118
zavodining xom – ashyosi hisoblanadi hamda kondensatni tayyorlash qurilmasida
(KTQ) olib boriladi.
Gaz kondensatini ishlash deganda uning tarkibidagi suvlarni, tо’yingan DEGni
hamda erigan uchuvchi uglevodorodlarni va uglerodsiz
komponentlarni ajtarish
tushuniladi.
Dietilenglikolli olovli regeneratsiya qurilmasi (DORQ) yordamida past
haroratli gazni ajratish jarayonida ishlangan dietilenglikol eritmasini massasiga
nisbatan 70% dan 80 %gacha regeneratsiya qilish uchun mо’ljallangan.
GKTQsining asosiy mahsuloti quritilgan gaz
va barqaror gazkondensat
hisoblanadi.
Gaz tarkibidagi suyuq kondensatni ajratish.
Gaz va kondensatni ajratish past haroratli separatorlarda amalgam oshiriladi.
Bunda gaz va kondensat aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralish
bosimigacha ko‘tariladi va keyin separatorga kirgiziladi. U yerda aralashmaning
bosimi kamayadi va harorat pasayadi. Natijada bug‘ holatda bo‘lgan kondensatning
gazdan ajralishi sodir bo‘ladi. Quyida uning umumiy texnologik chizmasi va jarayoni
aks ettirilgan.
Quduqlar (
1) dan olingan gazlar drossel shaybasi (
2)
orqali tomchi ajratuvchi
past haroratli tik separator (
3) ga keladi. Drossel shaybasida gazkondensat
aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralishi bosimigacha ko‘tariladi va
aralashmaning harorati kamaytiriladi. Natijada separator (
3) da gaz va kondensatning
ajralishi sodir bo‘ladi. Ajralgan gaz sovitgichi (
5) ga keladi,
u yerda harorati
kamaytiriladi. Keyin gaz bosimini moslab turuvchi shtutser (
6) ga keladi, bosimi
maksimal kondensat ajralish bosimigacha ko‘tariladi va tik separator (
7) ga
haydaladi. Tik separatorda gaz va kondensatning batamom
ajralish jarayoni sodir
bo‘ladi. Ajralgan kondensat quvuriga, gaz esa sovitkich (
5) orqali keyingi tozalash
jarayoniga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: