Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turk hoqonligi
Urxun-Enisey yodgorliklari dastlab Enisey havzasida, so‘ngra Mo‘g‘ilistonning Urxun daryosi bo‘yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o‘qigan. V.Tomsondan so‘ng olimlar – N.M.Yadrintsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar. Urxun-Enisey yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O‘zbekistonda Oybek, O.Sharafuddinov, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar Urxun-Enisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk hoqonligi davlati tarkib topdi. Bu hoqonlik g‘arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo‘lgan. Turk hoqonligi Turkiy davlati deb ham atalgan. Hoqonlik 604 yilda Sharqiy va G‘arbiy hoqonlikka ajralgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa Turk hoqonligi barham topgan. Turk hoqonligi asosan uch kishi: Bilga hoqon (Mog‘iliyon), Kultegin, Tunyukuklar tomonidan boshqarilgan. Bilga hoqon (Mog‘iliyon) – hoqon, Kultegin – sarkarda, Tunyukuk esa – vazir bo‘lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan. Bitiktoshlarda turk hoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar tomonidan ko‘rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. O‘z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash hoqonlar Bo‘min, Istami, Eltarish, Eltarishning o‘g‘illari – Bilga hoqon, lashkarboshi Kultegin, ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta’rifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o‘ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta’riflanadi. U o‘z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo‘ygan shaxs. Kultegin Eltarish hoqonining kichik o‘g‘li. U 713 yil 27 fevralda qirq etti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 yilda o‘rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga hoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug‘iliyon bo‘lgan. Bitigni Kulteginning jiyani Yollug‘ tegin yozgan. Demak, bitigning muallifi ham ma’lum. Bilga hoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga hoqon davrida tinchlik hukmron bo‘lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o‘z yurtini boy-badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq huquqidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. O‘z navbatida davlat boshliqlarining hatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga hoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi. Bilga hoqon turk eli o‘rtasida elparvar hoqon deb tanilgan edi. “Bilga” so‘zining o‘zi ham “dono” degan ma’noni anglatadi. U turk xalqining vatani abadiy bo‘lishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata shunday o‘git qilar edi: “Vatanni saqlab qolmoq, faqat hoqonga emas, xalqqa ham bog‘liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir. Xalq o‘z hoqonining yo‘l-yo‘riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko‘p kulfatlar tushadi. Hoqon o‘ta ishonuvchan bo‘lmasligi, boshqalarning gapini o‘ylab, mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so‘z bilan yolg‘onni farqlay olishi kerak. Qattiqqo‘l hoqon o‘z xalqiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ishonuvchan bo‘lsa, yaxshi-yomonni ajrata olmasa, fojiaga yo‘l ochiladi, mamlakatda tartibsizlik yuzaga keladi”. Tunyukuk bitigi 310 misradan iborat bo‘lib, 717-718 (ba’zi manbalarda 712-716-yillar ko‘rsatilgan) yillarda yozilganligi qayd etilgan. Tunyukuk o‘z bitigini tirikligida yozdirgan. Mazkur bitikda Tunyukuk vatanparvar shaxs sifatida ta’riflangan. Tunyukuk ega bo‘lgan insoniy fazilatlar – insonparvarlik, ezgulik va haqiqat tantanasi yo‘lida kurashish uning qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi obro‘sini yanada oshirib yuboradi. Xususan, Tunyukuk tomonidan turkiy xalqlar qo‘liga tushgan asirlarni o‘z yurtlariga jo‘natib yuborishi dushman qabilalar a’zolarining bosh egib kelishi, ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi kurash chog‘ida ezgulikning g‘alabaga erishishi kabi holatlar shu asosida qon to‘kishning oldini olish mumkinligidan dalolat ekanligiga ishora qilinadi. U adolatsizlik qilmaydi, balki insonparvarlik namunasini ko‘rsatadi, ammo hoqonlik davlati qonunlarini ham qattiq himoya qiladi. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha qaror toptirishrilgan ma’rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavvurlari ifodalangan. Muayyan turmush tarzini qaror toptirishruvchi ijtimoiy shart-sharoitga ko‘ra inson axloqiga nisbatan qo‘yilayotgan axloqiy talablar mohiyati ham o‘zgarib borgan. Biroq, har qanday zamon va makonda ham inson ezgulikning jaholat, yaxshilikninng yomonlik va ziyoning zulmat ustidan g‘olib kelishini istagan va ana shu istagi insonning ma’naviy kamolotini belgilovchi asosiy mezon bo‘lib, axloq-odobga oid qarashlar mazmunida markaziy o‘rin egallagan. Mazkur holatni yuqorida so‘z yuritilgan eng qadimgi ma’rifiy meros namunalari misolida ham yaqqol ko‘rishga muyassar bo‘ldik. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling