Nafas olish organlari faoliyati
Download 1.76 Mb.
|
Nafas olish aʼzolari faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’ks oraligʻi
- Nafas aʼzolari fiziologiyasi
- Oʻpka havosining hajmi
- E’TIBORINGIZ uchun rahmat!
PlevraO’pkani o‘ragan seroz parda plevra deb ataladi. Plevra ikki: visseral va parietal varaqdan iborat. Visseral (o‘pkani o‘ragan) plevra o‘pka to‘qimasiga zich yopishib, uni har tomondan o‘raydi va bo‘laklar o‘rtasidagi yoriqlarga ham kiradi. O‘pkani hamma tomondan o‘ragan visseral plevra o‘pka ildizi sohasida pariental plevraga o‘tib ketadi. O‘pka ildizidan pastda visseral plevra pastga tomon yo‘nalib, diafragmaga birikadigan o‘pka boylamini hosil qiladi.Ko’ks oraligʻiKo‘ks oralig‘i deb ikkita mediastinal plevra o‘rtasida joylashgan a’zolar majmuiga aytiladi. Ko‘ks oralig‘i old tomondan to‘sh suyagi, orqadan umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi, yon tomondan o‘ng va chap mediastinal plevra, pastdan diafragma, yuqoridan ko‘krak qafasining ustki aperturasi bilan chegaralanadi. Ko‘ks oralig‘i ikkiga: yuqo rigi va pastkI qismlarga boʻlinadi. Yuqori ko‘ks oralig‘ida ayrisimon bez, o‘ng va chap yelka-bosh venalari, yuqori kavak vena, aorta ravog‘i va uning tarmoqlari, kekirdak qizilo‘ngach, o‘ng va chap simpatik poya, adashgan va diafragma nervlari joylashadi.Pastki ko‘ks oralig‘i, o‘z navbatida, uch: oldingi, o‘rta va orqa qismlarga bo‘linadi.Nafas aʼzolari fiziologiyasiNafas olish jarayoni ikki bosqichdan: nafas olish – inspiratsiya va nafas chiqarish-ekspiratsiyadan iborat. Nafas olganda kislorodga boy atmosfera havosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarilganda esa karbonat angidridga to‘yingan havo tashqariga chiqadi. Tinch holatda bo‘lgan sog‘ odam minutiga 16-20 marta nafas oladi va chiqaradi. Nafas olganda uzunchoq miyada joylashgan nafas markazida ritmik qo‘zg‘alish lar paydo bo‘ladi va undan nerv impulslari orqa miyaning nafas markaziga, keyin diafragma va qovurg‘alararo nervlar orqali nafas mushaklariga boradi.Oʻpka havosining hajmiTinch holatda katta yoshli odam 500 ml ga yaqin havo bilan nafas oladi va chiqaradi. Bu miqdor havoni nafas hajmi deyiladi. Tinch nafas olgandan keyin qo‘shimcha chuqur nafas olinsa, o‘pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin. Bu hajm nafas olishning qo‘shimcha hajmi deyiladi. Tinch nafas chiqargandan keyin nafas mushaklarining maksimal qisqarishi ta’sirida 1500 ml havoni nafasdan chiqarish mumkin. Bu hajm nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi deyiladi. Nafas havosi, nafas olishning qo‘shimcha hajmi va nafas chiqarish ning qo‘shimcha hajmlarining yig‘indisi (500+1500+1500) o‘pkaning tiriklik sig‘imini (O‘TS) tashkil qiladi. Mo‘tadil O‘TS ayollarda o‘rtacha 2700 ml, erkaklarda esa – 3500 ml. Jismoniy mashq qilganda O‘TS 7500 gacha oshishi mumkin.E’TIBORINGIZ uchun rahmat!Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling