Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Jamoatchilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning mu


Download 124.97 Kb.
bet12/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Jamoatchilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.

Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida bo‘lishi darkor. 


Jamoatchilik nazorati davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati subyektining shaxsiy tashabbusi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaati bo’yicha, jamoatchilik nazorati subyektining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga belgilangan qonunchilik asosida adliya organlari va boshqa davlat organlari tamonidan davlat ro’yhatidan o’tgan va faoliyatini tegishli hududda amalga oshirayotgan fuqarolik jamiyati institutlari ega bo’ladilar. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, fuqarolik jamiyati institutlari bugungi va ertangi kunimizga har qachongidan ham mas’uliyat bilan qaraydigan, xalqimizning orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishda amaliy ishlari bilan yordam berishga shay tashkilotlar majmuasi sifatida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishonchli hamkor bo’laoladi. Bu esa Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada belgilab berilganidek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rivojining yangi bosqichini boshlab beradi, milliy davlatchiligimiz taraqqiyotida tarixiy burilish yasash bilan birga fuqarolarimizda yurt ravnaqi va farovonligiga daxldorlik hissini kuchaytiradi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshiradi. 


“Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. Chunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir.
Jamoatchilik nazoratiga turli-tuman ta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.
Jamoatchilik nazorati mexanizmlari: demokratik boshqaruvning muhim tarkibiy qismidir.
Jamoatchilik nazorati-bu davlat amaldorlari va institutlarining harakatlari va qarorlari ustidan jamoatchilik, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari tomonidan nazoratni amalga oshirish. Jamoatchilik nazorati demokratik boshqaruvning muhim tarkibiy qismidir, chunki u shaffoflik, hisobdorlik va fuqarolarning ishtirokini ta'minlaydi. Bu hukumatning jamoat manfaatlariga xizmat qilishini, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishini va davlat resurslaridan samarali va samarali foydalanishini ta'minlashga yordam beradi.
Fuqarolar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari hukumatni javobgarlikka tortish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan jamoat nazoratining bir necha mexanizmlari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
1. Saylovlar: saylovlar demokratik jamiyatlarda jamoatchilik nazoratining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Fuqarolar erkin va adolatli saylovlarda o'z vakillarini tanlash huquqiga ega va bu vakillar saylovchilar oldida hisobot berishadi. Saylovlar fuqarolarga hukumat siyosati to'g'risida o'z fikrlarini bildirishga va saylangan mansabdor shaxslarni o'z harakatlari uchun javobgarlikka tortishga imkon beradi.
2. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari: fuqarolik jamiyati tashkilotlari, shu jumladan nodavlat tashkilotlar (NNT), jamoat guruhlari va professional uyushmalar jamoatchilik nazoratida muhim rol o'ynaydi. Ular hukumat faoliyatini kuzatishi, jamoatchilikka foyda keltiradigan siyosatni himoya qilishi va fuqarolarni jamoat ishlarida ishtirok etishga safarbar qilishi mumkin. Shuningdek, ular fuqarolarga o'z tashvishlari va shikoyatlarini bildirishlari uchun kanal taqdim etadilar.
3. OAV: ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratining yana bir muhim mexanizmidir. Jurnalistlar hukumatning harakatlari va qarorlarini tekshirishi va hisobot berishi, tahlil va sharhlar berishi, korruptsiya va qonunbuzarliklarni fosh qilishi mumkin. OAV, shuningdek, hukumat amaldorlari o'z harakatlari uchun javobgar bo'lishini ta'minlab, qo'riqchi sifatida ham harakat qilishi mumkin.
4. Jamoat tinglovlari: jamoat tinglovlari fuqarolarga hukumat siyosati va qarorlari to'g'risida o'z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniyatini beradi. Ular davlat idoralari, qonun chiqaruvchi organlar yoki mustaqil komissiyalar tomonidan o'tkazilishi mumkin. Ommaviy tinglovlar fuqarolarga qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish va davlat amaldorlarini javobgarlikka tortish imkonini beradi.
5. Audit: audit-bu davlat resurslaridan samarali va samarali foydalanishni ta'minlashga yordam beradigan jamoatchilik nazoratining muhim mexanizmi. Auditorlar davlat dasturlari va faoliyatini tekshirishlari, chiqindilar, firibgarlik va suiiste'molliklarni aniqlashlari va takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berishlari mumkin. Audit shuningdek, davlat operatsiyalarida shaffoflik va hisobdorlikni oshirishi mumkin.
6. Murojaatlar va shikoyatlar: murojaatlar va shikoyatlar fuqarolarning o'z tashvishlari va shikoyatlarini hukumatga bildirishlari uchun muhim mexanizmdir. Fuqarolar davlat siyosati yoki harakatlariga o'zgartirish kiritishni talab qilish uchun petitsiyalardan, qonunbuzarlik yoki korruptsiya to'g'risida shikoyat qilishlari mumkin. Ushbu mexanizmlar hukumat amaldorlarini javobgarlikka tortishga va shaffoflik va fuqarolarning ishtirokini ta'minlashga yordam beradi.
Mamlakatimizda ham xalq bilan muloqot mexanizmlari va ta'sirchan jamoatchilik nazoratiga alohida e’tibor berilib bu borada siyosiy islohotlar, kerakli normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinib jamiyatga tatbiq etib kelinmoqda.
Jamoatchilik nazorati demokratiya va xalq hokimiyatchiligining muhim instituti hisoblanib, u davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish orqali fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofazasini ta’minlashga xizmat qiladi.
U fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini hamda qonun hujjatlari talablariga davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan og‘ishmay rioya qilinishini, ular oldida turgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Shu bois kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan yurtimizda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamiz va kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning konstitutsiyaviy asosi shakllantirildi. Unga muvofiq, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish hamda takomillashtirish yo‘li bilan ham ro‘yobga chiqariladi. E’tiborli jihati, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqomning berilishi yurtimizda mazkur nazorat institutini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.
Amaldagi qator qonun va qonunosti hujjatlarida jamoat nazorati haqida qator normalar mavjud bo‘lsa-da, ushbu institutning mohiyati, turlari, uni amalga oshirishning usul hamda shakllari, umuman olganda, nazorat qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar, yagona hujjat mavjud emas edi. Bu esa qonunlardagi mazkur qoidalar, hatto, konstitutsiyaviy normaning ham to‘liq ishlamasligiga sabab bo‘layotgandi.
Bundan tashqari, jamoatchilik nazorati borasida qator normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish va yagona tizimlashtirilgan tayanch qonunni qabul qilishga, jamoatchilik nazorati masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlaridagi “huquqiy bo‘shliqlar”ni bartaraf etishga ehtiyoj mavjud edi.
Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun parlamentimiz quyi palatasi deputatlari tomonidan ishlab chiqilib, keng muhokamalardan so‘ng qabul qilindi, Senat tomonidan ma’qullandi hamda Prezidentimiz imzolaganidan so‘ng kecha matbuotda e’lon qilindi.
Qonun Konstitutsiyada nazarda tutilgan normani amaliyotda qo‘llashga, mamlakatimizda davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning qonunchilik asoslari va mexanizmini to‘liq belgilashga qaratilgani bilan nihoyatda e’tiborlidir.
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi muhimligi nimada?
Avvalambor, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil etishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan birga, uni muhofaza etishga da’vat qiladi, davlat tuzilmalarining takomillashuvini ta’minlaydi. Bu esa pirovardida jamoatchilik nazorati orqali bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanib kelinayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi hamda mas’uliyatini oshirishga zamin yaratadi.
Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bo‘lmagan va ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda islohotlarning yanada samarali olib borilishini ta’minlaydi. Davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari jamoatchilikning ishonchi va ko‘magida o‘z faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniga ham ega bo‘ladi.
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunda jamoatchilik nazorati subyekt hamda obyektlari, asosiy prinsiplari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari belgilanib, nazorat shakllari bilan bog‘liq tartib keng yoritilgan. Shuningdek, jamoatchilik nazorati subyektlari hamda obyektlarining huquq va majburiyatlari, uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi ochib berildi.
Qonunga muvofiq, jamoatchilik nazoratini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari olib borish huquqiga ega.
Davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq hamda mintaqaviy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga oid faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Qonunga muvofiq, jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlari faoliyati ustidan qator shakllarda, ya’ni davlat organlariga murojaatlar hamda so‘rovlar yo‘llash, davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida qatnashish, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish kabi usullarda nazorat olib boradi.
Qonunni ishlab chiqish jarayonida milliy qonunchilik, huquqshunos olimlar hamda ekspertlarning fikrlari va xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, jamoatchilik nazorati sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti tahlil qilindi. Jumladan, AQSH, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlarning jamoatchilik nazorati sohasidagi qonun hujjatlari to‘liq o‘rganilgan.
“Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi”. Sohibqiron Amir Temur bobomiz olti asr muqaddam aytgan bu o‘git bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni bo‘lib xizmat qilayotir.
Masalaning yana bir jihati borki, xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini taʼminlash qiyin bo‘ladi. Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda esa jamoatchilik nazoratidan ko‘ra samarali vosita yo‘qligini ayni paytda hayotning o‘zi isbotlab turibdi. Shu maʼnoda bugun jamoatchiligimiz uyg‘ondi, turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, o‘z fikrini erkin ifoda etayotganini ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz.
Misol uchun, yakunlanayotgan yilda Davlat budjeti ilk bor keng muhokamaga qo‘yilib, ochiqlik va oshkoralik ruhida qabul qilindi. Unda turli vazirlik va idoralar har bir so‘mni nimaga va qanday xarajat qilishi aniq ko‘rsatib berildi. Bildirilgan fikrlar asosida maktablarga parta, doska va kompyuterlar xarid qilish uchun budjet xarajatlarini qisqartirish hisobidan 50 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Bu ham, o‘z navbatida, odamlarimizning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan masʼuliyat va daxldorlik hissi oshib borayotganini ko‘rsatadi. Bunday tajriba mamlakatimiz tarixida birinchi marta yuz berayotgani esa yanada ahamiyatlidir.
Yana bir jihat: jamoatchilik nazorati — faqat davlat idoralari ustidan emas, balki fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning ham muhim omilidir. Xo‘sh, ayni jarayonlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va ahamiyati qanday? Jamoatchilik nazorati subʼekti sifatida ular o‘z vazifasini qay darajada bajarmoqda? Umuman, bu jarayonda mahallalarning roli sezilyaptimi?
Mahalla — jamoatchilik nazoratida yetakchi bo‘g‘in.
Davlatimiz rahbari Prezidentlik lavozimiga kirishgan ilk kunlardanoq millat qaddini, qadrini tiklaydigan olamshumul ishlarga qo‘l urildi. Eʼtibor bering: qabul qilinayotgan har bir farmon yoki qarorda, hududlarga tashriflarda, maʼruzalarda faqat bir maslak bot-bot tilga olinadi: “xalqimiz ishonchini qozonishimiz, ularni rozi qilishimiz lozim”.
Bu bejiz taʼkidlanmayotir. Zero, O‘zbekistonda yangi davr shunday boshlandi. Bu jarayonda esa hech bir soha eʼtibordan chetda qolmayapti. Jumladan, mahalla tizimi, uning odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tezkor aniqlash va hal etishdagi ishtiroki, jamoatchilik nazorati sohasidagi faoliyati Yurtboshimizning doimiy eʼtiborida. Bu haqda so‘z borganda, davlatimiz rahbarining: “Mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko‘zgusiga aylanishi kerak. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo‘lishi lozim. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo‘lishi, kim nima bilan mashg‘ul — hammasini bilishi darkor. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallani kecha-yu kunduz odamlarning ahvolidan xabardor bo‘ladigan maskanga aylantirishdir” degan gaplarini keltirish o‘rinlidir.
Ayni fikrlarning o‘ziyoq mahallaning jamoatchilik nazoratidagi o‘rni naqadar beqiyos ekanini ko‘rsatib turibdi. Sohaga qaratilayotgan eʼtibor natijasi o‘laroq, bugun mazkur institut jamoatchilik nazoratining asosiy subʼekti sifatida maydonga chiqmoqda.
Birgina mahalla tarixiga nazar solsak, bu boradagi eng taʼsirchan maskan ekani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamoatchilik nazorati azal-azaldan urug‘, qabila, oqsoqollar kengashi ko‘rinishlarida amal qilib kelgan. Jumladan, har bir oilada ota-onalar tomonidan farzandlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik kabi fazilatlar singdirilgan, mahallada hududga kirib-chiquvchilarga nisbatan ogoh bo‘lish, ularni nazoratga olish kabi shakllarda jamoatchilik nazoratining maʼlum bir meʼyorlari belgilab berilgan. Ularning barchasiga oqsoqollar kengashi bosh-qosh bo‘lgan.
“Mahalla raisi kelajakda hokim bo‘lishi mumkin, ammo hokim mahalla raisi bo‘la olmaydi”. Prezidentimizning ushbu taʼkidi faollar zimmasidagi masʼuliyat zalvori nechog‘li ulkan ekanini anglatadi. Chindan ham, bugun mahalla raislariga katta ishonch bildirilgan. Uni oqlash, ishonchga munosib bo‘lish uchun tinimsiz mehnat, faollik va fidoyilik talab etiladi. Zero, mahalla ahlini hech kim yig‘in raisichalik yaxshi bilmaydi.
Nazorat bor joyda ish sifati, faoliyat samaradorligi ochiq va shaffof bo‘ladi. Ayni jihatdan jamoatchilik nazoratining mustahkam o‘rnatilishi davlat uchun ham, jamiyat uchun ham birdek foydalidir. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishining muhimligi nimada?
Avvalambor, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini taʼminlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan birga, uni himoya qilishga daʼvat etadi, davlat tuzilmalarining takomillashuvini taʼminlaydi. Bu esa pirovardida jamoatchilik nazorati orqali bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanib kelinayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi hamda masʼuliyatini oshirishga zamin yaratadi.
Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi taʼsirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bo‘lmagan va ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda islohotlarning yanada samarali olib borilishini taʼminlaydi. Davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari jamoatchilikning ishonchi va ko‘magida o‘z faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniga ham ega bo‘ladi.
Nazorat qanday shaklda olib borilmoqda? Amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy tamoyillari va shakllari belgilab berilgan. Jumladan, bugun fuqarolar yig‘inlari qonun hujjatlarining, shuningdek, o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqda.
Dastavval mahallalar, asosan, odamlarning murojaatlari asosida ish ko‘rib kelgan bo‘lsa, endilikda ular yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish huquqiga egadir. Bunday tadbirlar natijasida aholi tomonidan bildirilgan muammolar va kamchiliklar o‘z yechimini topmoqda. Shu bilan birga, mahallalar atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglab borayotir. Ularda mahallalar hayotiga daxldor, aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolar muhokama qilinyapti, ularning yechimlari izlanyapti.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bilan aholi murojaatlari va muammolarini aniqlash hamda hal etishda “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosidagi hamkorlik tizimining joriy etildi. Endilikda aholini qiynayotgan muammo va masalalarni hal etish “quloqqa chalingan” gaplar asosida emas, balki bevosita uyma-uy yurib, keng jamoatchilik ishtirokida ko‘rib chiqilayotgani masʼullar zimmasidagi masʼuliyatni yanada oshirmoqda.
Har qanday muammo loqaydlik yoki eʼtiborsizlik tufayli yuzaga kelishini inobatga olsak, Yurtboshimizning ushbu farmoni ijro etuvchi organlarni aholi bilan yaqin va hamjihatlikda ishlashga, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotir. Amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar, qo‘lga kiritilayotgan natijalardan ko‘ringan xulosa shuki, mahalla bugun tom maʼnoda jamoatchilik nazorati vakolatini qo‘lga oldi.
Har qanday ish uning natijasi bilan baholanadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati natijalari bo‘yicha ham bayonnoma, xulosa, maʼlumotnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda yakuniy hujjatlar tayyorlanishi mumkin. Unda bayon etilgan axborotlar, tavsiyalar va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinadi.
Bugungi islohotlar ko‘rsatib beryaptiki, jamoat tashkilotlari, xususan, mahallalarning ishtirokisiz davlat organlari o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini samarali va to‘laqonli amalga oshirishlari qiyin. Bunday sharoitda jamoat tashkilotlari davlat bilan xalq o‘rtasidagi vositachi sifatida ijtimoiy muvozanatni yuzaga keltirishga xizmat qiladi.
Jamoatchilik nazoratining maqsadi kimnidir jazolash emas, balki qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, dasturlarda odamlar manfaatlari, fikrlarini hisobga oldirish, ijtimoiy va jamoatchilik ahamiyatiga ega bo‘lgan dolzarb vazifalar va funksiyalarni, davlat xizmatlarining samarali ko‘rsatilishini taʼminlash hisoblanadi. Umuman olganda, jamoatchilik nazorati yagona bir maqsadga — xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratiladi.
Muxtasar aytganda, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarga tomoshabin bo‘lmasligimiz, ularning ichida bo‘lib, daxldorlik bilan ishlashimiz, namuna ko‘rsatishimiz, kamarbasta bo‘lishimiz, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada jipsroq birlashishimiz lozim.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “O‘zbekistonda demokratik islohotlar muqarrar tus oldi va hech kim, hech qanday kuch bizni o‘z tanlagan yo‘limizdan qaytara olmaydi. Bu — bugungi hayot, bugungi zamon talabi. Bu – ko‘p millatli, bag‘rikeng, mehnatkash va olijanob xalqimizning xohish-istagi”. Shunday ekan, mamlakatimizda uzoqni ko‘zlab, yurtdoshlarimizning tub manfaati, ezgu orzu-intilishlarini ifoda etadigan adolatli siyosat yangi, yanada yuksak bosqichda davom etadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur Qonun davlat organlari hamda mansabdor shaxslari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, eng muhimi, bevosita fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etish mexanizmining yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Bu esa “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalda qaror topishini ta’minlaydi.
Demak, jamoatchilik nazorati demokratik boshqaruvning muhim tarkibiy qismidir. Bu davlat amaldorlarining jamoatchilik oldida hisobdorligini va davlat resurslaridan samarali va samarali foydalanilishini ta'minlaydi. Jamoatchilik nazorati mexanizmlari, shu jumladan saylovlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tinglovlari, auditorlik tekshiruvlari, iltimosnomalar va shikoyatlar fuqarolarni hukumatni javobgarlikka tortish va jamoat ishlarida ishtirok etish uchun vositalar bilan ta'minlaydi. Kuchli jamoatchilik nazorati mexanizmlari jamoat manfaatlariga xizmat qiladigan demokratik va hisobdor hukumatni yaratish uchun juda muhimdir.

Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling