«4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savoilari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi. «3» baho yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda 0‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollaming mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor boisa.
«2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
Ta’lim sifati monitoring. «Monitoring» atarnasi ilk maratoba Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish arafasida «nazorat» atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan.
«Monitoring - inglizcha atama boiib, «uzluksiz kuzatish» degan ma’nosini anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan mustaqil boiim sifatida qaraladi hamda ta’lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi.
Respublikamizda umumiy o‘rta. taiim maktablarida 0‘qitish sifati monitoring tizirni samarali yoiga qo‘yilgan. Umumiy o‘rta taiim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat - 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq taiim i vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta taiim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; tashqi nazorat - taiim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq taiim i boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-jamoatchilik nazorati - qonun hujjatlari da belgilangan tartibda hududiy xalq taiim i boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash - Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq taiim i boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |