BRONXOSPAZMLARDA QO‘LLANUVCHI
VOSITALAR (bronxolitiklar )
Bronxlar silliq mushaklarining xolati odatda parasimpatik nerv orqali boshqarilib
turiladi.Ushbu nervlar qo‘zg‘alganda mushaklar qisqarib bronxospazm (bronxlarning tora
yishi) kuzatiladi.Bronxlarda simpatik innnervatsiya bo‘lmasa xam ularda erkin betta ikki
adrenoretseptorlar mavjud bo‘lib, ularga qondagi adrenalin va u kabi moddalar ta’sir
ko‘rsatadilar. Ma’lumki, betta ikki adrenoretseptorlar qo‘zg‘olganda bronxlarning bo‘sha
shishi (bronxodilyatatsiya ) kuzatiladi.Bronxial astma va bronxospazm bilan kechuvchi bosh
qa xastaliklarda bronxlarning giperreaktivligi (tashqi ta’sirotlarga bo‘lgan yuqori ja vob
qaytarish yoki ta’sirchanlik ) ortadi va shu tufayli allergenlar, kimyoviy birikmalar ,
infeksiya, sovuq xavo va stresslar ta’sirida bronxospazm rivojlanadi. Geperreaktivlik ni
yuzaga kelishida yallig‘lanish mediatorlari ta’sirida yuzaga chiquvchi bronxlarning yal
lig‘lanishi katta axamiyatga ega (gistamin, adenozin, leykotrenlar, prostoglandinlar,
tromboksan, trombotsitlarni faollashtiruvchi omil (TFO) va boshqalar.) YAllig‘lanish na
tijasida bronxlarning shilliq qavati shishadi, chunki ulardagi tomirlarning o‘tkazuvchan ligi
oshadi. Oq qon tanachalari bilan infiltratsiyalanadi va shilliq ajralishi ortib ke-tadi. Natijada
bronxospazmni kechishi og‘irlashadi.Ana shuning uchun ham bronxospastik xolatlarni
davolash faqatgina bronxolitiklarni o‘zi bilan emas balki yallig‘lanishga qarshi vositalar,
balg‘am kuchiruvchi vositalar bilan birgalikda qo‘llanishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Xozirda bronxial astmani va boshqa bronxospazmlar bilan kechuvchi o‘pka xastaliklarini
davolashda qo‘llaniladigan preparatlar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |