Nafas olish a`zolarining tuzilishi reja: Nafas olishning ahamiyati. Nafas olish a'zolarining tuzilishi
Download 121.39 Kb. Pdf ko'rish
|
NAFAS OLISH A`ZOLARINING TUZILISHI
O’TKIR BRONXIT O’tkir bronxit turli infeksion ko’zg’atuvchilar ta'sirida kelib chiqadi. Bu vaqtda shamollash, changlangan havodan nafas olish yoki tananing turli travmalari natijasida organizm himoyalanish qobiliyatining pasayib ketishi katta rol o’ynaydi. Odatda bronx va bronxiolalar yallig’lanishi kataral xarakterga ega bo’ladi, ammo ekssudat serozli, shilliqli, yiringli, fibrinozli yoki aralash bo’lishi mumkin. Bronx- larning shilliq qavati giperemiyalashadi, hosil bo’luvchi shilliq miqdori ortadi. Kiprikli tebranuvchi epiteliya o’z muylarini yo’qotadi, sidiriladi va bu bronxlardan shilliq ajralib chiqib ketishini qiyinlashtiradi. Bronx devorida shish rivojlanadi va 15 unga limfositlar, plazmatik hujayralar, neytrofil leykositlar shimiladi. Chiqarib tashlanishi buzilishi natijasida to’planib qolgan shilliq o’tkir infeksiya qo’zg’atuv- chilari bilan birgalikda bronx daraxtining pastki qismlariga tushadi va bronxiolalarni berkitib qo’yadi. O’tkir bronxit odatda tuzalish bilan yakunlanadi, bronx-larning shilliq qavati qayta tiklanadi. Ammo kasallik, ayniqsa kasallikni saqlab turish uchun omillar bo’lgan vaqtda (chekish) unchalik o’tkir bo’lmagan va surunkali xarakterni olishi ham mumkin. O’CHOQLI BRONXOPNEVMONIYA O’choqli pnevmoniya (bronxopnevmoniya) — bronxit-lar bilan bog’liq bo’lgan o’pka to’qimasining o’tkir yallig’-lanishdir. Yallig’lanish jarayoni bronxlardan yondoshgan o’pka to’qimasiga tarqaladi. Ba'zan o’choqli pnevmoniya birlamchi bo’lishi ham mumkin, ammo bu vaqtda ham yallig’lanish zonasida (joyida) joylashgan bronxlar yallig’lanish jarayoniga jalb etiladi. o’choqli pnevmoniya sababchilari odatda mikroblar, viruslar, zamburug’lar hisoblanadi. Yallig’lanish 0'chog'ining razmeriga (hajmiga) qarab alveolalar, asinozli, bo’lakli, aralash bo’lakli, segmentli va oraliq bronxopnevmoniyalar bo’lishi mumkin. Yallig’lanish o’choqlari ko’pincha o’pkaning orqa va pastki segmentida rivojlanadi. Ular turli razmerda, qattiq-lashgan bo’lib, o’pka kesib ko’rilganda kesma yuzasiga kulrang-qizg’ish rangli o’choqlar sifatida bo’rtib turadi. Ekssudat serozli, ba'zan seroz-gemorragik xarakterda bo’ladi. Bemor yoshiga qarab bronxopnevmoniya kechishi, joylanishining bir qator xususiyatlari mayjud. Masalan, kichik yoshdagi bolalarda umurtqa pog’onasiga (II, VI, X) yondoshgan segmentlarda pnevmoniya o’choqlari paydo bo’ladi, shuning uchun ham ular paravertebral pnevmoniya deb ataladi. U yaxshi kechadi. Aksincha 50 yoshdan yuqori bo’lgan bemorlarda yallig’lanish o’chog’ining so’rilishi nisbatan sekin ketadi. 16 O’choqli bronxopnevmoniya asoratlari yallig’lanish fokusining karnifikasiyasi, ularning yiringli irishi va abssess hosil bo’lishi, ba'zan plevrit rivojlanishi bilan ifodalanadi. Yallig’lanish o’chog’i tarqalgan, kocp sonli xarakterga ega bo’lsa, o’lim kelib chiqishi mumkin. Bu vaqtda bemor holatini belgilovchi omillarga nafas olish gipoksiyasi va intoksikosiya kiradi. Surunkali nospesifik (xos bo’lmagan) o’pka kasalliklari. Nafas yo’llari surunkali nospesifik kasalliklarini, rivojla-nishi bir-biriga bog’liq bo’lgan, bir guruh kasalliklar tashkil etadi. Ularga surunkali bronxit, surunkali zotiljam, bron- xoektazlar, surunkali abssess pnevmoskleroz va o’pka yemfizemiyasi kiradi. Download 121.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling