Nafas fizio lo g iy a si
Nafas chiqarish mexanizmi
Download 28.78 Kb.
|
NAFAS FIZIO LO G IY A SI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plevra va alveola bo‘shliqlaridagi bosim.
Nafas chiqarish mexanizmi. Nafas chiqarish passiv jarayon bo‘lib, nafas olish muskullari bo‘shasha boshlagach, yuqorida sanab o‘tilgan qarshiliklar ta’sirida, diafragma gumbazi ko‘tari!ib ko‘krak qafasi dastlabki holiga qaytadi. Tez-tez va chuqur nafas chiqarilganda esa nafas chiqarish muskullari ishtirok etadi. Bularga: ichki qovurg'alararo muskullar, qorin muskullari (qiyshiq, ko‘ndalang va to‘g‘ri) qo‘shimcha nafas chiqarish muskullariga yana umurtqani bukuvchi muskullar ham kiradi.
Plevra va alveola bo‘shliqlaridagi bosim. Ko‘krak qafesida joylashgan o‘pka va ko‘krak qafasi seroz parda-plevra bilan o‘ra!gan. Plevrani pariyetal va visseral varaqlari bo‘lib, ulaming oralig‘ida seroz suyuqlik mavjud. Suyuqlik tarkibi bo‘yicha limfa suyuqligiga o‘xshash. Plevra bo‘shlig‘ida bosim atmosfera bosimidan past bo‘ladi. Buni quyidagi tajribada kuzatish mumkin. Buning uchun rezina naychalar orqali «U» simón shisha nayga simob toMdirilib, rezina naycha orqali ignaga ulab plevra bo‘shlig‘iga kiritiladi. Monometming ko‘rsatkichi, bosimlar farqi hisobiga, plevra bo‘shlig‘i tomon ulangan qismi ko‘tariladi. Bu esa bo‘shliqdagi bosim atmosfera bosimidan past ekanligini ko‘rsatadi. Tinch nafas oigan paytda u yerdagi bosim - 6 mm simob ustunigacha pasayadi. Oddiy nafas chiqarganda esa plevra bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimidan - 3 mm sim. usluniga kam. Chuqur nafas olganda bu yerdagi bosimlar farqi 20 mm sim usi. ga teng. Oddiy holatlarda plevra bo‘shlig‘ ida havo bo‘ Imaydi. Agar plevra varaqlarining birbutunligi buzilib, u yerga havo kirib qolsa, plevra bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimi bilan tenglashib qoladi, bu holatni pnevmotoraks deyiladi. Natijada o‘pka bujmayib qoladi, uning nafas olish vaqtida kengayishi chegaralanadi, bu holat og‘ir asoratlarga olib keladi va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Ko‘krak qafasi ochilganda, jarohatlanganda o‘pka bujmayadi ochiq pnevmotoraks vujudga keladi. Agar igna orqali plevra bo‘shlig‘iga ma’lum miqdorda havo yuborilsa, yopiq pnevmotoraks vujudga keladi. Yopiq pnevmotoraks 247 tibbiyotda tashxis qo‘yish va davolash maqsadlarida hosil qilinadi. Ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks holatida zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmasao‘limga olib kelishi mumkin. Bunday holatda sun’iy nafas oldirish, ya’ni nafas yo‘llari orqali o‘pkaga havoni ritmik ravishda kiritish yoki ko‘krak qafasini tabiiy nafas harakatlari kabi sun’iy ritmik kengaytirish va qisish kerak. Yopiq pnevmotoraks bo‘lganda u yerdagi havo ma’lum vaqt 0‘tgandan so‘ng qonga so‘rilib ketadi va yana plevral bo‘shliqdagi bosim manfiy boiib qoladi. Plevra bo‘shlig‘ida bosimning manfiy bo‘lishiga asosiy sabab, bu o‘pka to‘qimasining elastik tortishish kuchi va plevra pardalarining havoni so‘rish xususiyatiga ega ekanligi. Nafas olish va chiqarish vaqtida ko‘krak qafasi bo‘shlig‘i kengayib kichrayib turadi. Shunga mos ravishda o‘pka ham passiv ravishda kengayib, kichrayib harakat qiladi. Bunday harakatlami Donders modelida o‘rganish mumkin. Donders modeli tubiga rezina parda qoplangan shisha idishdan iborat. Idishning yuqori qismi berkitilgan bo‘Iib uning o‘rtasidan shisha nay o'tkazilgan. Unchalik katta bo‘lmagan hayvondan (kalamush, quyon yoki mushukcha) qirqib olingan o‘pka traxeya, bronxlari bilan birgalikda shisha idishchaga o'matiladi. Idish ichidagí bosim monometr orqali o‘lchanishi mumkin. Idishning rezina pardali tubi pastga tortilsa, idish hajmi kattalashadi, ichidagi bosim atmosfera bosimidan past bo‘lib qoladi, o‘pka to‘qimasi cho‘zilib, ichiga atmosfera havosi kiradi. Rezina parda tubi qo‘yib yuborilsa, avvalgi joyiga qaytadi. Idish hajmi kichrayadi; o‘pka to‘qimasi elastik xossalari tufayli siqiladi, ichidagi bosim ko‘tarilib, havo o‘pkadan tashqariga chiqadi. O 'pka to ‘qimasining elastik tortish kuchi. 0 ‘pka to‘qimasining elastik tortish kuchi uch omilga bog‘liq: 1) alveolalar ichidan qoplanib turuvchi (surfaktan) moddaga; 2 )o ‘pka to‘qimasi elastik tolalarining tarangligiga; 3)bronxlar muskullarining tonusiga. 0 ‘pkaning elastik tortishish kuchidan 2/3 qismi alveolalar devorining yuza tarangligiga bog'liq. Alveolalaming ichki yuzasini suvda erimaydigan 20-100 nm qalinlikdagi fosfolipid modda - surfaktan qoplab turadi. U esa alveolalami bir-biriga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Surfaktan 2 tipdagi pnevmotsitlarda sintezlanadi. Uning sintezlanishi parasimpatik nerv ta’sirlanganda kuchayadi, adashgan nerv kesib qo‘yilganda esa sekinlashadi. Alveolalardagi bosim nafas olmaganda va nafas yo‘llari ochiq bo’lganda atmosfera bosimi bilan teng boMadi. Nafas olganda alveolalarda bosim pasaya boshlaydi. Bosim pasayishi inspirator muskullarning qisqarishiga va nafas yo‘llarining qarshiligiga bog‘liq. Agarda havo yollari berk bo‘lsa, kuchli nafas olishga harakat qilinganda bosim - 70 mm sim. ust. gacha pasayishi mumkin. Nafas chiqarganda alveolalarda bosim atmosfera bosimidan yuqoriroq boMadi. Nafas yo‘Ilari to‘siq bo‘lib, kuchli nafas chiqarishga harakat qilinganda bosim 100 mm sim. ust. gacha ortishi mumkin. Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling