
(filtratsiya), issiq kimyoviy ta’sir etish. Bu usullarning bir yoki bir nechtasi birgalikda 
ham qo‘llanilishi mumkin. 
Gravitatsion sovuq ajratish. 
Bu usul saqlagichlarda neft va suv juda ham aralashmaganda neftdagi qatlam 
suvi 50 % va undan yuqori bo‘lganda qo‘llaniladi. Emulsiyalarning sovuq 
gravitatsion parchalanishi uchun deemulgatorlar ishlatiladi. Neftni yig‘ish tizimiga 
deemulgatorlarni haydash emulsiyalarning quvur uzatkichlarda hosil bo‘lishini oldini 
oladi va mavjud emulsiyalarni parchalashga yordam beradi. Bu bilan neft va suvni 
neftni tayyorlash qurilmalariga birgalikda uzatish imkonini beradi. 
Sentrifugalash. 
Sentrifugada hosil bo‘luvchi inersiyaning katta kuchi turli zichlikka ega 
bo‘lgan suyuqliklarni ajratish uchun ishlatilishi mumkin (VIII.4–rasm). 
 
 
VIII.4–rasm. Sentrifuganing sxemasi. 


108 
 
Neft-gaz-suv, ya’ni emulsiya aralashmasi qurilmaning ostki qismidan 
haydaladi. Qurilmada suyuqlik aralashtiriladi, suyuqlik ichidagi (neft- gaz- suv) 
mahsulotlar o‘zining zichligi va og‘irligi bilan aylanma harakatlanadi. Qurilma 
devori bo‘ylab suv, markazda neft va gaz harakat qiladi. Suv quvur devoridan pastga 
harakat qiladi, neft yuqoriga harakat qiladi. 
Sizdirish (filtratsiya). 
Mustahkam bo‘lmagan emulsiyalarni ajratish uchun sizdirish qatlamidan 
o‘tkazish mumkin. Sizdirish qatlami sifatida shag‘al, maydalangan shisha, yog‘och 
va metal qirindilari, shishasimon tuzilma va boshqalardan foydalanish mumkin. 
Filtrlar kolonnalar ko‘rinishida bo‘lib, ularning o‘lchamlari haydalayotgan emulsiya 
hajmiga, qovushqoqligiga va harakat tezligiga bog‘liq. Neft emulsiyasi kolonnaga 
pastdan yuboriladi va filtrdan o‘tadi. Bu yerda suv ushlab qolinadi, neft esa 
kolonnaning usti bilan erkin o‘tib ketadi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling