Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarishi va


Download 204.76 Kb.
bet3/11
Sana12.11.2023
Hajmi204.76 Kb.
#1769047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarish

Simptom.


Balg’am — yo’talda ajraladigan nafas yo’llari va o’pkadagi kasallik jarayonining mahsuloti. Balg’am ajralishi kasallikdan dalolat beradi.
Balg’am miqdori har xil: o’tkir bronxit va o’pka yallig’lanishining boshlang’ich shaklida bemor bir-ikki marta
oz-ozdan balg’am tuflasa, o’pkaning yiringli kasalliklarida 1—2 l gacha ajratadi. Odatda, balg’amning hidi bo’lmaydi, o’pkada yiringli jarayon ro’y bersa balg’am chirindi hidli yoki qo’lansa bo’ladi.
Balg’amning quyuq-suyukligi, rangi uning tarkibiga bog’liq. O’pka yallig’lanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanish davrida rangsiz, tiniq yopishqoq shilimshiqli balg’am ajraladi. Yiringli, suyuq ko’kimtir balg’am o’pkaning yiringli kasalliklarida paydo bo’ladi. Qonli balg’am unga tushgan qonning miqdori va sifatiga ko’ra har xil ko’rinishga ega. Balg’amdagi taram-taram yoki qotib qolgan qon tuberkullyozda, o’pka shishida, bronxlar kengayishida bo’ladi. Zang tusli balg’am o’pkaning krupoz yallig’lanishida, qizil balg’am o’pkaning parchalanayotgan shishlarida, jigarrang yiringli balg’am o’pka yiringlaganda va yiring bog’lagan yaraning parchalanishida bo’ladi.



Nafasi qisadigan bemorlarni parvarish qilish:


  1. Bemorga yarim o’tirish holatini yaratish, qisib turadigan kiyimlarini yechish, toza havo kirishini ta’minlash.

  2. Nafas olish tezligi, teri rangini kuzatish.

  3. Zarur hollarda bemorga kislorod ingalyatsiyasi o’tkazish. Ingalyatsiya — dorivor moddalarni nafas yo’li orqali kiritish. Gazlar (kislorod), oson bug’lanuvchi moddalar (efir moylari, dori vositalarning bug’lari), shuningdek aerozollardan

foydalanib nafas olish mumkin.
Ingalyatsiya ning 4 xili mavjud: bug’li, iliq-nam, nam, moyli.
Bug’li ingalyatsiyalar bug’lanuvchi moddalar (mentol, evkalipt) yordamida tayyorlanadi. Ular ko’pincha uy sharoitida qo’llanadi.
Iliq-nam ingalyatsiyalar: dorivor eritma isitib, purkaladi.
Bitta ingalyatsiya uchun 25—250 ml dorivor eritma sarflanadi.

Download 204.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling