N1. Oʻzbekiston va xorijda entomologiyaning rivojlanish tarixi


N3. Hasharotlar anatomiyasi


Download 22.82 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1499606
1   2   3
Bog'liq
Entomologiya

N3. Hasharotlar anatomiyasi
Hasharotlarning ichki organlari tana bo`shlig`ida joylashgan. Tana bo`shlig`i gorizantal difragma pardalari orqali 3 ta bo`limga yoki sinuslarga bo`lingan.
Yuqori yoki dorsal diafragma perikardial bo`lim yoki sinusni ajratib turadi. Perikardial bo`limda yurak va aorta joylashgan.
Pastki diafragma perineyral sinusning bo`shlig`ini ajratadi, unda qorin nerv zanjiri joylashadi.
Diafragmalar orasida eng keng bo`lim vitseral bo`lim joylashgan bo`lib, unda ovqt hazm qilish, ayirish, jinsiy sistema hamda yog` tanachalari joylashgan. Nafas olish tizimining elementlari har uchchala bo`shliqda ham mavjud bo`ladi.
Yuqori darajadagi hayvonlarda bo'lgani kabi, hasharotlarda (asosan fitofaglarda) solak asosan uglevodlarni parchalaydigan fermentlarni o'z ichiga oladi: invertaza, amilaza va boshqalar. Yirtqichlarda solak bezlari sekretsiyasida lipazalar (yog'larni parchalaydigan fermentlar) va proteinazalar (oqsillarni hazm qilishda ishtirok etadigan moddalar) boladi.
Bir qator taksonlarda solak tarkibi boshqa xususiyatlarga ega. Masalan, Shira bitlari solagi tarkibidagi pektinaza o'simlik hujayralarining pektin qobig'ini oddiy molekulalarga aylantiradi. Shu sababli, oziqlanish paytida ularning og'iz organlari (hartumi) o'simliklarning sharbatga boy qismiga oson kirib boradi. Ba'zi qon so'ruvchi hasharotlar, masalan kloplar solagi tarkibida gialuronidaza mavjud. Ushbu ferment biriktiruvchi to'qimalarni eritib, teriga yopishishni osonlashtiradi va chaqish chuqurligini oshiradi. Shuningdek, qon soruvchu burga, bitlar solagi tarkibi antikoagulyantlarga ega bo'lib, ular oljaning qonini ivishiga imkon bermaydi. Osimliklarda gal (shish) hosil qiluvchilar solagida auksin moddasi boladi.
Hasharotlarning hazm qilish organlari og`iz bo`shlig`i, halqum, jig`ildon, muskulli oshqozon, o`rta ichak va orqa ichakdan iborat. Og`iz bo`shlig`iga 1-3 juft so`lak bezlarining yo`li ochilgan. Bu bezlar oziqni namlash vazifasini bajaradi. So`lak bezlari fermenti kraxmal va shakarga ta`sir qiladi. Asalarilar so`lagi nektar bilan aralashib, asalga aylanadi. Ishchi arilar halqumidagi bezlar «asalari suti» degan oqsil moddani hosil qiladi. Bu modda bilan arilar qurtlarni boqishadi. Ipak qurti so`lak bezlaridan bir jufti ipak bezlarini hosil qiladi. Qizilo`ngachning kengaygan keyingi qismi jig`ildon deyiladi. Jig`ildonda oziq to`planadi. Ishchi arilar jig`ildonida nektar yig`adi. Ipak qurtida bu bezlar sekreti ipak tolasini hosil qiladi. Oshqozon ichida mayda xitin tishchalar bo`lib, oziqni ezishga xizmat qiladi. Oshqozon bilan o`rta ichak chegarasida esa bir nechta ko`richak o`simtalari bo`ladi. Bu o`simtalarda va o`rta ichakda oziq hazm bo`lib, ularning devori orqali qonga shimiladi. Oziqning hazm bo`lmagan qoldig`i orqa ichak bilan anal teshigi orqali chiqib ketadi.
Old va orqa ichaklarda xitin qoplamasi boladi. Orta ichakda esa bolmaydi.
Ayirish sistemasi. O`rta ichak bilan orqa ichak chegarasida juda ko`p ingichka va uzun malpigi naychalari joylashgan. Bu naychalarning ichki yuzasi kipriklar bilan qoplangan. Naychalar tana bo`shlig`ida erkin joylashadi. Ularning bir uchi orqa ichakning oldingi qismiga ochiladi. Tana suyuqligidagi zararli moddalar almashinuvi mahsulotlari naychalarga so`riladi va ular devoridagi kiprikchalarning harakati tufayli ichak bo`shlig`iga chiqarib yuboriladi. Siydik tarkibidan suv ichakdan yana tana bo`shlig`iga so`rilib, siydik kristall shaklida tashqariga chiqariladi.
Ko'p hasharotlarda Malpigiy naylari doimiy ravishda ishlaydi, ammo ba'zi hollarda ularning funktsiyalari vaqti-vaqti bilan ortishi mumkin.
Masalan, bir vaqtning o'zida ko'p miqdordagi qonni soradigan va oziqlanishdan keyin metabolitlarning jadal chiqarilishini talab qiladigan kloplarda, ayirish a'zolari faoliyatini tartibga soluvchi gormonal mexanizmga ega. Ushbu hasharotlarning kokrak gangliyasi diuretik gormonni chiqaradi, uning ta'siri ostida metabolik mahsulotlarning ajralib chiqish darajasi 1000 baravar ko'payadi. Ushbu gormonning shakllanishi ovqatlanish paytida uning qorni cho'zila boshlaganda sodir bo'ladi
Malpigiya nayi devorining tuzilishi juda oddiy: bir qator (kam hollarda, ikki qator) hujayralar qatlami, asos membranasi va muskul bo'lagi. Naylar traxeya bilan o'ralgan, ammo ularning tarkibida nerv tolalari yo'q. Hasharotlarda Malpigi naychalarining umumiy soni boyicha juda katta farq qiladi. Shira, oyoqdumlilarda umuman yo'q; trips va ko'pchilik chivinlarda ikki juft, Lepidopteralarning ko'pchiligida 6 tadan. Ninachilarning 20 ta Malpigi naylari bor, suvaraklarda ularning soni 90-120 gacha, asalarilarda esa 150 tagacha. Kanallarning eng ko'pi Cho'l chigirtkalarida 250 ta.
Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling