Namangan davlat chet tillari instituti jahon tillari fakulteti


Download 247.07 Kb.
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi247.07 Kb.
#1738269
  1   2   3
Bog'liq
mustaqil ta\'lim Um.Psixologiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
IS’HOQXON IBRAT NOMIDAGI
NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI
JAHON TILLARI FAKULTETI

TASDIQLAYMAN”
O‘quv uslubiy boshqarmaning boshlig‘i: __________U.Soliyev
“_____” ____________2023-yil



SHARQ TILLARI, GUMANITAR FANLAR VA JISMONIY TARBIYA KAFEDRASI
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM
dasturi
(1-kurs)


Fan kodi

Umpsix108

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Ta’lim yo‘nalishi:

60111800

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Semestr:




1-2

Kreditlar soni:




8



Mashg`ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1-semestr

2-semestr

Nazariy ( ma’ruza)

60

30

30

Seminar

60

30

30

Mustaqil ta’lim

180

90

90

Jami auditoriya soatlari

120

60

60

Umumiy o‘quv soatlari

300

90

90



Namangan - 2023

Fanning mustaqil ta’lim dasturi Namangan davlat chet tillari institutining 2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy psixologiya” fani dasturi asosida ishlab chiqildi.



Tuzuvchilar: S.Xolmatova – Namangan davlat chet tillari instituti, sharq tillari, gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta oʻqituvchisi.

Taqrizchilar:
Z.B.Kurbanova - Namangan Davlat universiteti Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Z.Rahmatullayeva- Namangan Davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Fanning mustaqil ta’lim dasturi Namangan davlat chet tillari instituti Jahon tillari fakulteti sharq tillari, gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasining 2023-yil 28-avgustdagi 1- sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
KIRISH
Talaba muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; tillarning tasnifi bilan tanish bo‘lishi, muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirishi, o‘z nuqtayi nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy masalalarni yechishda foydalana olishi kerak.

Talabalar mustaqil ishi uchun belgilangan vaqt byudjetiga binoan kafedralarda barcha predmetlardan tashkiliy shakllar, mustaqil ish variantlari va mustaqil bajarish topshiriqlari ishlab chiqiladi, ular fakultetning ilmiy – metodik kengashida hamda kafedra yig‘ilishlarida tasdiqlanadi.


Talabalar mustaqil ishi pedagogik ta’minlanishni mavzulari va shakllari ro‘yhatini tuzish uchun har birini maqsad va vazifalarini ifodalab berish, yo‘riqnoma yoki metodik yo‘llanmalar ishlab chiqish va ilmiy adabiyotlarni tanlash deganidir.
Fan bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etish uchun avvalambor quyidagi mustaqil ish bajarish turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim:



- Mustaqil ishlarning asosiy ko‘rinishlaridan biri mashqlar bajarishdir. Mashqlar dastur asosida tuzilishi, juda oson yoki haddan tashqari qiyin bo‘lmasligi lozim.
Mashqlar - ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan hatti-harakatlarni ko‘p marta takrorlashdir. Mashqlarga asosan quyidagi talablar qo‘yiladi: mashqlarni talabalar ongli va maqsadga muvofiq yo‘sinda bajarishlari; fanni o‘qitish metodikasiga asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz bo‘lishi va takrorlanishi; talabalarning mustaqil ishlashi muntazam rivojlanib borishi kerak.



- Kitoblar va o‘quv adabiyotlari bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish mustaqil ta’lim olishning asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. O‘quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta’lim oluvchilar yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim. O‘quv adabiyotlari deganda, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, texnik adabiyotlar, ma’lumotlar, yo‘riqnomalar va h.k. tushunish mumkin.



- Nazorat ishlariga tayyorlanish jarayoni ham mustaqil ta’limning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim olish davrida imtihonlar va nazorat ishlari topshirish talabalardan katta javobgarlik talab qiladi. Imtihonlarda va nazorat ishlarida talabalar o‘quv rejasini qanday darajada o‘zlashtirganliklari haqida hisobot beradilar. Talabalarning nazoratlarga o‘z xohishi asosida mukammal tayyorlanishi a’lo baho olishining garovidir. Talaba har bir darsga o‘z vaqtida va yaxshi tayyorlansa ham u nazorat ishlaridan oldin baribir qayta tayyorlanishi kerak, ya’ni materialni qayta o‘qishi, umumlashtirishi va tizimlashtirishi lozim.

- Talabalarning bilimini tekshirish ya’ni aniqlash, yangi materialni mustahkamlash vaqtida, o‘tilgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish va uy topshiriqlarini bajarishlari jarayonida talabalarning bilimlari tekshiriladi va unga ball qo‘yiladi.

- Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonida ta’lim berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. Ta’limning asosiy shakli esa ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza tayyorlash ancha murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ish. Bo‘lajak bakalavr o‘qituvchilar «Maktabgacha ta’limda mutaxassislikka kirish» fanida, pedagogik amaliyot jarayonida ma’ruza tayyorlashlariga to‘g‘ri keladi.

- Masofaviy ta’lim tizimi an`anaviy ta’lim tizimini amalga oshirishda muammolarga duch kelingan yoki shart – sharoit ushbu jarayonni taqozo qilganda qo‘llaniladi. Bu jarayon ma’lum muhitda ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy texnoloniyalardan yetarlicha foydalanishga zamin yaratadi.
Masofaviy ta’limning asosini mustaqil ta’lim tashkil qilganligi uchun ham talabalarda ijodiy tafakkur rivojlanib boradi. Masofaviy ta’limda o‘quv jarayonining muddati qat`iy belgilanmaydi. Nazorat ishlarini bajarish va javob yo‘llashni talaba o‘zi mustaqil, o‘ziga qulay vaqtda bajaradi. Ushbu masofaviy ta’lim samaradorligini oishirishga xizmat qiladi. Masofaviy ta’limni tashkiliy – metodik modellarini quyidagi asosda tashviq qilish mumkin:

  • Korrespondentlik ta’limi;

  • Keys texnologiyasi;

  • Radio – televizion ta’lim;

  • Tarmoqli o‘qitish;

  • Mobil texnologiyasi va h.

Mavzu bo‘yicha referat tayyorlash uchun quyidagilar bajariladi:
A) tartib bilan reja tuziladi,
B) maxsus adabiyotlardan, jurnallardan, entsiklopediyalardan, lug‘atlardan foydalanib mavzu yoritiladi.
Referat hajmi qo‘lyozma shaklida 12-14 bet, kompyuterda 8-12 bet atrofida bo‘lishi mumkin. Referat-talabaning mustaqil ijodiy ishi bo‘lib, talaba uni o‘quv dasturiga kiritilmagan, umumlashtirilgan, qisqartirilgan mavzular bo‘yicha bajarsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Talaba referat shaklidagi mustaqil ish rejasi mavzusini tuzishda aynan shu tomoniga etibor berishi zarur. Chunki, mustaqil ish shaklida referat tayyorlagan talaba darsda takrorlanmagan mavzuni mustaqil o‘zlashtiradi, mavzuni ijobiy, ilmiy jihatdan yondashib yoritadi, mavzudagi asosiy tushunchalar ma’lumotlarni ajratib olish va o‘rganish borasidagi imkoniyatlarini namoyish qiladi.
Shuningdek o‘zining taklif, muslohaza va xulosalari bilan boyita oladi. Referatni og‘zaki shaklda himoyalash orqali talaba referatni tayyorlash chog‘ida mavzuga qanchali e`tiborlilik, qiziqish bilan yondashganini yaqqol ko‘rish mumkin. Yangi mavzuni yoritib berish va darsda, darsdan tashqari vaqtda himoyalash chog‘ida talaba boshqalarni ham o‘zlashtirilmagan shu mavzu bo‘yicha qisman bo‘lsa-da tushuncha qabul qilishiga imkon yaratadi.
Referatni talaba reja asosida biror mavzu, bob, bo‘lim bo‘yicha bajarishi mumkindir. Rejada kirish, mavzuni yorituvchi qismlar, hulosa va takliflar qismi bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Referatga tanlangan mavzuni yoritar ekan, talaba faqat darslik bilan cheklanib qolmay, qo‘shimcha va referatga beruvchi sharqva xorij adabiyotlaridan, rahbariy risolalar, matbuot materiallari, statistik va xronologik ma’lumotlardan, internetdan olingan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimiga kiruvchi fanlardan talabalar o‘z mustaqil ishlarini referat shaklida bajarishi mumkin.

ayrim talabalar uy vazifalarini bajarishda fan kitoblaridan maxsus fanlarga taalluqli jurnal va gazitalardan, informatsion texnologiyalardan foydalanib uy vazifasini bayon shaklida ma’ruza matn shaklida, sxema shaklida bajarishi mumkin. Vazifalarni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib ma’lumotlar to‘playdi, chizmalar chizadi. Bu esa mustaqil ish sifatida qabul qilinishi mumkin.



Download 247.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling