Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 124.97 Kb.
bet5/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat boshqaruvdagi demokratik o‘zgarishlarning mohiyati(faoliyatga tanqidiy yondashuv, ochiqlik, inson manfaatlarining ustunligi, xalqni rozi qilish, odil sudlov)ga oid xulosalardan “O‘zbekiston 24” teleradiokanalida tahliliy materiallar, ko‘rsatuvlar tayyorlashda xususan, “Ommaviy va sayyor qabullar”dan lavhalar, “Studiya 24”, “Maxsus reportaj”, va “Xalq bilan muloqot” turkumidagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 16 noyabrdagi 01-09-1228-son maʼlumotnomaci). Ilgari surilgan taklif va tavsiyalar aholining huquqiy, siyosiy savodxonligi yuksalishiga va ularni ijtimoiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanishiga xizmat qilgan.
ta`sirchan jamoatchilik nazorati mohiyatan davlat va xalq o‘rtasida samarali muloqotni tashkil etuvchi, xalqning davlatga ishonchini mustahkamlovchi va aholining ijtimoiy faolligini oshirish orqali ularni ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisiga aylanishini taʼminlovchi demokratik institut sifatida shakllanganligiga oid xulosalaridan, 2018 yilda chop etilgan “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlanishida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4242-son maʼlumotnomaci). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yuzasidan berilgan nazariy xulosalar, amaliy takliflar talaba-yoshlarni mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida tashkil etilgan xalq qabulxonalari, uning faoliyat yo‘nalishlari, strategik ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.
mamlakatimizda biznes, tadbirkorlik va ishbilarmonlikning rivojlanishiga g‘ov bo‘lib kelayotgan sunʼiy to‘siqlarni (hujjatbozlik, sansalorchilik, tanish bilishchilik, byurokratiya, korrupsiya) bartaraf etishda ta`sirchan jamoatchilik nazorati, virtual va xalq qabulxonalari faoliyatining muhimligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining Ustav va maqsadlarida eʼlon qilingan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini bosqichma-bosqich amalga oshirish, fuqarolik jamiyatining turli xil institutlarini shakllantirish va taraqqiy ettirish, davlat xokimiyati va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimini mustahkamlash hamda rivojlantirishga qatʼiy hakarat qilish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2019 yil 26 dekabrdagi 01-27/1005-son maʼlumotnomasi). Bu mamlakatimizda ishbilarmonlik va tadbirkorlik yanada rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini qaror toptirish va aholining barcha qatlamlarida tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilgan.
Jamoatchilik nazorati, Xalq qabulxonalari xodimlarini kompetentligini aniqlashda professiogrammadan (intellektual salohiyat, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, boshqarish sanʼati, tashkilotchilik qobiliyati, kasbiy psixologiya,) foydalanish ular faoliyatini takomillashtirish omili ekanligiga oid amaliy tavsiyalardan “Menga bari bir emas!” mavzusidagi qo‘llanmani tayyorlashda va PZ-20170930369 shriftli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot hurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” grant loyihasini bajarishda keng foydalanildi. (Respublikasi maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2019 yil 21 noyabrdagi 02/10-1553-son maʼlumotnomasi). Bu davlat idoralari va boshqaruv institutlarini o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, ta`sirchan jamoatchilik nazorati, xalq qabulxonalari va aholi munosabatlarida o‘ziga xos maʼnaviy muloqot elementlarini takomillashuviga xizmat qilgan.

Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling