Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat


Download 124.97 Kb.
bet4/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta`sirchan jamoatchilik nazoratini yaratish, Prezident virtual va Xalq qabulxonalarining demokratik institutlar sifatida shakllanishi, ular aholining murojaatlarini, qonuniy talablarini qondirishi, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni amalda hal etishi borasida to‘plagan tajribalari institutsional va funksional jihatdan umumlashtirilgan;
Jamoatchilik nazoratlarining inson huquq va erkinliklarini taʼminlashga, mamlakatda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini qaror toptirishga, davlat idoralari va boshqaruv institutlari faoliyatini koordinatsiya qilishga qaratilgan tashkiliy-amaliy vazifalari hamda mazkur yo‘nalishlarda duch kelinayotgan muammolarni bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Xalq bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlari va Xalq qabulxonalari xodimlarining kasbiy malaka talablari aniqlandi va shu asosda Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda, mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar, xulosalar, taklif hamda tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiyada ilgari surilgan konseptual g‘oyalar milliy demokratik taraqqiyot, xalq hokimiyatchiligi va fuqarolik jamiyatiga oid ilmiy-nazariy qarashlarni yanada boyitadi. Ulardan “Ijtimoiy falsafa”, “Fuqarolik jamiyati”, “Inson huquqlari”, “Xalq hokimiyatchiligi: tarixi va nazariyasi”, “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi”, “Siyosatshunoslik”, “Sotsiologiya va ijtimoiy fikrni o‘rganish metodologiyasi” kabi sohalarga oid maʼruzalar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, videoroliklar tayyorlashda foydalanish mumkin. Ilmiy-nazariy xulosalar milliy demokratik taraqqiyotning immanent xususiyatlarini, o‘zbek xalqi mentaliteti va turmush tarzida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni obʼektiv baholash, o‘rganish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalaridan xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash va davlat idoralarining xalqqa xizmat qildirish tajribalarini umumlashtirish hamda targ‘ib etishga qaratilgan ommaviy, maʼrifiy tadbirlarda, Xalq qabulxonalari bilan xalq ommasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga mo‘ljallangan sayyor uchrashuvlar, muloqotlarda foydalanish mumkin.

Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling