Nafas fizio lo g iy a si


Download 28.78 Kb.
bet7/9
Sana09.01.2022
Hajmi28.78 Kb.
#261612
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NAFAS FIZIO LO G IY A SI

0 ‘pka ventilyatsiyasi. Vaqt birligi ichida o‘pkadan o‘tgan havoning miqdori o‘pka ventilyatsiyasi deb ataladi. Nafas harakatlari hisobiga alveolyar havoda gazlar tarkibi o‘zgaradi. Kislorodning u yerga kirishi va karbonat angidridning chiqarib yuborilishí ta’minlanadi.

0 ‘pka ventilyatsiyasining samaradorligi nafasning chuqurligi va miqdoriga bog‘liq. Katta yoshdagi odam tinch turganida minutiga 16-20 marta nafas oladi. Insonda nafas olish nafas chiqarishga qaraganda qisqaroq bo‘Iib: 1:1,3 nisbatni tashkil qiladi. 0 ‘pka ventilyatsiyasini keng tarqalgan va ko‘proq ma’lumot beradigan ko‘rsatkichi - o ‘pkaning minutlik hajmi bo‘!ib, erkaklarda tinch turganda 6-101/ min ni tashkil qiladi va jismoniy ish bajarganda bu ko‘rsatkich 30 dan 100 l/min gacha ortishi mumkin. 0*pkaning minutlik hajmi ventilyatsiyaning qanchalik samarali ekanligini to‘liq ta’riflab bermaydi. Buni quyidagi miso! bilan ko‘rib chiqish mumkin. Ikki odamda o‘pka ventilyatsiyasining minutlik hajmi 6 I ga teng deb faraz qilaylik. Birinchi holda odam minutiga 20 marta nafas oigan, har binning hajmi 300 mi. Ikkinchi holda 10 marta nafas oigan, har binning hajmi 600 mi. Zararli bo‘shliq hajmi o‘rta hisobda 140 mi nafas olish chuqurligi 300 mi bo‘ Igan odamda 300-140= 160 mi, ya’ni minutlik hajmi 160 x 20=3200 mi ni tashkil etadi. Ikkinchi holda 600 -140 = 460 mi, minutlik hajm 460 x 10 = 4600 mi ni tashkil qiladi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, siyrak, lekin chuqur nafas olish ancha samarali bo‘lar ekan. Nafas gimnastikasi nafas hajmini orttirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Tananing holatiga qarab o‘pkaning turli qismlari turlicha ventilyatsiyalanadi. Tik turganda o‘pkaning pastki qismlari yuqori qismlariga nisbatan yaxshi ventilyatsiyalanadi. Agar inson chalqancha yotgan holida bo‘lsa yuqori va pastki bo‘limlar orasidagi ventilyatsiya farqi yo‘qoladi, lekin orqatomoni oldtngi tomoniga nisbatan yaxshi ventiyatsiyalanadi. Yon tomonga yonboshlab yotganda esa o‘pkaning pastki qismi yaxshi ventilyatsiyalanadi. Tik turganda o‘pkaning yuqori va pastki qismlarining bir xil ventilyatsiya 251

boMmasligi bu o‘pka va plevra bo‘shlig‘idagi bosimlar farqi hisobiga kelib chiqadi. 0 ‘pka ma’lum og‘irlikka ega bo‘lib, uning pastki qismida yuqorisiga nisbatan transpulmanal bosim pastroq. Shuning uchun ham nafas chiqarishning oxirida uning quyi qismi kuchliroq eziladi, lekin nafas olganda esa oson kattalashadi.




Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling