Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Download 1.08 Mb.
bet136/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

Qaror qabulqilish

Qarorni o‘qituvchi qabul qiladi




Qaror birgalikdagi faoliyat davomida qabul qilinadi hamda u guruh va o‘qituvchining muvaffaqiyatli hamkorligi natijasi hisoblanadi


Ta'lim jarayoniga yangiliklarni joriy qilishda talabalarda motiv komponenti hosil qilish muhim ahamiyatga ega.

Motivlarni hosil qilishda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

  • Berilgan bilim va ko‘nikmalarning zarurligini tushuntirish;


  • Shaxsiy mas'uliyat hissini yaratish;


  • Jarayon vaqtida ishtirokchilarning qiziqishini uyg‘otish va saqlab turish;


  • Orttirilgan bilimlardan hayotda qanday foydalanish mumkinligini tushuntirish;


  • Ma'qullash, e'tirof etish, rag‘batlantirish;


  • Sog‘lom raqobat;


  • Olingan bilimlardan kelajakda talabalar qanday muvaffaqiyatlar qozonishilari mumkinligi haqida muloqot qilishga imkon berish;


  • Tanlash imkoniyatini yaratish.


Shuni ta'kidlash lozimki motivlar hosil bo‘lishi uchun talabalarda ehtiyoj tug‘ilishi lozim. Ehtiyojlarni e'tiborga olishda quyidagi imkoniyatlar yaratilishi kerak:


Texnologiya - bu berilgan parametrlarga mos keladigan mahsulot olishga yo‘naltirilgan dastlabki materiallami o‘zgartirish jarayoni va uslublarining yigindisi. Pedagogik texnologiya - bu faqat kompyuter va texnologik vositalami qoilash emas, bu ta’lim samaradorligini oshiradigan faktorlami talilil qilish yo‘li bilan umumta’lim jarayonini optimallash usullarini ishlab chiqish va prinsiplarini aniqlash. “ Texnologiya” - yunoncha so‘z bo‘lib,”tehnos”-mahorat, san ’at ”logos ’ ’ -ta ’limot, fan та ’nolarini anglatadu Texnologiya - bu sifat jihatdan yangi masalalarni yechish uchun ta’lim evolutsiyasi bosqichini tayyorlagan obyektiv jarayon. “Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot natijasida paydo boiadi va uning lug‘aviy ma’nosi (kasb, fan, tushuncha, ta’lim, san’at) materiallaming ishlash usul va uslublaridan iboratdir.Fan va texnika taiaqqiyoti inson imkoniyatlarining kengayishiga olib keldi. Yangi texnologiyalar katta ta’lim imkoniyatlarini ochdi. Ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, odat boigan tushuntirishda “o‘rgatish” jarayonlari o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari chegarasidan tashqari chiqib keta boshladi. Vujudga kelgan yangi texnik, axborot, bosma, eshitish va ko‘rgazma vositalari o‘ziga xos tarzda yangi metodikalar bilan taiim jarayoniga ko‘pgina yangiliklar kiritib, uning ajratilmas qismi boiib qolmoqda. Biroq, pedagogik texnologik jarayonning o‘ziga xosligi, uning an’anaviy shakllaridan ustuvorligi va hozirgi zamon ta’limi muammolari real yechish usullari hali toia o‘rganilmagan. 170 Bu haqda chet ellik va o‘zbek avtorlari ko‘p yozmoqdalar. Lekin barchalari pedagogik texnologiyalar kelajakda ustuvor o‘ringa ega bo‘lishiga ishonadilar. 1950 yillarda, o‘quv jarayoniga texnik vositalami joriy etish boshlanganda, “ta’lim texnologiyasi” termini vujudga keldi, so‘ngra u TTV qo‘ilanish metodikasi bo‘yicha keyingi yillarda “pedagogik texnologiyalar” ga aylandi. 1960 yillar o‘rtasida bu tushuncha mazmuni xalqaro anjumanlar va chet el pedagogik bosma nashrlarida keng muhokama qilindi. 1967 yillar PFA qoshidagi ochilgan institutni “Maktab jihozlari va texnik vositalari ITI” deb atashdi. Shunday bo‘lsada institut olimlari ta’lim texnologiyasi muammolari bilan shug‘ullanishar edi. 1970 yillar boshida rivojlangan kapitalistik davlatlar: AQSh, Angliya, Yaponiyada pedagogik texnologiyaga oid jumallar nashr qilindi, keyinchalik bu muammo bilan maxsus muassasalar shug‘ullana boshladi. Masalan, AQSh, Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan pedagogik texnologiya bo‘yicha milliy kengashlar bunga misoldir. Budapeshtda 1977 yilda YUNESKO tomonidan tashkil qilingan xalqaro seminarda ta’limdagi texnologik jarayonning asosiy xususiyatlari ko‘rsatib o‘tildi;
1. Texnikani mukammal bilish va ishlatish.
2. Audiovizual materiallar fondi bilan tanishish.
3. Ulaming samarali ishlatish metodikasini egallash va ijodiy yondoshish.
Hozirgi zamon chet el va vatanimiz tajribasini tahlil qilish asosida, bugun ta’lim jarayonini shakllantiruvchilar doirasi kengaytirilmog‘i lozim. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasiga ta’lim maqsadlarini tahlil qilish va rejalashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonini ilmiy tashkil qilish, ta’lim samaradorligini ta’minlaydigan vosita, material va metodlar tanlanadi. Hozirda ta’lim texnologiyasi yordamchi vosita bo‘lib qolmay balki, о‘quv jarayonining rivojlanishida katta rol o‘ynab, uning tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini o‘zgartiradigan yangi sistema deb tushunilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Texnologiyani bunday tavsif qilish ta’lim jarayonidagi barcha tuzuvchilar orasidagi uzviy bogianishning muhimligini, pedagog va o‘quvchining o‘zaro hamkorligini ko‘rsatadi. 0 ‘quvchi passiv ta’lim obyektidan faol shaxs ta’lim va tarbiya subyektiga aylanadi va aktiv subyekt sifatida o‘qituvchi bilan bu jarayonda qatnashadi, mustaqil bilim olishga intiladi. Fikrimizcha, yangi pedagogik te?mologiyanmg boshlang‘ich maktabdagi roli va vazifalarini ko‘rsatish zarur. Metodika asosiga qurilgan taiimga qaraganda “ta’lim texnologiyasi” ko‘p qirralidir. Birinchidan, texnologiya asosida tub mahsulotlami aniq tavsifi turadi. Texnologiyada maqsad markaziy komponent hisoblanib, bu holat unga erishish darajasini aniq topishga olib keladi. Ikkinchidan, tub va oraliq maqsadlari aniqlangani uchun texnologiya maqsadga erishish va nazorat obyektiv usullarini ishlab chiqishga y o i ochadi. Uchinchidan, texnologiya o‘qituvchining pedagogik eksperiment qilishga majbur qiiadigan holatlarini kamaytiradi. To‘rtinchidan, texnologiya o‘qituvchi va uni faoliyat turlariga yo‘naltirilgan dars ishlanmalari o‘miga, o‘quvchilaming o‘quvo‘rganish faoliyati mazmuni va tuzilishini aniqlaydigan o‘quv jarayonining loyihasini beradi. Metodik dars ishlanmasi har bir o‘qituvchi tomonidan turlicha o‘zlashtiriladi, dars va o‘quvchilar faoliyati ham turlicha tashkil qilinadi. О‘quvchilaming o‘quv faoliyatini loyihalashtirish esa, programmalashtirilgan ta’lim tajribasi ko‘rsatganidek o‘quvchilaming o‘zlashtirish darajasini ko‘taradi. Inson - bu murakkab tizim va unga kuchi va yo‘nalishi har xil yoki qarama-qarshi boigan ko‘p sonli tashqi kuchlar ta’sir etadi, shuning uchun u yoki bu ta’siming samarasini oldindan aytib berish qiyin. Ijtimoiy texnologiya bu borada katta samaraga ega, chunki u qayta aloqaga kirisha oladi. Masalan, o‘qituvchi doimiy nazoratni tashkil qilib, o‘quv materialini o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan o‘quvchilami aniqlaydi va ular bilan qo‘shimcha ish olib boradi. Bunday paytda o‘qituvchi yangi materialni tushuntirish va mustahkamlash texnologiyasini qo‘llaydi. Ya’ni, bu narsa materialni yetarli darajada o‘zlashtira olmaganlar uchun o‘tkaziladi. Endi texnologiyaning yana bir turi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Bu tushuntirish metodi va mustahkamlashdir. Masalan, dars boshida o‘qituvchi 4-5 daqiqa savol-javob qilib, o‘tgan darsdagi qaysi savollami qaysi o‘quvchi qay darajada o‘zlashtirganini aniqlaydi. So‘ngra, o‘qituvchi mavzuni boshqatdan tushuntirib o‘tirmay, so‘rash davomida sinf diqqatini aynan фи savollarga qaratadi. Savolga to‘Iiq javob qaytargan o‘quvchilar tinglanadi va sinfdagi barcha o‘quvchilar о ‘ zlashtirmaganlarini bilib oladilar. Bu usul o‘qituvchilarga mashg‘ulotidagi muammolami aniqlab, tezda ularni yechish, ya’ni o‘quvchilarga yordam berishga imkon yaratadi. Bunday texnologiya jarayoni vaqtni tejab, o‘tilgan materialni so‘rash metodi orqali mustahkamlashga ko‘maklashadi. Ijtimoiy texnologiya muayyan barcha sharoitlarga tezda moslashi$hi bilan ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ta’limda joriy etilayotgan texnologiyaning asosiy o‘ziga xosligi, ulaming insonparvarlikka yo‘naltirilganligidadir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ta’limning insonparvarlikka yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda bolalaming axborotlar bilan ishlashdagi kasbiy yondashuvi, har bir o‘quvchi olingan ma'lumotni tizimlashtira olishi, fikrlashda mantiqiy izchillikka rioya qilishi bilan xarakterlanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining asosiy komponenti ta’ limiy vaziy at bo ‘ lib, ta’ lim oluvchilaming kasbiy fimksiyalari to‘rt asosiy texnologiya asosida tahlil qiladi:
1) “Masala bilan yondashuv texnologiyasi” shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini belgilovchi elementlardan tuzilgan turli darajadagi masalalardan iborat;
2) “0 ‘quv dialogi texnologiyasi” didaktik kommunikativ muhitni yaratish bilan bogiiq, subyektiv fikrlovchi muloqotni ta’minlovchi, refleksiya va shaxsni mustaqil o‘z-o‘zini tashkil etishi;
3) “Imitatsion ta’limiy о'yin texnologiyasi” musobaqa shartlarini ta'minlovchi bellashuv;
4) “Taiimning moslashuvchanlik texnologiyasi” intellektual tizimlaming o‘ziga xosligiga asosan vujudga keladi, mazmun, jarayonlami o‘zaro bogiiqligi va o‘zaro ta’ sir bosqichlaridan iborat.Ta'liin faoliyatining ko‘p qirrali aniqlanishi, har bir bosqich doirasida ish tarkibining sikl modeli moslashuv algoritmi yordamida, operativ tahlil asosida va ta’lim oluvchining kasbiy rivojlanish darajasi korreksiyasi misolida aniqlanadi. Ta’lim jarayonini chiziqsiz tashkiliy va boshqaruv texnikasidan foydalanish kam vaqt ichida maqsadga erishishni ta'minlaydi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling