Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarishi va


Nafas olish funksiyalari buzilishiniig asosiy belgilari va yordam ko’rsatish


Download 204.76 Kb.
bet2/11
Sana12.11.2023
Hajmi204.76 Kb.
#1769047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarish

Nafas olish funksiyalari buzilishiniig asosiy belgilari va yordam ko’rsatish

Burundan nafas olishning qiyinlashuvi.


O’tkir nafas infeksiyalarida burundan nafas olish qiyinlashishi, burun yo’llari bekilishi, ko’p miqdorda shilimshiq ajralishi yoki burun bo’shlig’i quruqligi, aksirish bilan kechadi. Burun bo’shlig’ini parvarish qilish oddiy bo’lib, ko’p hollarda muolajalarni bemor mustaqil bajara oladi. Agar bemor muolajalarni mustaqil ravishda bajarishga qodir bo’lmasa, ushbu muolajalarni maxsus tayyorgarlikdan o’tgan qarindoshi yoki hamshira amalga oshiradi. Nafas olish a’zolarining infeksiyalarida shilliqqavat shishi natijasida burundan nafas olish buziladi. Burun bo’shlig’ining surunkali yallig’lanish kasalliklari shilliq qavatning o’sib ketishi va bo’rtishiga, burun orqali havo o’tishini qiyinlashtiruvchi adenoidlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Agar bemor faol bo’lsa, burun yo’llarining o’tuvchanligini ozgina vaqtga tiklaydigan uzoq bo’lmagan nafasni ushlab turish mashqlarini tavsiya qilish mumkin.
Burunning surunkali bekilib qolishi bosh suyagining havo olib keluvchi bo’shliqlari yallig’langanda kuzatiladi. Ko’pincha burun bo’shlig’i bilan bog’langan yuqori jag’ (gaymor) va peshona bo’shliqdari ta’sirlanadi.

  1. Ko’p miqdorda suyuqlik berish.

  2. Kislorodli yostiqdan nafas oldirish.

  3. Yotish rejimidagi bemorlarni parvarish qilishda gigienik qoidalar.

  4. Xonani yelvizaksiz, tez-tez shamollatib turishi, namlab tozalash.

  5. Vitaminli, energetik quvvati yuqori bo’lgan ovqatni oz- ozdan berish.

  6. Qo’shimcha vositalar: ko’krak qafasiga xantal kukuni yoki banka qo’yish. Ko’krak qafasida og’riqlarni kamaytirish uchun quyidagi xalq vositasini qo’llash mumkin: turpni qirg’ichda qirib, bir bo’lak dokaga yupqa qavat qilib, ko’krak qafasiga qo’yiladi, avval sochiq so’ngra esa ro’mol bilan yopiladi. Buqilingan kompress terini qizartiradi va issiqlik hissini paydo qiladi. Teri kuyib qolmasligi kuzatib turiladi, 20 daqiqa ushlab, teri yaxshilab artiladi va issiq kiyim kiyiladi.

Balg’amli yo’talda bemorga balg’am ko’chiruvchi vositalar beriladi.
Bemorda shaxsiy tuflagich bo’lishi zarur, tuflagichning 1/3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi qo’yiladi.
Qabziyatda tozalovchi xuqna qilinadi yoki surgi dori beriladi (ayniqsa quyidagi o’tlar samara beradi - sano, itshumurt po’stlog’i, haydovchi to’plam: 1 osh qoshiq o’tga 1 stakan qaynoq suv quyiladi, damlanib, suzgichdan o’tkaziladi va ichiladi). Quyidagilar ichakni yaxshi tozalaydi: 1 stakan qatiqqa
1 osh qoshiq o’simlik moyi qo’shiladi, shuningdek suvda pishirilgan lavlagi (1 ta lavlagi yoki 1/2 stakan xom lavlagining sharbati) kechqurun beriladi.

Download 204.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling