Arterial bosim
|
Ko’rsatkichlar
|
Sog’lom katta
|
Simob ustunidan 140/90 mm
|
odam
|
oshmagan
|
Chegaraviy holat
|
Simob ustunining 140/90 —100/95
mm
|
Gipertenziya
|
Simob ustunidan 160/95 mm oshgan
|
Keksa odam
(yoshi 60 dan oshgan va undan katta)
|
Puls bosimi oshish tomoniga
o’zgarish (sistolik 160 mm dan oshgan, diastolik 90 mm dan oshmagan)
|
Kasallik belgilari
Qon aylanishi buzilishining belgilari qaysi soha yoki a’zolar shikastlanganiga bog’liq. Yurak kasalliklari turli xil belgilar bilan kechishi mumkin: miyadagi qon aylanishining yomonlashuvi natijasida hushdan ketish, bosh aylanish yoki aql xiralashishi;
oyoq-qo’llarda qon aylanish buzilganda shishlar bilan kechadi. Tug’ma yurak kasalliklari, odatda, tug’ilish vaqtida aniqlanadi. Yosh bolalarda yurak faoliyati buzilganda, ularda nafas qisish, ishtahaning yo’qolishi va jismoniy rivojlanishda ortda qolish kuzatiladi. Tug’ilish vaqtida aniqlangan tug’ma yurak poroklari jismoniy kamchiliklarning deyarli yarmini tashkil qiladi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklari har xil sabablarga ko’ra yurakning turli xil bo’linmalari ishlashining qiyinlashuvi bilan kechib, oqibatda yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklarining muhim belgilari — yurakning tez-tez urishi, notekis urishi, yurak sohasida og’riq, shishlar bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |