Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari


Download 1.08 Mb.
bet100/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

0‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. 0‘qitish - o‘qituvchi va о‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchiiami rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
0 ‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi. 0 ‘qitish jarayonining ta’iimiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalami shakllantirishdan iborat. 0 ‘qitish natijasi sifatida bilimlarming toiiqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar taiim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Taiim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. Q‘qitishning tarbiyaviy vazifasi taiim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasawurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Taiimning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, taiim mazmunida aks etadi. 0 ‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va 0‘quvchilaming munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, 0‘quvchilaming idrok etish faoliyatlariga 0‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. 0 ‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsionalirodaviy, intellektual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. 0 ‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, obyektlaming muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirish malakasini rivojlantirishga erishiladi. 0 ‘qitish jarayonining bosqichlari. 0 ‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqicbidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. 0 ‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yoiidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak. 0 ‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:
1) o ‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalaming hosil bo‘lishi;
4) hosil qilingan ko‘nikma va malakalami amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalami tarkib toptirish).
Har bir bosqich uchim o‘quvchilaming muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi. O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilaming o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ulaming hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasawur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish. O‘rganilayotgan obyekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi. asta-sekin chuqurlashib bomvchi anglash jarayoni davom etadi. 0 ‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalami tarkib toptirishdir. Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarnining hosil bo‘Iishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o‘zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish (kompetentsiyalami shakllantirish). Bilim, ko‘nikma va malakalami amalda qo‘llash jarayoni taiimning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish. 0 ‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bogiangan. O‘qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va 0‘qituvchi rahbarlik qiladigan al ohida turidir. Bu jarayonning mohiyati - bilim, ko‘nikma malaka va kompetentsiyalami hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini 0‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlcha yondoshishlar mavjud. Xususan: Sotsiologik yondoshuv. Unga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga etkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy tarixiy tajribasi natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilarning ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta’limga bunday yondashish ijtimoiy jarayon hisoblanadi.
Boshqa bir yondashishni xususiy pedagogik yoki didaktik yondashish deb atash mumkin. Bu yondashish yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni, uni anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat. Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo‘lini quyidagcha formula asosida ifodalaydilar: jonli mushohadadan – abstrakt fikrlashga va undan – amaliyotga o‘tish.
Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik yondashish bilimlarni o‘zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g‘oyalarga tayanadi. Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi Vigotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan. Lekin o‘quv jarayonini qurishga asos bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.
Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so‘zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishga olib keladi. XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi.
Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu ta’limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur degan g‘oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir. Dialektik yondoshishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklarini quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlan-tiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.
2. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rganishning amaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o‘rganishning o‘quvchi egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o‘quv materiali aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkchlariga namoyon etishi mumkin.
3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim muammo-larini ham o‘rganishda MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko‘zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya – fan) – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan. Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanov) mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafiy asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar. Hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik, ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling