N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


VIII.5. Shakarbuloq konida neft tayyorlash qurilmasining tahlili


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

 
VIII.5. Shakarbuloq konida neft tayyorlash qurilmasining tahlili 
Shakarbuloq neftgazkondensat koni 1991 yilda ochilgan bo‘lib, katta 
chuqurlikdagi konlar turkumiga kiradi. Kon 01.01.2007 yilda “Gissarneftgaz” 
qo‘shma korxonasi tasarrufiga o‘tgan. Konning neft, gaz, kondensat zahiralari 
salmoqli hajmda bo‘lishiga qaramasdan 1991-2007 yillarda undan mahsulot qazib 
chiqarish past sur’atlarda olib borilgan. 
Shakarbuloq konida neft qazib chiqarishni ko‘paytrish uchun gaz do‘ppisi 
gazidan foydalanila boshlandi. Shuningdek qo‘shimcha qazib olinayotgan 
qimmatbaho gazni neftni tayyorlash qurilmalarida yoqib yuborishga qisqa muddat 
bo‘lsa ham to‘g‘ri keladi. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki yangi quduqlarni ishga qo’shish bilan neft qazib olish 
uchun qo‘shimcha gaz sarfi ham oshib boradi. 
Shakarbuloq konida separatorlar blokini o‘rnatishdan maqsad yuqori bosimli 
quduqlar mahsuloti, ya’ni neft va gaz aralashmasi neft tayyorlash qurilmasiga 
kirishdan avval separatorlar blokidan o‘tkaziladi. 
Separatorlar bloki ikkita: biri gorizontal va vertikal qurilmalardan iborat bo‘lib, 
suyuqlik va gazni ajratishga mo‘ljallangan qurilma. Uning sutkalik quvvati 3,0 mln 
m
3
gazni ajraishga mo‘ljallangan. Gazni ajratish jarayoni ikki bosqichdan iborat 
bo‘lib, birinchi bosqich gorizontal separatorda amalga oshirildai va suyuqlikning 
asosiy qismi shu yerda ajratiladi. 
Ma’lumki quduqdan keladigan mahsulot quvurda gazsuyuqlik aralashmasi va 
shuningdek gaz alohida tiqin holatida separatorga kirib keladi. Bu esa separator 
ichida bir turdagi muvozanat holatini yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. 
Birinchi bosqich ajratishdagi bu nomuvozanatlik separatodan chiqayotgan 
gazni ajralgan suyuqlikning bir qismini olib ketilishini ta’minlaydi va ajratish 
jarayoni qisman bo‘lsada yakunlanmaydi (yoki sifatli bo‘lmaydi). 


113 
Mana shu salbiy holat yuzaga kelmasligi uchun separatorlar blokida vertikal 
separator joylashtirilgan. 
Demak, qurilmadagi ikkinchi bosqichda, ya’ni vertikal separatorda gorizontal 
separatorda ajralmagan suyuqlik tomchilari ushlab qolinadi. 
Separatorlar blokiga aralashma 96 atm bosim bilan kiradi va gaz 94 atm bosim 
bilan chiqadi. Neftsuyuqlik aralashmasi shtutser orqali 4 atm bosimga tushirilib 
chiqariladi. Chiqayotgan gaz “FLOWBOSS”gaz o‘lchash qurilmasidan o‘tkazilgach 
“SHo‘rtan” bosh inshootiga qayta ishlash uchun jo‘natiladi. 
Ajralgan neft esa tovar holatiga keltirilishi uchun neftni tayyorlash qurilmasiga 
kirgiziladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling