Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Download 124.97 Kb.
bet1/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI



NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTET
MILLIY G’OYA VA HUQUQ KAFEDRASI

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISH METODIKASI (MA’NAVIYAT ASOSLARI) YO’NALISHI MAGISTRANTI


BOQIYEV TOXIRJON TOLIBJON O’G’LINING


XALQ BILAN MULOQOT MEXANIZMLARI VA TA’SIRCHAN JAMOATCHILIK NAZORATI
mavzusidagi

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI

Ilmiy rahbar: ‌‎Sotsiologiya bo’yicha falsafa doktori(PHD) Q.O.Mahkamov


Namangan-2023
XALQ BILAN MULOQOT MEXANIZMLARI VA TA’SIRCHAN JAMOATCHILIK NAZORATI
REJA:
KIRISH………………………………………………………………………………..
I BOB. XALQ BILAN MULOQOT MEXANIZMLARI VA TA’SIRCHAN JAMOATCHILIK NAZORATINING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI

    1. “Taraqqiyot strategiyasi” da xalq bilan muloqot mexanizmlarining yangi va samarali usullari

    2. Xalq bilan muloqot – islohotlar samaradorligining kafolati

II BOB. “XALQ QABULXONALARI” - INSON MANFAATLARINI DEMOKRATIK HIMOYA QILISH INSTITUTI
2.1. Taraqqiyotning yangi bosqichida demokratik boshqaruvdagi o‘zgarishlarning ijtimoiy mohiyati
2.2. “Xalq qabulxonalari”ning inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi o‘rni
III BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI - VAQT TALABI VA DEMOKRATIK TIZIM OMILIDIR

3.1 Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati

3.2 Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari


XULOSA…

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR......................................................

KIRISH

Dessertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Xalq bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlari yaratish, jamiyatning turli qatlamlarining fikrini o’rganish, fuqorolarning davlat boshqaruvidagi bevosita va bilvosita faol ishtirokini ta’minlash bugungi kun uchun g’oyat muhimdir. Zero, bugungi kunimiz kechagidan, ertamiz bugungi kunimizdan ko‘ra baxtli va farovon bo‘lishiga erishish pirovord maqsadlarimizdandir. Xalqimizning huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va bu bilan xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatidan ko‘zlangan maqsad va muddao ham shu, aslida. Bu kabi yuksak marralarga esa xalq bilan muloqot qilib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek xalq ichiga kirib, ularning dard-u tashvishlari bilan yashab, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyilini hayotga tatbiq etib, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin. Zero, “Bizni o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishning eng muhim sharti, eng asosiy zamini ham aslida xalqimizning ishonchidir”1.
Jahonda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar kishilik jamiyati oldiga yangidan-yangi muammolarni qo‘ymoqda. Bugun insoniyat, kishilik jamiyati o‘z rivojini demokratiya bilan bog‘layotganida, ijtimoiy taraqqiyotga eskicha tasavvurlar, avtokratik boshqaruv va xalq manfaatlariga zid g‘ayridemokratik chora-tadbirlar bilan erishib bo‘lmaydi. Davlat boshqaruvining adolat mezoniga tayanishi, davlat va xalq munosabatlarini tartibga solish, inson huquq va manfaatlarini ustivorligini taʼminlash, jamiyatning barcha sohalarida qonun ustuvorligiga erishish demokratiyaning mavjud bo‘lishi va demokratik taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir. Ijtimoiy tapaqqiyotning hozirgi bosqichi inson-jamiyat-davlat tizimida po‘y bepayotgan tpansfopmasion o‘zgapishlapdan kelib chiqib, jamiyat hayotidagi ijtimoiy muammolarni o‘rganish va tahlil qilish, fuqarolarda ijtimoiy faollikni oshirish zaruriyati demokratik institutlarning yangidan-yangi shakllarini vujudga kelishini taqozo qilmoqda.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida huquqiy-demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati va ochiq bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida, inson manfaatlarini samarali himoya qilish, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi demokratik institutlarni o‘rni va ahamiyatini tadqiq qilishga qiziqish kuchayib bormoqda. Jumladan, hozirgi kunda, Avstriya, Shvetsiya, Angliya, AQSH va Germaniya davlatlarida hamda World Values Survey, Legatum Institute, Yevropa ijtimoiy tadqiqotlari European Social Survey, BMT, YUNESKO, Yevropa Kengashi, YEXHT kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan inson manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotga, faoliyatimiz va rejalarimizga tanqidiy yondashish, xalq davlat organlariga emas davlat organlari xalqqa xizmat qilishi ezgu g‘oyasini amalga oshirish, xalq bilan muloqot tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, islohotlarda inson manfaatlari ustunligini taʼminlash, aholining, kishilarning real hayoti, qonuniy talablari va ehtiyojlarini qondirishda boshqaruv tizimi masʼuliyatini oshirish, davlat boshqaruv tizimida xalqqa xizmat qilishning deklarativ shaklidan amaliy shakliga o‘tish, jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlarini innovatsion izlanishlar bilan to‘ldirish, aholi ijtimoiy faolligini oshirishning yangicha texnologiyalarini hayotga joriy etish yangi O‘zbekiston demokratik taraqqiyotining muhim strategik vazifasiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taʼkidlaganidek «bizni o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishning eng muhim sharti, eng asosiy zamini ham aslida xalqimizning ишончидир»2. Respublikamizda Prezident virtual va xalq qabulxonalari ana shunday strategik maqsadlarni amalga oshirish hamda demokratik taraqqiyotning obʼektiv zaruriyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etildi. Uning aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgani va muommalarga duch kelayotgani, shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishni hamda yangi demokratik institut faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni va uning mantiqiy davoni sifatida 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 yil 4 maydagi PF-5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019 yil 17 yanvardagi PF-5633-son “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019 yil 19 fevraldagi PQ-4197-son “Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, 2019 yil 2 apreldagi PF-5700 “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalarida va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling