N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Neftni tayyorlash qurilmasini texnologik sxemasi ta’rifi
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
Neftni tayyorlash qurilmasini texnologik sxemasi ta’rifi.
Shakarbuloq konida 387 tn. neft tayyorlanayotgan bo‘lib, undan 192 tn. neft Shakarkuloq konidan qazib olinadi. Qolgani esa Beshkent va Qamashi konlaridan keltiriladi. «Shakarbuloq» NTQ ning prinsipial sxemasi (keyingi uzgartirish kiritilgan) VIII.7-rasmda ko‘rsatilgan. Konda yuqori bosimli (№3,4,21,23,25,30) quduqlardan qazib olinayotgan neft, suv, gaz 1-KQBga kirib keladi. Undan Ø325x17mm quvurlar orqali separatorlar blogiga 70 atm bilan bosim birinchi bosqich separatsiyalanish uchun kiradi. Apparatda gaz va suyuqlik birinchi bosqich ajratiladi. Gaz o‘lchov qurilmasidan o‘tib 69 atm bosim bilan “Shurtan” bosh inshoatiga kompleks tayyorlash uchun yuboriladi. Suyuqlik separatordan chiqishda shtutser orqali bosimi 2 atmga tushiriladi va Ø108x8mm quvur orqali 2-bosqich separatsiyalashning C-2 separatoriga past bosimli №1 quduq mahsuloti bilan birga kiritiladi. Shuningdek past bosimli №20 quduqdan olinayotgan suyuqlik to‘g‘ridan- to‘g‘ri 2-bosqich separatsiyalash apparati C-3 separatoriga kiritiladi. Ularda ajralgan neft 2-KQB da yig‘ilib 3-bosqich separatsiyalashga uzatiladi. Separatsiyalash uchun OS (oxirgi separator)ga yuboriladi. Unda bor suyuqlik va gaz ajratiladi. 2 - va 3 - bosqich separatsiyalash gazlari past bosimli mash’alalarga jo‘natiladi. OSdan ajralgan neft, suv issiqlik-kimyoviy ishlov orqali suv va tuzni 114 neftdan ajratish uchun PNTP-0,63, PP-0,63 qizdirish pechlariga Ø168x10mm quvur orqali yuboriladi. Pechlarga boradigan quvurga deemulgator aralashmasi tayyorlash va uzatish qurilmasi BR-2,5 ulangan bo‘lib, u 1 tonna neftga 242,2 gramm miqdordagi deemulgator qo‘shib turadi. Pechlarga kirgan neft, suv aralashmasi 52-60 0 C gacha qizdirilib Ø168x10 mm quvur orqali texnologik rezervuar №1 RVS ga yuboriladi. Unga kirgan suyuqlik 6 soat davomida tindiriladi. Rezervuar sifon qurilmasi bilan ta’minlangan bo‘lib, neft va suvning zichliklari farqi hisobiga uzluksiz ravishda suv ajralib bug‘lantirish xovuziga yuboriladi. Neft esa №2 RVS tovar rezervuariga o‘tkaziladi. Tovar rezervuaridan GOST 2517 talablariga muvofiq holda neftdan namuna olinadi va neftni dastlabki taxlil qilinadi. Agarda taxlil natijasiga ko‘ra suvsizlantirilgan neft GOST 9965 talablariga muvofiq holda bo‘lsa, SNS-105/196 markali nasos yordamida «Sho‘rtan» neft quyish estakadasiga jo‘natiladi. Agar taxlil natijasiga asosan, neft sifati bo‘yicha GOST 9965 talablariga muvofiq holda bo‘lmasa, neftni NB-125 markali nasos yordamida qo‘shimcha tindirishga yoki qayta tayyorlashga uzatiladi. Qurilmada Beshkent va Qamashi konlaridan keltirilgan neftni qabul qilish uchun 54 m 3 lik idish bo‘lib, neft tashuvchi avtomashinalar texnologik neftni to‘kadilar. NB-125 nasosi undan mahsulotni olib OS dan keladigan Shakarbuloq koni neftiga qo‘shadi va shu tariqa tayyorlovdan o‘tkaziladi. Qurilmada I-2,3,4,5,6,7 idishlar bo‘lib, ular avvalgi tayyorlov tizimiga tegishlidir, xozirda zaxira tizimi sifatida foydalanilmoqda. Idishlardan ajralgan qatlam suvlari 160 m 3 hajmli beton hovuzga to‘kishga mo‘ljallangan. Yana qurilmada 16 m 3 lik I-8 idishi bo‘lib, u qizditish pechlarini suv bilan ta’minlaydi, 5 m 3 lik I-9 idishi dizel stansiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Stansiyada 2 dona AD-200-S markali dizel elektr stansiyalari mavjud. O‘t o‘chirish tizimi uchun 2 dona 60 m 3 hajmli I-10,11 zahira suv idishlari bo‘lib, ulardan 60 m 3 l ik beton hovuzga quvur tortilgan. Hovuz oldida 3K6 nasosi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling