117
Gazni iste‘molchiga jo`natishdan oldin quritish.
Qo`shimchalardan salbiy
oqibatlarni hisobga olib, gazni iste‘molchiga
jo`natishdan
oldin uni quritish, og`ir uglevodorodlardan
ajratish va boshqa
qo`shimchalardan tozalash kerak bo`ladi. Undan tashqari
gaz hidini sezish uchun
uning tarkibiga hid beruvchi kimyoviy birikmalar – odorontlar qo`shish
kerak
bo`ladi. Bu ishlarning hammasi bosh qurilmada
joylashgan gazni kompleks
tayyorlash qurilmalarida amalga oshiriladi.
Jo`natishga tayyorlangan gazning tarkibi quyidagi
tarmoq andozasiga javob
berishi kerak (GOST 5140 – 83).
1. 1 m
3
gazdagi mexanik qo`shimchalarni og`irligi 0,003 gr (0,3m
2
)
dan ortiq
bo`lmasligi;
2. 1 m
3
gazdagi vodorodsulfidning og`irligi 0,2 m
2
dan ortiq bo`lmasligi;
3. Hajm bo`yicha, kislorodning hajmiy ulushi 1% dan ortiq bo`lmasligi;
4. Namlik bo`yicha, gazning shudring nuqtasi yozda 0
o
С, qishda – 5
o
С dan
katta bo`lmasligi kerak (o`rtacha iqlimli joylarda). Sovuq joylarda: yozda – 10
o
С,
qishda 20
o
С dan katta bo`lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: