N1. Oʻzbekiston va xorijda entomologiyaning rivojlanish tarixi


N2. Hasharotlar morfologiyasi


Download 22.82 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1499606
1   2   3
Bog'liq
Entomologiya

N2. Hasharotlar morfologiyasi
Hasharotlar Er sharining hamma joyida har xil ekologik sharoitlarda yashashga moslashgan. Ularning mana shunday keng tarqalishiga gavda qoplami, qanoti, muskullari va boshqa morfologik tuzilishlari katta ahamiyatga ega bolgan.
Gavda bolimlari. Hasharotlarning gavdasi 3 qismga bolinadi.
Bosh qism 5-6 ta segmentdan iborat.
Kokrak 3 ta segmentdan iborat.
Qorin qism 11 ta, bazan 9-10 ta, primitivlarida esa 12 tagacha segmentdan iborat.
Shunday qilib, hasharotlarning segmentlari asosan 19 ta boladi. Lekin bunga boshning 1-bolimi - akron va oxirgi segment - telson kirmaydi. Ammo evolyusiya jarayonida bir-biriga oxshash bogimlar va bir xil vazifani bajaradigan bogimlar qoshilib ketgan. Jumladan, 1-akron, 2-bosh bogimlari qoshilib bitta bogimga aylangan; 3-kokrak bogimlari qoshilib bitta bogimga aylangan; 4-qorin bogimlari bir-biridan alohida boladi (11 ta). SHuning uchun ham hasharotlarning bogimlari 14 ta dan oshmaydi.
Bosh qism va uning tuzilishi. Hasharotlarning ogiz oldi bogimi-akron va yana 4 ta segmentdan iborat bolgan bosh qismi gavdadan alohida ajralib turadi. Boshda: ogiz organi, bir juft moylov, bir juft murakkab koz (fasetkali), bitta oddiy kozi joylashgan boladi.
Hasharotlarning bosh qismini tashkil etuvchi bogimlar bir-biriga qoshilib ketgan bolib, bazilarida ularni choklari tashqi tomondan bilinib turadi. Lekin harakatsiz tutashib ketgan. Boshda: peshona, chakka, ensa gardoni, qanshar, yuqori lab, lunj tafavut qilinadi.
Moylovlarining tuzilishi va tiplari. Hasharotlarning bosh qismida bogimlarga bolingan bir juft moylovi yoki antennasi boladi. Faqat moylovsizlar turkumi vakillarida moylov bolmaydi. Moylov kozlarini orasidagi chuqurchada joylashgan bolib, sezgi va hid bilish vazifasini bajaradi.
Moylovning asosi, dastasi va uchinchi bogimdan boshlangan xivchin qismlari boladi.
Hasharotlarning moylovi turli korinishda bolib, ularni aniqlashda muhim sistematik belgi hisoblanadi. Moylov erkak va urgochilarda ham farq qiladi hamda jinsiy dimorfizmni ifodalaydi.
Hasharotlarning gavda qoplami - terisi mexanik va fizik tasirlardan himoya qiladi, skelet, muskullarning yopishish joyi vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari, terida maxsus vazifalarni bajaruvchi bezlar ham joylashgan.
Hasharotlarning terisi 3 ta qavatdan iborat:
1. Kutikula.
2. Gipoderma.
3. Bazal membrana.
1. Kutikula terining tashqi qavati bolib, gipodermadan hosil boladi. Kutikula tashqi skelet, muskullarning yopishish joyi, himoya qilish vazifalarini bajaradi.
Ichki qavat yoki prokutikula. Bu qavat epikutikulaning ostida boladi. Prokutikula ham 2 qavatdan iborat: 1-ekzokutikula; 2-endokutikula.
Ekzokutikula hasharot gavdasiga qattiqlik beruvchi kutikulin, melanin va xitin moddalaridan iborat. Bu moddalar hasharot terisiga qattiqlik hususiyatini beradi.
Endokutikula tolasimon xitindan iborat bolib, teri ostidagi gipodermadan hosil boladi.

Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling