Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Xalq bilan muloqot – islohotlar samaradorligining kafolati


Download 124.97 Kb.
bet7/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

1.2 Xalq bilan muloqot – islohotlar samaradorligining kafolati
Keyingi yillarda olib borilayotgan xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish siyosati orqali xalq bilan muloqot, erkin fuqarolik jamiyatini yaratishda fuqarolar fikr va mulohazalarini inobatga olish yanada mustahkamlab kelinmoqda. Bu boradagi amalga oshirilayot farmon loyihalari, jumladan Harakatlar strategiyasi va Taraqqiyot strategiyalari davlatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatining barpo etish borasida ulkan qadam bo‘ldi. Bugun mamlakatimizda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, huquqiy-demokratik jamiyatni shakllantirish jarayoni jadal olib borilmoqda.
Barchamizga ayonki, fuqaro, umuman insonlar uyi tinch, qorni to‘q va egni but bo‘lsa, qiladigan ishi bo‘lsagina xotirjam yashaydi. Hotirjam insongina g‘ayrat bilan ishlashi, o‘z kuchini Vatan taraqqiyoti yo‘lida sarflashi mumkin. Mana shu hayotiy haqiqatning hayotiyligini ta’minlash maqsadida, ya’ni, inson va fuqarolarning manfaatlari va qadriyatlarini yuqori ko‘tarish, shuningdek, xalq bilan muloqotga kirishish, uning dardu-tashvishi, o‘y-xayollari, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasini zamon talablariga mos, erkin fuqarolik jamiyati kafolati sifatida reforma qilish va unda keng jamoatchilik ommasining fikrlarini inobatga olish ilgari surilmoqda. Insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan islohotlar xalqimiz turmushining yanada yuksalishi, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlash, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida obro‘-e’tiborini yuksaltirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda yuksak samaralar bermoqda. Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, — bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, uning dardu-tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak. Mamlakatimiz Prezidentining yangidan qabul qilingan “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ana shu yo‘nalishdagi ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Farmonda keksalarni ijtimoiy himoyalash, sog‘lomlashtirish, ularning faolligini oshirish, jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan. Ushbu xayrli ish Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning: “Kimki kichiklarimizga rahm qilmasa, keksalarimizning haqqini, qadr-qimmatini bilmasa, u musulmon ummati emasdir”, degan hadisi shariflariga hamohangdir.
Davlatimizning bunday e’tibor va g‘amxo‘rligi xonadonimiz farishtalari bo‘lgan nuroniylarimiz kuchiga kuch, umrlariga umr qo‘shadi, ularga juda katta ruhiy madad bo‘ladi. Zero, qariyalarimiz xizmatini qilish, ularning duosini olish biz uchun oliy saodatdir. Bular hali ulkan ishlarning debochasi xolos. Muqaddas qadamjolarimiz va ulug‘ bobolarimizning hurmat va ehtiromlari bevosita O‘zbekistonning birinchi Prezidenti marhum I.Karimovning rahnamoliklarida o‘z o‘rniga qo‘yilgan edi. Ushbu xayrli va asrga tatigulik savobli ishning davomini saylangan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshlab berdilar. Adolat bilan ish yuritgan rahbarga ulkan ajr-mukofotlar va’da qilingan. Shuningdek, insonlarga manfaat yetkazishga harakat qilish ham dinimizda targ‘ib qilingan amallardan hisoblanadi. Bu haqda ko‘plab hadisi shariflarda xabar berilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim biror mo‘mindan dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh undan oxirat mashaqqatlaridan birini aritadi. Banda, modomiki, do‘stiga yordam berish (yo‘li)da bo‘lar ekan, Alloh uning madadkori bo‘ladi”, – dedilar” (Imom Termiziy rivoyat qilgan). Partiya faoliyatida xalq bilan muloqot, inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash, fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish, deputatlik guruhlari faolligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga asos solingani hayotimizda adolat tamoyillari yanada mustahkam qaror topishi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda yuksak samaralar bermoqda. Shundan kelib chiqib, joylarda partiya tashkilotlari tomonidan odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tizimli o‘rganib borish, deputatlik birlashmalari orqali mahalliy Kengashlar doimiy komissiya va sessiyalarida muhokama etib, tegishli qarorlar qabul qilish, ularga yechim topish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar xalq vakillarining joylardagi muammolarni o‘rganishi, odamlar bilan yanada yaqindan muloqot qilishida muhim ahamiyatga ega.
Xalq bilan muloqot mexanizmlari va ta'sirchan jamoatchilik nazorati mamlakatimiz siyostida muhim hisoblanadi va ana shu maqsadni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi.
2017-yil 12-dekabrda Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va ushbu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu ham, albatta, aholiga barcha sohalarda qulay imkoniyatlar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Ilgari “Yagona darcha” tizimi faqatgina tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, endilikda oddiy fuqarolarga ham ushbu tizim orqali murojatlariga yechim topib kelinmoqda.
Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», «Xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak». Prezident Shavkat Mirziyoyevning el-yurtimiz qalbi va ongidan chuqur joy olgan bu so‘zlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning g‘oyaviy o‘zagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilish yo‘lidagi zalvorli ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh g‘oyalar asosida olib borilib, tobora yangi ma’no va mazmun bilan boyib bormoqda. Bunday tarixiy o‘zgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solingani, xalqaro miqyosda noyob tuzilma sifatida keng e’tirof etilayotgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari instituti yaratilgani shubhasiz markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.
O‘tgan davrda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari yordamida 2 million 500 mingdan ziyod kishi o‘zini qiynab kelayotgan muammolarga yechim, o‘ylantirayotgan savollarga javob topgani ularning xalqimiz mushkulini oson, og‘irini yengil qilish, jamiyatimizda adolat tamoyillarini mustahkam qaror toptirishda amaliy ahamiyati naqadar yuqori bo‘layotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Soha borki, islohotning shamolidan bahramand bo‘ldi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, ma’rifiy, huquqiy sohalarida bir yo‘la islohotlar amalga oshirildi. Darvoqe, izchillik bilan olib borilgan Taraqqiyot uzoqqa tatiydi.
Belgilangan besh yillikda O‘zbekiston o‘zgarishlar, yangilanishlar, yuksalishlar davriga kirdi. O‘z tarixining eng mas’uliyatli va sharafli pallasini boshdan kechirdi. Jahonga bag‘rini ochgan mamlakatimizda ochiqlik siyosatining yo‘lga qo‘yilishi bilan davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o‘zgarish bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Oldingidek eski, samarasiz ish uslubidan voz kechib, boshqaruvning demokratik va bozor munosabatlariga asoslangan shakllarini joriy qilishga kirishildi.
Obodlik avvalo qalbdan boshlanadi. Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilganligi ko‘plab muammolarning yechimiga sabab bo‘ldi. Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, xalqning dardi, o‘y-fikrlari, kayfiyati bilan bevosita qiziqish natijasida rahbarlarning fuqarolar oldida mas’uliyati yana bir karra oshdi. Ushbu holat xalqning yuragida orzu-umidlar uyg‘onishi omili sifatida kelajakka optimistik ruhda qarashga chorladi.
Davlatchilik tarixidan ma’lumki, barcha mamlakatlar yangi bosqichga qadam qo‘yar ekan, qiyinchiliklar, mashaqqatlar evaziga natijaga erishgan. Jipslashib harakat qilgan, izlangan, o‘z ishiga mas’uliyatli xalqlargina hayotini, jamiyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbekiston oldida ham uzoq va mashaqqatli yo‘l bor edi. Besh yillik boshidanoq maqsadlar ulkan, vazifalar keng ko‘lamli edi, o‘tgan davr mobaynida ularning natijasi o‘laroq jiddiy dasturlar, loyihalar amalga oshirildi. Jahonga mos tarzda rivojlanayotgan O‘zbekistonda elektron hukumatning yangi shakllarini jadal sur’atlarda shakllantirildi. Fuqarolar ma’lumotlarni tezkorlik bilan qabul qilib, barcha sohalarda elektron tizimdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tashqi siyosatda ham Markaziy Osiyo doirasida qo‘shnichilik aloqalari mustahkamlandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan qo‘shnichilik munosabatlar yangi bosqichga chiqdi.
Tanqid – kelajak mevasi. Qayerdaki yo‘l qo‘yilgan xatolarga ko‘z yummasdan, tanqidiy yondashilsa, muammo yechimlari tavsiya etilsa, o‘sha joyda yuksalish bo‘ladi. O‘tgan davr mobaynida barcha sohaga yeng shimarib, bosh-qosh bo‘lgan prezidentimizning har bir xitoblari, kuyinishlari, jonkuyarliklari zamirida xalqni rozi qilish, amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlarni fuqarolar o‘z tanida, hayotida his qilishiga qaratildi.
Shu ma’noda pul-valyuta siyosatini yuritish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirishga alohida e’tibor berildi.
Har yili sayyohlar o‘zbek xalqining tarixi, buguni, madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlaridan bahramand bo‘lish uchun diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Azaldan yirik ilmiy markazlardan biri bo‘lgan O‘zbekistonda ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari jadal rivojlandi.
Yangiliklar ko‘pligi, maqtanishga arzigulik rivojlanish mobaynida ilmiy jurnalistika sohasi ham sezilarli yuksaldi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev boshchiligida islohotlar, muammo va kamchiliklar haqida ochiq gapiriladigan bo‘ldi. Xalq orasida “To‘rtinchi hokimiyat” nomini olgan Ommaviy axborot vositalariga ham keng e’tibor berilishi munosabati bilan aholi orasida huquqiy savodxonlik bir qadar oshdi. Bu esa jamoaviy fikrni o‘rtaga chiqardi, yoshlarimizning ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘z fikriga ega, keng mushohadali yoshlar safi ortdi. Ular odamlarni qiynayotgan dolzarb muammolarni aniqlab, aholining ijtimoiy kayfiyati va islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlashga hissa qo‘shishdi.
Aholining yarmidan ko‘pi yoshlardan iborat bo‘lgan O‘zbekistonda yoshlarga e’tibor siyosat darajasiga ko‘tarildi. Sh.M. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekani fikrimizning isbotidir. Yurtimizda so‘nggi besh yillikda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilib, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi. Viloyatlarda yangi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etildi. Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy ta’lim shakllari tiklandi. 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.
O’n yil ilgari 30 milliondan oshiq aholiga ega bo‘lgan, o‘tgan davrda ko‘plab muammolar to‘planib qolgan mamlakatning buguni va ertasiga ishonch uyg‘otish oson vazifa emas edi. Ammo qisqa muddatda puxta o‘ylangan vazifalar, tasdiqlangan qonun, farmon, qaror, farmoyishlar davlat rahbarimizning salohiyat bilan olib borayotgan siyosatlari natijasidir.
Bugungi kunda O‘zbekiston davlat rahbaridan boshlab, fuqaroga qadar doimiy izlanishda bo‘lgan, o‘qib-o‘rganib, hayotiy pozitsiyasini mustahkamlashga harakat qilayotgan uyg‘oq jamiyatga aylandi. Qisqa qilib aytganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini bezovchi, har bir fuqaro ishtiroki bilan bunyod etilayotgan bugungi damlar kelgusidagi muvaffaqiyatlarning tamal toshidir.



Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling