Nafas olishni kuchaytiruvchi vositalar


Download 30.24 Kb.
bet18/20
Sana08.01.2022
Hajmi30.24 Kb.
#243342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
NAFAS OLISHNI KUCHAYTIRUVCHI VOSITALAR

Ipratropiyning bronxolitik ta’siri ingalyasiya yo‘li bilan qo‘llanganda kuchli namoyon

bo‘ladi, lekin ta’siri betta adrenomimetiklarga nisbatan sekinroq rivojlanadi, 6 soat davom

etadi. To‘rtlamchi ammoniyli birikma bo‘lganligidan u MNS ga o‘tmaydi.

MIOTROP TA’SIRLI SPAZMOLITIKLAR

Bu gurux vositalari bronxlarning silliq mushaklariga bevosita ta’sir etib ularni bo‘-

shashtiradilar. Bronxolitik sifatida t e o f i l l i n va e u f i l l i n keng qo‘llanadi.

Euphylline - eng samarador miotrop spazmolitik xisoblanadi. Bu preparat teofil-linning (1,3

-dimetilksantin) 1,2–etilendiamin bilan aralashmasidir. Bronxolitik ta’ siridan tashqari

eufillin kichik qon aylanish doirasida bosimni tushiradi, yurak,buyrak va bosh miyada qon

aylanishini yaxshilaydi.Shu sababli peshob ajralishini oshiradi, yurakning sistolik va

minutlik xajmini, miokard qisqarish kuchining ortishi xisobiga kuchay tiradi.Lekin

miokardning O2 ga bo‘lgan extiyojini ham oshiradi.Trombotsitlar agregatsiya sini keskin

tormozlaydi. Eufillinning spazmolitik ta’siri asosan uning tarkibidagi teofillin bilan bog‘liq .

Teofillin fosfodiesteraza faolligini susaytirib to‘qimalar- da sAMF miqdorini oshiradi,

chunki teofillin metilksantinlar ichida fosfodiesteraza faolligini susaytiruchi eng kuchli

preparatdir. sAMFni to‘planib qolishi xujayra ichida Ca2+ ionlarining konsentratsiyasini

kamaytiradi va shu tufayli miozinni aktin bilan birlashishiga to‘sqinlik qiladi, silliq

mushaklarning qisqarish kuchi keskin kamayadi. terapevtik dozalarda teofillin bronxlardagi

adenozin retseptorlarini bloklaydi, semiz xujayralardan gistaminni ajralishini kamaytiradi.

Eufillin MNSni qo‘zg‘atadi, diafragma va qovurg‘alararo mushaklar qisqarishini va

o‘pkaning ventilyasiyasini oshira di.

Qo‘llashga ko‘rsatmalar: - kichik qon aylanish doirasida qon aylanishining etishmovchi- ligi

belgilari bilan kechuvchi bronxial astmada, bronxospazm va nafasning Cheyn-Stoks tipidagi

buzilishi bilan kechuvchi yurak astmalarida, ateroskleroz tufayli yuzaga keluv chi bosh miya

tomir krizlari xurujlarini bartaraf etish uchun, insultlarda bosh miya shi-shi, uning bosimini

kamaytirish va qon aylanishni yaxshilash uchun.

Xozirgi kunda teofillining davomli ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlari (8-12 , 24 soat) mavjud:




Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling