Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarishi va
Muolaja. Dorivor moddalarni ingalyatsiya usuli bilan kiritish
Download 204.76 Kb.
|
Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarish
Muolaja. Dorivor moddalarni ingalyatsiya usuli bilan kiritishOgohlantirish: ingalyatsiyalar soni va oralig’ini shifokor belgilaydi. Bajarilishi: Dorivor moddaning nomini o’qing, preparat haqidagi ma’lumotni bemorga yetkazing, muolajaning borishi haqida tushuntiring. Qo’lingizni yuving. Dorivor modda solinmagan ingalyatsiya ballonchasidan foydalanib, bemorga muolajaning bajarilishini ko’rsating. Bemorni o’tqazing yoki uni turgan holatida bajaring, chunki turganda nafas olish samaraliroq bo’ladi. Ingalyatordan himoya qalpoqchasini yeching. Ballonchani to’nkarib, silkiting. Bemordan chuqur nafas chiqarishni iltimos qiling; ingalyatorning mundshtukini bemorning og’ziga soling, bemor uni labi bilan mahkam qisib olsin; bemorning boshi orqaga sal egilgan bo’lsin. Bemordan chuqur nafas olishni iltimos qiling va bir vaqtning o’zida ballonchaning tubini bosing. Ingalyator mundshtukini bemorning og’zidan oling; nafasni 5—10 sek. ushlab turishni iltimos qiling. Bemor tinch nafas chiqaradi. Bemorga ishlayotgan ingalyator bilan muolajani mustaqil bajarishini so’rang. Ingalyasiya dan keyin ingalyatorini himoya qalpoqchasi bilan yopib, maxsus joyga olib qo’ying. Qo’lingizni yuving. Yurak astmasi — o’tkir yurak yetishmovchiligi natijasida bo’g’ilishning xuruj bilan kechishi hayot uchun xavfli holat. Ko’pincha arterial bosim ko’tarilishi, miokard infarkti, yurak poroklari oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Yurak astmasi ko’pincha tunda xuruj qiladiYURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHIVA ULARNING NAZORATI Kardiologiya (yunon kardiy - yurak, logos – ta’limot) yurak – qon tomir tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinik ko'rinishini o'rganadigan ichki kasalliklar bo'limi bo’lib, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadi. Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish, yurakda og’riq hissi va boshqalar. Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va davolashni ikki yo'nalishda o'tkaziladi. Download 204.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling