Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 124.97 Kb.
bet6/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida maʼruza ko‘rinishida bayon etilgan hamda aprobatsiyadan o‘tgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa va “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”dan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 139 betni tashkil etadi.


I BOB. XALQ BILAN MULOQOT MEXANIZMLARI VA TA’SIRCHAN JAMOATCHILIK NAZORATINING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, — bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, uning dardu-tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga asos solingani hayotimizda adolat tamoyillari yanada mustahkam qaror topishi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda yuksak samaralar bermoqda. Shundan kelib chiqib, joylarda partiya tashkilotlari tomonidan odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tizimli o‘rganib borish, deputatlik birlashmalari orqali mahalliy Kengashlar doimiy komissiya va sessiyalarida muhokama etib, tegishli qarorlar qabul qilish, ularga yechim topish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar xalq vakillarining joylardagi muammolarni o‘rganishi, odamlar bilan yanada yaqindan muloqot qilishida muhim ahamiyatga ega.

    1. Taraqqiyot strategiyasi” da xalq bilan muloqot mexanizmlarining yangi va samarali usullari

XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o’zaro bog’liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko’plab tushunchalarda ifodalanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi PF 60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilovchi 100 maqsadni o’z ichiga olgan o’ta muhim hujjat bo‘ldi. Mamlakatimizda tarixan juda qisqa muddatda mazmunan asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Milliy davlatchilik va suverenitetimizning huquqiy asoslari yaratildi va mustahkamlandi. Chegaralarimiz xavfsizligi ta’minlandi. Bu jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratdi.
Shu bilan birga, bugun shiddatkor davr davlat va jamiyat tizimini yanada takomillashtirish, barcha rahbarlarning mas’uliyatini oshirish, hokimiyat organlari bilan xalqning yaqinligini ta’minlashni taqozo etmoqda. Binobarin, jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobatning tobora kuchayib borayotgani ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish zaruratini keltirib chiqardi. Huquq va erkinliklarimiz kafolati bo‘lgan Bosh qomusimiz bo’lgan Konstitutsiyamizda ham bu masalalar o’z ifodasini topgan. Unda inson sha’ni, qadr-qimmati – eng oliy qadriyat, inson omili bosh masala ekani qonun yo‘li bilan kafolatlangan. Taraqqiyot strategiyasi maqsadlarining har biri bo‘yicha belgilangan vazifalar, chora-tadbirlarda ham bu yaqqol o‘z ifodasini topgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joylarda ish boshlagan Xalq qabulxonalari inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashning tayanch nuqtasi, hokimiyat organlari va xalq o‘rtasida ishonch ko‘prigi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu maskanlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqaradigan, ularning manfaatlarini ustuvor etadigan izchil mexanizmga asos soldi. Unda murojaat bilan keluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar – ishchanlik muhiti, murojaat qiluvchilarga bo‘lgan munosabat ham butunlay o‘zgacha, to‘la-to‘kis qonun talablari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Xalq qabulxonasida murojaat bilan kelgan kishi o‘zini faol mavqeda his qiladi. Arzini emin-erkin bayon etadi. Bu shunchaki muloqotdan iborat bo‘lib qolmaydi, balki uning murojaati rasman ro‘yxatga olinadi. So‘roviga javob beriladigan muddatlar haqida ma’lumot taqdim etiladi. Har bir murojaat, ularni tahlil etish, xolisona o‘rganish va yechim topish ishlari ustidan qat’iy monitoring, nazorat olib boriladi.
Mamlakatimiz yetakchisi barcha davlat organlarini xalq bilan muloqot qilish va maslahatlashishga, fuqarolarning fikr-mulohazalarini inobatga olishga hamda ijtimoiy yakdillikka erishishga safarbar etib, jamiyat bilan muloqotining shunday shaklini yoʻlga qoʻydi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda shunday noyob tizim yaratildiki, Prezidentimiz Murojaatnomalarida ham uning mazmuni barchamiz uchun davlat rahbarining mavjud muammolarga nisbatan nuqtayi nazarlari yigʻindisi emas, balki jamiyatimizdagi barcha dolzarb masalalar va muammolarni qamrab olgan, shu bilan birga, davlat va jamiyatni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan keng koʻlamli vazifalar belgilab berilgan yaxlit dasturiy hujjatga aylandi. Biz aynan Prezidentimiz Murojaatnomalari orqali jamiyatimizni jipslashtirishga, jamoatchilikning, fuqarolarning va manfaatlar guruhlarining xohish-istaklarini eng yuqori darajada hisobga olishga erishish yoʻlidagi muhim qadamlarni tashlashga muvaffaq boʻldik.
Prezidentimiz tomonidan parlamentga yoʻllangan toʻrtala Murojaatnomaning oʻziga xos muhim jihati, hech shubhasiz, insonparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligidadir.
Chunki Prezidentimiz bu Murojaatnomalarda taraqqiyotimizning muhim global vazifalarini bayon etar ekan, oddiy fuqarolarning xohish-istaklari va manfaatlarini bir zum boʻlsa ham yodidan chiqarmaydi. Ularda ilgari surilgan barcha tashabbuslar faqat va faqat xalq farovonligi haqida qaygʻurish, mamlakatimiz fuqarolarining xavfsiz hayoti asoslarini taʼminlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini toʻlaqonli amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish ruhi bilan hamohang boʻldi.
Prezidentning parlamentga Murojaatnoma yoʻllash instituti joriy etilganligi davlatimiz rahbarining demokratik davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga, xalqning davlat instituti bilan ochiq muloqoti uchun amaliy muhitni shakllantirishga boʻlgan intilishining yorqin ifodasiga aylandi.
Davlatimiz rahbari siyosiy yoʻlining asosiy qoidalari hozirgi zamonaviy siyosatda shakllanib borayotgan yangi va haqiqiy (amaliy) insonparvarlik mafkurasining tarkibiy qismidir, deb ishonch bilan aytish mumkin. Oʻzbekiston Prezidentining yangi gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgan insonparvarlik siyosati asosini xalqimizning tub manfaatlari tashkil etadi hamda bu siyosat bevosita shu manfaatlarni himoya qilishga va ularni ilgari surishga qaratilgan. Bu yoʻlning muhim yoʻnalishlaridan biri shaxsni har tomonlama kamol toptirishni taʼminlash, yuksak maʼnaviy-axloqiy insonparvarlik tamoyillari va adolat prinsiplari asosida jamiyatni boshqarishning yangi huquqiy mexanizmlarini shakllantirish maqsadida mamlakatda yangicha bunyodkorlik muhitini rivojlantirishdan iboratdir.
Xalqaro maydondagi boshqa siyosiy yetakchilar orasidan aynan ­Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Uchinchi Renessansni O‘zbekistonda barcha jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar yanada jadal tus olmoqda. Ko‘zlangan marralar esa aniq.
Aytish kerakki, Taraqqiyot strategiyasi Taraqqiyot strategiyasining mantiqiy davomi sifatida xalq bilan muloqoti masalalari, xalqning fikrlari, aholi talablari o’rganishni izchil davom ettirishni, xalq bilan muloqot mexanizmlari va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni yanada takomillashtirishni ko’zda tutib ishlab chiqilgan. Qolaversa, pishiq-puxta bo‘lishi uchun keng jamoatchilik, mutaxassislar ishtirokida, internet imkoniyatlaridan unumli foydalanilgan holda, uning muhokamasi o‘tkazildi. Chet ellik mutaxassislar ham ushbu jarayonda faol qatnashdi. Shu yo‘sinda mingdan ortiq taklif va tavsiyalar bildirildi. Bu Taraqqiyot strategiyasi loyihasi muhim demokratik qadriyat bo‘lgan umumxalq muhokamasidan o‘tganligini bildiradi. Zero, mazkur hujjatda ifodalangan chora-tadbirlar, o‘zgarishu yangilanishlar xalqning irodasi, orzu-istaklari hamda manfaatlarining in’ikosidir. Binobarin, Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilganidek, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. U xalqimiz tomonidan iliq kutib olinganligi va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotganining asosiy sababi ham shunda. Garchi, Taraqqiyot strategiyasi qonun, deb atalmasa-da, yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatdir.
Unda belgilangan tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar zamirida islohotlarni yanada chuqurlashtirish asosida xalq farovonligini oshirish, davlat hamda jamiyat salohiyatini bugungi globallashuv jarayoni va jahon bozori kon’yunkturasi talablariga mos ravishda yuksaltirish maqsadlari mujassam. Bunga erishish uchun Strategiyada davlat hamda jamiyatga taalluqli yaqin besh yillik rivojlanish tamoyillari belgilangan. Ular orasida davlat va jamiyatni doimiy ravishda modernizatsiya qilib borish, ichki hamda tashqi raqobatdoshlik tizimini kuchaytirish, davlat boshqaruvini jamiyat funktsiyalari foydasiga liberallashtirish, davlat organlarining xalq bilan muloqot faoliyatini kuchaytirish, inson huquqlari va erkinliklari bilan birga, qonuniy manfaatlarini ham ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda boshqa tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Taraqqiyot strategiyasi davrimizning asosiy dasturilamali bo‘lgani uchun ijrosi har qanday normativ-huquqiy hujjat kabi umummajburiy hisoblanadi. To‘g‘ri, unda fuqarolarga taalluqli majburiyat va vazifalar aniq ifodalanmagan. Asosan, davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlariga vazifalar yuklatilgan.
Strategiya Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy maqomga ega amaldagi milliy dasturlardan jiddiy farq qiladi. Avvalambor, milliy dasturlar umumxalq muhokamasisiz qabul qilingan, faqat biror-bir sohani rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Taraqqiyot strategiyasini ijro etish birgina qonun chiqaruvchi organga emas, balki davlat hokimiyatining barcha tarmog‘iga vazifalar yuklaydi. Albatta, unda huquqiy davlatning asosiy printsiplaridan biri — qonun ustuvorligi, ya’ni yangi qonunlarni qabul qilish hamda qonunlarga asoslanib ish ko‘rishga yanada katta e’tibor qaratilib, unga rioya etish bosh masala sifatida belgilangan.
Taraqqiyot strategiyasi quruq g‘oyalar va ko‘rsatmalardan iborat bo‘lmay, aniq ijro mexanizmlarini o‘zida qamrab olgan, amaliy chora-tadbirlarni aks ettirgan huquqiy dasturilamaldir.Unda belgilangan tadbirlarni amalda bajarish uchun nimalar qilish kerakligi, masalan, maxsus qonun qabul qilinishi yoki davlat dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlanishi yoxud qurish, qayta jihozlash hamda yaratish ishlari olib borilishi va hokazolar aniq belgilangan.
Taraqqiyot strategiyasining yuridik mohiyati hamda ahamiyati to‘g‘risida gapirar ekanmiz, uning diqqatga sazovor yana bir jihati yaqin besh yillikka mo‘ljallanganidir. Ma’lumki, xorij davlatlarida 10 yil, 20 yil va hatto, undan ham ko‘p davrga mo‘ljallangan strategik hujjatlar ishlab chiqish amaliyoti uchrab turadi. Biroq chet el tajribasida bunday hujjatlarni davlat boshlig‘ining vakolat muddatiga mo‘ljallab qabul qilish keng tarqalgan hamda bu mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi. Chunki dunyo shitob bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda uzoq istiqbol uchun maqsad qo‘yish juda mushkul.
Xo‘sh, davlat va jamiyat ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy-madaniy sohalarda shu qadar ulkan marralarni ko‘zlagan ekan, bunda biz, fuqarolarning vazifa hamda mas’uliyatimiz nimalardan iborat bo‘lishi kerak? Bular, avvalambor, yangicha ishlash hamda yangicha yashashda aks etishi lozim. Ishbilarmonlik va tadbirkorlik kabi fazilatlar namoyandalari bo‘lishimiz darkor. Binobarin, Taraqqiyot strategiyasi yuksak taraqqiyotga erishishning huquqiy kafolati, desak, mutlaqo yanglishmaymiz. Taraqqiyot strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi davlat va jamiyat rivojlanishida, tom ma'noda yangi O'zbekiston bunyod etilishida beshta tayanch ustun vazifasini o'tamoqda. Еrkinlik va farovonlik g'oyasi xalqni birlashtiradi, ezgu maqsadlarga da'vat etadi.
Aytish kerakki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Odamlar kelajakda emas, bugun baxtli yashashi kerak” degan g'oya ham ushbu ezgu tashabbusni amalda ro'yobga chiqarish borasida kechayotgan ulkan islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarishda muhim asos bo'lmoqda.
Davlatimiz rahbarining qat'iy siyosiy irodasi bilan mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo'lidan dadil ildamlab borayotir. Prezidentimiz tashabbusi asosida xalq bilan bamaslahat ishlab chiqilgan Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi ham xalqimizni tom ma'noda baxtli qilishdan iborat ekanini alohida ta'kidlash lozim.
O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi asosida davlat va jamiyatda kechayotgan kuchli modernizatsiya jarayoni barcha sohada yuksalish to'lqinini yuzaga keltirdi. Bu dunyo hamjamiyatining ham keng e'tirofiga sazovor bo'layotgani xalqimizni yanada ruhlantirib, barchamizni yangi marralar, ulkan maqsadlar sari undamoqda.
Muhimi shundaki, bugungi hayotimizdagi tarixiy o'zgarishlardan, eng avvalo, xalqimiz bahramand bo'lmoqda. Odamlarning hayoti va kundalik turmush sharoiti yaxshilanib, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanib bormoqda. O'z vaqtida “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o'rganish markazining tegishli so'rovnomasida ishtirokchilarning 83,5 foizi, ya'ni aksariyati Taraqqiyot strategiyasini o'z vaqtida qabul qilingan hujjat, deb hisoblashini bildirgan edi.
Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsad va yo'nalishlari davlat va jamiyat rivojlanishida, tom ma'noda yangi O'zbekiston bunyod etilishini davom ettirishda tayanch ustun vazifasini o'tamoqda. Oxirgi yillarda ana shu muhim tayanchlarni mustahkamlash bo'yicha ulkan, strategik islohotlar amalga oshirilmoqda.
Birinchidan, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo'nalishidagi tub o'zgarishlarni xalqimiz o'z hayotida sezmoqda.
Ikkinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash yuzasidan katta yutuqlarga erishildi.
Uchinchidan, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, fuqarolarning iqtisodiy faol bo'lishga intilishini izchil qo'llab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi vazifalar ijrosi amaliy natijalarda ko'rinmoqda.
To'rtinchidan, ijtimoiy sohani rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha aholi bandligi va real daromadlarini uzluksiz oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, arzon uy-joylar barpo etish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, san'at va sport sohalarini zamon talabi darajasida yuksaltirish uchun katta resurslar yo'naltirilmoqda.
Beshinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik ta'minlanmoqda, o'zaro manfaatli tashqi siyosat yuritilmoqda, ahil qo'shnichilik muhiti yuzaga kelib, shaxs erkinligiga intilish bo'yicha O'zbekistonning xalqaro nufuzi mustahkamlanmoqda.
Shu o'rinda strategiyaga muvofiq birgina ijtimoiy sohani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlardan ayrim misollarni keltirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Parlamentda uzoq muhokamalardan so'ng qabul qilingan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonun ijtimoiy sohaning alohida muhim yo'nalishini yangi darajaga ko'tarib, tizimlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu qonun ijtimoiy himoyaga muhtoj 700 ming nafardan ortiq yurtdoshimizning huquqi va manfaatlari himoyalanishiga xizmat qiladi. 2020 yilda qabul qilingan yana bir muhim hujjat “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonundir. Mazkur qonunda bugungi mehnat bozori talablari hisobga olingan, yangi tushuncha va me'yorlar kiritilgan, fuqaro hamda xodimlarga ko'plab imkoniyatlar, ish beruvchiga esa imtiyozlar yaratilgan, to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi me'yorlar aks etgan. Bundan tashqari, joriy yilda “Ta'lim to'g'risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi. Oila va Mehnat kodekslari, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga aholining alohida zaif qatlamlarining ijtimoiy himoyasi darajasini oshirish bilan bog'liq o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, partiyamiz elektorati manfaatlarini ta'minlash bo'yicha amaliy jihatdan ham tizimli ishlar hayotga tatbiq etilmoqda. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq murakkab vaziyat mazkur yo'nalishdagi ishlar ahamiyatini yanada oshirdi. Bu yil ijtimoiy nafaqa bilan ta'minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar ko'paydi. Yil yakuniga qadar ularning soni 774 mingdan 1 million 200 ming nafarga etkazilishi belgilandi. Ijtimoiy himoya bo'yicha yagona reestr tizimi bosqichma-bosqich yo'lga qo'yilmoqda. Muhofazaga muhtoj qatlam bilan manzilli ishlash maqsadida “temir daftar”, ayollar va yoshlar uchun alohida-alohida daftarlar yuritilib, ularga manzilli yordam ko'rsatish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Yurtimizda demokratik islohotlar mazmun va ahamiyatiga ko'ra butunlay yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Ko'ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, so'z erkinligi tamoyillari ta'minlanmoqda. Parlamentning, siyosiy partiyalarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun saylovoldi dasturida belgilangan g'oyalarni ilgari surish, elektorat manfaatlari nuqtai nazaridan qonunchilikni takomillashtirish, dasturiy ustuvor yo'nalishlari bo'yicha hukumat, mutasaddi tashkilotlar oldiga masalalar qo'yish borasidagi huquqlari amalga oshmoqda.
“Yаngi O'zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida 2019 yilda parlamentning quyi palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo'lib o'tgan saylovdan keyin vakillik hokimiyati imkoniyatlari, vakolatlari kengaydi. Qonunchilikka juda muhim o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Bu yil ilk marta butun hukumat tarkibi, barcha vazirlik va respublika idoralari rahbarligiga nomzodlar parlament tasdig'idan o'tishi bo'yicha amaliyot joriy etildi. Deputatlar, siyosiy partiyalar fraktsiyalari strategik yo'nalish va vazifalar bo'yicha nomzodlarning pozitsiyasi, fikr-mulohazalarini bilish imkoniyatiga ega bo'ldi, o'z savollariga javob olib, takliflarini ham bildirdi. O'ylaymizki, bu amaliyot hali rivojlanishda davom etadi.
Prezidentimiz deputatlar, xalq vakillari bilan bamaslahatlashib ish tutish, ularning takliflarini tinglab, qo'llab-quvvatlash bo'yicha respublika va mahalliy darajadagi rahbarlarga alohida ibrat ko'rsatmoqda. Bu mahalliy kengashlar faoliyatiga ilg'or demokratik tamoyillar joriy etilishi, deputatlar orqali mahalliy hokimliklar va o'sha hududlardagi aholi o'rtasida amaliy muloqot, qayta aloqa muhiti yuzaga kelishida dolzarb ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidlash joiz. Bularning barchasi “davlat xalq uchun xizmat qilishi shart” degan strategik vazifa ro'yobga chiqishiga asos bo'ladi. Qayd etish lozimki, 2020 yil murakkab sinovlarni yengib o'tish bilan birga O'zbekiston davlatchiligiga ilg'or demokratik tajriba, tartib-taomillarni joriy etish yili ham bo'lib tarixda qolmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat o’laroq ilgari surilgan “Yаngi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g'oyasi jamiyatning barcha qatlamlari o'rtasida hamjihatlik, xayrixohlik muhitini kuchaytirmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, xalq bilan muloqot mexanizmlari va ta'sirchan jamoatchilik nazorati borasidagi muhim islohotlar, mamlakatdagi xalqchil davlat boshqaruvini takomillashtirishdagi izchil siyosat o’z samarasi ko’rsatib kelmoqda.

Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling