Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 1.08 Mb.
|
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-MAVZU: MAKTAB - PEDAGOGIK TIZIM SIFATIDA. Reja
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Boshqarish deb nimaga aytiladi? 2. Ta’lim muassasasini boshqarish va menejment tushunchalarini izohlang. 3. Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi? 4. Boshqaruvning qanday funktsiyalari mavjud? 5. Boshqaruv metodlari deganda nima tushuniladi? 6. Boshqaruv metodlariga izoh bering. 7.Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat? 8. Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi? 9. Metodik Kengash va metodik btriashmakming faoliyati haqida gapirib bering. 10. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi? 14-MAVZU: MAKTAB - PEDAGOGIK TIZIM SIFATIDA. Reja 1. Maktab ishifli boshqarisb va unga rabbarlik qilish 2. Maktab ishifli boshqarisb va unga rabbarlik qilish 0‘quv-tarbiya ishlariga rahbarlik. Prezident I.A.Karimov rahbar ma’suliyati xususida shunday yozadi: “Ayniqsa, zamonning yurishi, o‘zgarishi bilan awalo rahbarlar, yetakchilar o‘zgarishi kerak. Biz XXI asr - inteluktual taraqqiyot asri, deb ko‘p gapiramiz. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunaming egasi awalo, o‘zining faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bolishi yuksak intelektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan qattiyatli shaxs bo‘lishi lozim”. Ta’lim muassasasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi. Ta'lim muassasasi direktori o‘quvchilami ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom bo‘Iishlari, fan asoslarini puxta o‘zlashtirishlari, umumiy ta'lim muassasasining bugun faoliyati uchun javobgar shaxs sanaladi. Tashkilotchi oliy ma'lumotli, kamida uch yillik pedagog ish stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchi tuman xalq bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat xalq ta’limi (Toshkent shahrida shahar xalq ta’limi) bo‘limi tomonidan direktor tayinlanadi. Bir maktabdan ikkinchi maktabga ko‘chiriladi, ishdan bo‘shatiladi. Viloyat xalq ta’limi bo‘limi bu haqida 0 ‘zbekiston Respublikasi XTB ga ma’lum qiladi. Maktab direktori ta’lim muassasasi boshqaruvni zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa ilg‘or tajribalarni va fan texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib o‘z faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondoshuvni talab qiladi. Xalqimizda rahbar kadrlar va ularga xos xususiyatlarga sharqona yondashuvning boy tarixiy-madaniy an’analari mavjud. Abu Nasr Forobiy rahbar tabiatan nozik, farosatli bo‘lib, umumiy axvol qandayligini ravshan tasawur qila olishi; voqea-hodisalami xotirasida to‘la-to^is saqlab qoladigan; zehni o‘tkir zukko, o‘z fikrini chiroyli so‘zlar bilan ifodalaydigan, ravshan tushuntira oladigan; ta’lim olishga, bilim va ma'rifatga havasli bo‘lib, uning mashaqqatlaridan haq va haqiqatni, odil va haqiqiy odamlami sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilami yomon ko‘radigan; o‘z qadrini biluvchi, oriyatli; tabiatan adolatparvar va o‘zi zarur deb hisoblaganda chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, sabotli, jur'atli kabi insoniy hislatlarga ega bo‘lishi kerakligini ta'kidlab o‘tilgan. Zamonaviy maktab faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ta'lim muassasasi barcha xodimlarini o‘z mehnat faoliyati natijalaridan birdek qoniqish hosil qilishlari jamoadagi to‘g‘ri mehnat taqsimoti, xodimlami o‘z vazifalariga nisbatan ma'suliyat hissining shakllanisbi o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari darajasida ilmiy asosda tashkil etish samaradorligi ko‘p jihatdan ta'lim muassasasi rahbarlarining fonksional vazifalarini qay darajada tushunib yetish va amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar xodim ta'lim muassasasidagi mavjud munosabatlar, o‘quvchilaming jismoniy, ruhiy va intellektual rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar, ya'ni o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar, otaonalar bilan ta'lim muassasasi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlami o‘z vaqtida aniqlash hamda unga ta'sir ko‘rsatishning eng maqbul yo‘llarini belgilash, ta'lim tarbiya jarayonining holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar to‘plash, qayta ishlash va obyektiv baholash muhim ahamiyatga ega. Rahbarning ta'lim muassasasidagi vazifatari asosan quyidagilardan iborat: o‘quv muassasasining pedagogik jamoasiga rahbarlik qilish, kadrlami to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish, xodimlaming ij timoiy-g‘ oyaviy saviyasini, malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitni yaratish, o‘quvchilar bilimi va tarbiyasi sifatli boelishini ta'minlash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlaming tashkil etilishiga rahbarlik qilish va tegishli nazorat o‘matish. 0 ‘quvchilaming to‘g‘ri kasb tanlashini ta'minlashni yo‘lga qo‘yish, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlami tashkil etish. Maktabda ichki intizom, sanitariya gigiyena. mehnatni muhofaza qilish, umumiy tartib va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishni ta'minlash va hokazolar. Maktab direktori o‘qituvchi yoki yordamchi xodimlami ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, xodimlar va o‘qituvchiiami rag‘batlantiradi, shuningdek, ayrim holatlarda ularni jazolaydi, alohida o‘mak ko‘rsatgan o‘qituvchi va xodimlami davlat mukofotlariga tavsiya etadi. Rahbar muayyan masaialami hal etishda pedagogik jamoa fikr-mulohazaiarini inobatga oladi. Ta'lim muassasasi faoliyati yuzasidan tegishli masaialami hal qiladi, davlat oldida javob beradi. Ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etishda rahbarga o‘quv hamda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rmbosariari ко ‘maklashadilar. 0 ‘quv ishlar ho ‘yicha direktor о 'rinbosari ta'lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yieha mas'ul shaxsdir. U o‘quv ishlariga bevosita rahbarlik qiladi. Oliy ma'lumotli, kamida uch yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchilargina mazkur lavozimda ishlashlari mumkin. Uning nomzodini ta'lim muassasasi rahbari tavsiya etadi, tuman, (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tasdiqlaydi. 0 ‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabdagi ta'lim j arayonining to‘g‘ri tashkil etilishi, o‘quv dasturlari talablarining bajarilishi, dars mashg‘ulotlaming to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘quvchilaming bilimlami o‘zlashtirishlari uchun javobgar bo‘lib, ta'lim ishini yoiga qo‘yilishi o‘quvchilar bilim darajasining o‘sishi ustidan nazorat olib boradi. 0 ‘qituvchilarga metodik yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, ta’lim ishining uyushtirilishini rejalashtiradi, metod birlashmalaming ishiga rahbarlik qiladi. Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rmbosarlari ta’lim muassasalarining tarbiyaviy ishlarga bevosita rahbarlik qiluvchi mas'ul shaxsdir. Oliy ma'lumotli, kamida uch yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchilargina mazkur lavozimda ishlashlari mumkin. Uning nomzodini ta'lim muassasasi rahbari tavsiya etadi, tuman, (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi. Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muassasasida tarbiyaviy jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishini, tarbiyaviy ishlaming yillik rejasini ishlab chiqarish va uning bajarilishi ustidan nazorat o‘matish, ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ta'minlash, o‘quvchi va xodimlaming ma'naviy qiyofasini shakllantirish, ulaming xulq-atvorlari ustidan nazoratni tashkil etish kabi ishlami olib boradi. )Xo‘jalik ishlari bo ‘yicha direktor о ‘rinbosari ta’lim muassasasining xo‘jalik-moliyaviy ishlarini yuritish ishiga mas'ul sanalgan shaxsdir. Ushbu lavozimga nomzodni ta'lim muassasasi rahbari tavsiya etadi va tuman (shahar) xalq talimi bo‘limi tasdiqlaydi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy mablag‘ bilan o‘quv muassasasining ta'ininlanishi, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish borasidagi takliflar bilan chiqish, ta'lim muassasasining o‘quv jihozlar bilan ta'minlanishi, binoning joriy hamda to la ta'mirlanishiga erishish kabi masalalami hal etishdan iboratdir. Maktab direktorining funksional vazifalari. Maktab direktori ta'lim muassasasining asosiy maqsadi bo‘lgan ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish rivojlantirishda o‘ziga xos bo‘lgan axborot-tahlil, maqsadli-motivlashtirish, oldindan ko‘rish, rejalashtirish, tashkiliy-ijrochilik, nazorat-tashxis va tartibga solish, muvofiqlashtirish fimksiyalarini tizimli va to‘g‘ri amalga oshirishi zarur. Axborot- tahlil funksiyasi boshqaruvda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, axborotlami olish va tahlil qilish nazarda tutiladi. Bundan ko‘zlangan birinchi maqsad - pedagogik tizimlar to‘g‘risida mimtazam ravishda axborotlar to‘plab borish, ulami chuqur o‘rganish hamda obyektiv baholashdan iborat. Olingan xulosalar asosida boshqaruv faolivatining strategiyasi, rivojlanish omillarini aniqlash, chora-tadbirlarini belgilash, ulaming bajarilishini tashkil etish va nazorat qilib borishni yoiga qo‘yish lozim. Bunda axborotlar ishonchli, yangi bolishi zarur. Maqsadli - motivlashtirish funksiyasini amalga oshirishda, awalo, ta’lim muassasasi oldiga qo4yilgan maqsad umumiy ekanligini hamda mavjud shart-sharoitlar va vaziyatlami hisobga olish zarur. Shuningdek, vazifalami taqsimlashda maqsadlaming birligini saqlash, topshiriqlaming bajaruvchilar tomonidan o‘z vaqtida va samarali bajarilishi uchun maqsadni belgilash jarayoniga ulami ham jalb etish, kutilayotgan natija yuzasidan oldindan tushunchaga ega bo‘lish, topshiriqlar tahlil qilinib ulaming bajarilish muddatini aniq belgilash zarur. Bunda motivlaming xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni ulaming qaysi biri boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga, qaysilari samarali harakatlar rejasini tuzishga imkoniyat yaratishini bilish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Oldindan ko‘ra bilish — rejalashtirish funksiyasi tashkiliy shakllar, usullar bo "lib, ta’sir etuvchi vositalami aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogik tizim va uning ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, tartibga solishga imkoniyat yaratadi. Demak, rahbar tomonidan ta'lim muassasasining hoiatini, erishgan natijalarini, rivojlanish imkoniyatlari va dinamikasini aniqlash, jamoadagi ruhiy muhit, o‘zaro munosabat va ehtiyojlami o‘rganish hamda barcha uchun qulay bo‘lgan o‘zaro ta’sir jarayonini vujudga keltirish strategiyasini belgilash oldindan ко5 rish-rej alashtirish funksiyasining asosini tashkil etadi. Tashkiliy — ijrochilik funksiyasi. Boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu fimksiyaning mohiyati kadrlami tanlash, ulami joyiga qo‘yish, ijrochilaming o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish bilan bog‘liq. Bu faoliyat natijasida ma’lum bir pedagogik boshqaruvga xos tarkibiy tizim vujudga keladi. Uni samarali amalga oshirish o‘zaro ishonch va yordam, har kimga tanlash huquqini berish, faqat maqsadni emas, balki unga erishish mezonlarini ham belgilash, xodimlaming kasbiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini to‘la namoyon etish uchun sharoitlar yaratish, tashabbuskorlikni rag‘batlantirish va har bir xodimning mehnatini obyektiv baholash bilan bog‘liq bo‘lib, jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitning vujudga kelishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Nazorat - tashxis funksiyasi. Nazorat boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan barcha fimksiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik tizimni boshqarish jarayonida ko‘zlangan yo‘nalishdan ma’lum bir ma’noda og‘ishlar ham vujudga kelishi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolaming sababini o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish usullarini belgilashda nazoratning o‘mi muhim. Tartibga solish-muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizimning hoiatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi 481 sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘1 qo‘yilayotgan xatolami tuzatish hamda ishtirokchilarning xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Mazkur funksiya yordamida pedagogik tizim subyektlarning faoliyati o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Q‘z navbatida muvofiqlashtirish pedagogik tizimning harakat yo‘nalishi bilan birga barcha bo‘g‘inlaming o‘zaro uyg‘unlashuvida yuqori darajadagi tezkorlikni talab etadi. Maktab rahbari boshqaruvda pedagogik jamoaning ilmiy-pedagogik faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, shu jarayonlarni nazorat qilib boradi. Jumladan yosh pedagogning o‘zi tanlagan kasbiga mehr qo‘yishi, o‘qituvchilik kasbining sirlarini mukammal o‘rganishi va unda o‘z kelajagiga nisbatan ishonch tuyg‘ulari rivojlanishida ham maktab direktori katta ta'sir kuchiga ega shaxs hisoblanadi. Maktab direktori yosh o‘qituvchilaming darslarini kuzatishi, tahlil qilishi, zaruriy ko‘rsatmalar berishi zarur. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling