Namangan davlat pedaogika instituti pedagogika fakulteti


Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish


Download 1.65 Mb.
bet10/27
Sana30.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1410342
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
2 Mirsaidova Tojixon

Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish. Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar; o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg‘ulot turlari.
Boshlang‘ich sinfda matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘quv vositalari va ularning vazifalari. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi. Turli metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar va ulardan foydalanish. O‘qitish vositalardan ijodiy foydalanish va yasaladigan ko‘rgazmali ko‘rsatmalar.
Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ixtisoslahtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish.
Ixtisoslahtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash.
O‘quvchilar bilan ishlab chiharishga, tabiatga ekskursiya. 
Yuqorida sanab o‘tilgan ish shakllari va dars bir-birini to‘ldiradi. Asosiy 
masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bеvosita o‘qituvchi rahbarlik 
qiladi. Qo‘shimcha mashqulotlarda esa ish o‘qituvchining o‘zi tomonidan yoki 
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladi. 
Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matеmatik bilimlarini chuqurlashtirish 
va kеngaytirish, murakkab misol va masalalarni еchishni mashq qilish, 
matеmatikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga 
kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. 
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: 
Matematik o‘n minutlik, qiziqarli matematika soatlari, matеmatik to‘garaklar, 
olimpiadalar, qiziqarli matеmatik kеchalar, matеmatik ekskursiyalar. Shuningdеk, 
matеmatik gazеtani chiqarish, matеmatik viktorina va burchaklarni tashkil qilish. 

Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: 


-bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kеngaytirish; 
-o‘quvchilarning 
mantiqiy 
tafakkurlarini, 
topqirliklarini, 
matеmatik 
ziyrakliklarini rivojlantirish; 
-matеmatikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, 
talabchanlik, irodani tarbiyalash, mеhnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va 
insoniylikni tarbiyalash. 
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga 
ega: 
1.O‘z mazmuni bo‘yicha matеmatika dasturiga taalluqli emas. Ammo 
bеriladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kеrak. 
2.Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb qilishi, 
ya'ni qiziqarli bo‘lishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish 
yordamida faol o‘quvchilarga aylanishi mumkin. 
3.Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lеkin 
qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashqulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol 
ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. 
4.Mashqulot mazmuni va shakllariga qarab, 10–12 minutdan 1 soatgacha 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
5.Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi. 
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda : qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zеhnlilikka 
oid masalalar, hazil masalalar, bеrilgan ma'lumotlari yеtishmaydigan yoki bеrilgan 

13-mavzu. O'quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo'yilgan talablar; xatolar ustida ishlash, o'quvchilar bilimini tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg'ulot turlari,




Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasining umumiy masalalari. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasi fanining vazifalari.Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasining fan sifatida o`z oldiga qo`ygan vazifalari. o`qitishning metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari (1-5ta). Metodika fanining boshqa ijtimoiy va aniq fanlar bilan bog`liqligi. Pedagogika fanining boshqa bo`limlari hamda yoshlar psixologiyasiga, Boshlang`ich sinf metodikasiga bog`liqligi.Metodika fanlarining ilmiy-tadqiqot metodi (kuzatish, eksperiment va boshqalar). Ularning ilmiy-izlanishda qo`llanilishi.Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida. Uning mazmuni va uzviyligi. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitishning tarbiyaviy, ta`limiy va rivojlantiruvchi maqsadi. Boshlang`ich sinfda matematika kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, uning mazmuni. Nomanfiy butun sonlar arifmetikasi, miqdorlar va ularni o`lchov birliklari, algebraik va geometrik materiallar, kasr haqida ma`lumot, arifmetik masalalar. Bu materiallarni maktab matematika kursidagi o`rni.Barcha materiallarni o`rganishdagi uzviylik. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma`lumotlarning o`rni. Ko`nikma va malaka hosil qilishda kursning amaliy yo`nalishi.Kichik yoshdagi bolalarning bog`chadagi matematik tayyorgarligi. Boshlang`ich sinf matematikasi va matematika o`qitishning kelgusi bosqichi orasidagi uzviylik. O`quvchilarning o`quv yili oxiridagi bilim, ko`nikma hamda malakalariga qo`yilgan dastur talablari asosida har bir bosqich uchun mo`ljallangan dastur tahlili. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodi. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog`liqlik. O`quvchilarning mustaqil ishlari - o`qitish metodi sifatida. O`qitishni tashkil qilishda didaktik o`yin metodidan foydalanish. O`qitish metodining o`qitish maqsadi, mazmuni, sohalariga bog`liqligi bolalarning yosh xususiyatlariga qarab aniqlanadi. O`qitish samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan metodlar. o`quvchilar faoliyat darajasini, o`zlashtirish samarasini aniqlash metodlari. Dasturlashtirilgan ta`lim. O`quvchilarning faollik darajasiga ko`ra qo`llaniladigan metodlar. Matematika darsida yozma ishlar va ularni tashkil qilish, o`quvchining daftar yurtishini tekshirish metodlari. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitishni tashkil qilish shakllari. Boshlang`ich sinfda matematika darsining tuzilishi va dars tizimi. Hozirgi zamon talabiga mos dars. Darsda o`qitishning samaradorligini oshirish metodi qo`llanishi. Darsda didaktik o`yin elementlaridan foydalanish. o`qituvchining darsga tayyorligi. Mavzu mazmuniga mos o`qitish metodi, vositalarini tanlab o`qitishning tashkiliy shakl yakka, guruhlarga bo`lib, ommaviylarini, o`qitishning tarbiyaviy, ta`limiy hamda dars ishlanmasini tuzish. Problemali muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Ta`limning darsdan tashqari yordamchi shakllari: o`zlashtirmovchi o`quvchilar bilan ishlash; o`quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo`yilgan talablar; uning tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg`ulot turlari, o`quvchining bilim saviyasini kengaytirish, fanga bo`lgan qiziqishini orttirishdagi o`rni. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash. Iqtidorli sinflar, litsey, gimnaziyalarining Boshlang`ich sinfida matematika darslarini tashkil qilish. Boshlang`ich sinf matematika darslarida didaktik tamoyillar: imiylik, ko`rsatmalilik, onglilik, faollik, puxta o`zlashtirish, sistemalilik, ketma-ketlik tamoyillari. Matematikadan dars jarayonini yoritish uchun qo`llaniladigan o`quv vositalari va ularning vazifalari. O`quvchi va o`qituvchi uchun o`quv vositalar majmuasi, ularning xususiyatlari va foydalanish metodi, unga qo`yilgan talablar. Matematikadan Boshlang`ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi. Turli qo`llanmalar va ulardan foydalanish. Turli vositalardan foydalanish va qo`lda yasaladigan ko`rgazmali ko`rsatmalar. Mikrokalkulyatorlar.Ularning tuzilishi va foydalanish metodikasi. Oz komplektli maktablarda matematika o`qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o`qitishni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari. Matematika darsi. Uning dars jadvalidagi o`rni, boshqa darslar bilan aloqasi. O`quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari. Mustaqil ishni tashkil qilish uchun dars ishlanmasi va mashqlar to`plamini tuzish. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning xususiy masalalari.Boshlang`ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o`rgatish metodikasi.O`quvchilarni maktabgacha bo`lgan davrda matematik tayyorgarliki darajasini aniqlash va ularni tartibga solish. Nomerlashga o`rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish, bosqichlari. Unli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Kontsentrlar bo`yicha nomerlashga o`rgatish metodi. Darsni tashkil qilish, ko`rgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish. Nomerlashga o`rgatishda matematik diktantning ro`li. Asosiy miqdorlar va ularni o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan asosiy miqdorlar: uzunlik, massa, narx, baho, masofa, vaqt, tezlik ... har bir miqdorni o`lchash, o`lchov birliklarining turlari va orasidagi bog`liklar, amallar bajarishga o`rgatish metodikasi. Proportsional bog`langan miqdorlarni o`rgatish ( masalalar echish namunasida: masalan narx, baho, miqdor soni va boshqalar ) Bularni shakllantirishda qo`llaniladigan vositalar, o`yin mashg`ulotlari tayyorlash. Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o`rgatishning umumiy masalalari. Qo`shish va ayirish, Ko`paytrish va bo`lish amali ma`nosini ochib berish va uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o`rgatish. Amal xossalari, komponentlari ular orasidagi bog`lanish bilan tanishtirish. Arifmetik amal bajarilishi to`g`riligini tekshirish usullari. Hisoblash malakalarini hosil qilish. Qo`shish va ko`paytirish jadvallari ularga mos ayirish va bo`lish hollarini o`rgatish. Og`zaki hisob usullarni o`rgatish.Yozma hisoblash algoritmini o`rgatish. Hisoblash natijasini mikrokalkulyatorlar yordamida tekshirish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun yozma ishlar to`plamini tuzish. Hisoblashda o`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni aniqlash va uni bartaraf qilish yo`llarini izlash. Og`zaki va yozma hisoblashga doir didaktik o`yinlar topplamini tuzish, o`yin mashg`ulotlarini tashkil qilish. Algebraik materiallarni o`rgatish metodikasi. Son va ifoda tushunchasi. Ifoda va sonli ifoda. O`zgaruvchi qatnashgan ifoda. Ifoda va munosabat belgilari. Tenglik, tengsizlik. Sonli tenglik va tengsizlik uni echishga o`rgatish usullari metodikasi. Tenglama va uni echishga o`rgatish usullari. Turli bog`lanishlar va ularning berilish metodlari. Geometrik materiallarni o`rganish metodikasi. Figura (nuqta, kesma, Ko`pburchak) tushunchasi haqida tasavvurni shakllantirish va ularni chizish, ayrim xossalari bilan tanishtirish metodikasi. Sodda geometrik yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish. Figuralarni farqlay olish, qismlarga bo`lish, qismlardan figuralar hosil qilishga, Ko`pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblashga, perimetr va yuza o`lchov birliklari va ular orasidagi bog`lanishga doir masalalar echish.

14-mavzu. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematika darslarida yosh xusisiyatlariga mos tarixiy ma`lumotlarni o`zlashtirish mazmuni
O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazishva baholashmezonlari.
Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishini baholashjarayoni.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalalarida yangicha yondashish davr talabi bo’lib kelmoqda. Zero Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “Ilg’or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv shu jumladan, tabaqalashgan dasturlar amaliyoti joriy etiladi”1, deb ta’kidlanadi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodda yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faollik, erkin fikr yuritish kabi qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat. Bunda avvalo, tahsil oluvchilarning faolligini oshirish talab qilinadi. Shuning uchun ham o’quvchilarning mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlarini o‘stirishda ta’limning interfaol usullaridan keng hamda o’rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga o‘quvchilarda mehnat ta’limiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishda tizimlilik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, o’qitish ishlarining natijalarini nazorat qilish hamda baholashga yangicha usularni joriy etish kabilar yetarlicha o‘z aksini topmay qolmoqda. Shuning uchun umumta’lim maktablarida o‘quv uslubiy ishlarni takomillashtirishda ta’lim va tarbiyaning faol usullaridan foydalanish, o‘qitishning hamda sinov-nazorat ishlarini o‘tkazishni maqbul shakllaridan oqilona foydanish yo‘llarini izlab topish dolzarb masalaga aylanibbormoqda.
Ma’lumki, o‘qitish usullari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga erishish yo’lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarni bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan shakl va usullarini mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar tayyorlashda o‘z samarasini beradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalarida o‘quv tarbiyaviy jarayon unumli mehnatni amalga oshirish uchun o‘quvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, malakali, unumli mehnat o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olish jarayonida shakllangan bilim, malaka va ko‘nikmalariga asoslangandir.
O‘quv tarbiyaviy jarayon – boshqariladigan va rostlanadigan jarayon bo‘lib, o‘qituvchi, ustoz va o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni son va sifat jihatdan haqqoniy baholash o‘quv-tarbiyaviy jarayonda olingan natijalarga qarab o‘zgartirishlar kiritib borish bilan birga o‘zining faoliyatiga ham tavsif beradi.
O‘quvchilarning bilim, malaka, ko‘nikmalarni va qobiliyatlariga baho berishdan oldin yana bir bor bilim, malaka, ko‘nikmalarni va qobiliyatlarini qarabchiqaylik.
Bilim – nazariy va amaliyot faoliyat natijasida o‘rgangan, esda saqlab qolingan, fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar tizimidir.
Bilimlar o‘z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur-yuzaki, moslashuvchan, andozali, mustahkam va mustahkam bo‘lmagan turlariga bo‘linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosilbo‘ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. Chunki nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar) yetarli darajadagi xususiyatlarni, texnika va texnologiyalar hodisasini va ularning obyektiv munosabatini bildiradi. Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini, hodisasi va boshqalarning to‘g’ridan-to‘g’ri amaliy faoliyatiga kiritilganligini bildiradi.
Malaka - bu o‘quvchilarning avtomatik ravishda amalga oshirilgan holda birorta ishni bajarish qobiliyatidir.
Ko‘nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi bo‘lib, bu ko‘nikma, o‘qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boradi.
Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni mufavvaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsning shaxsiy-psixologik sifat belgisidir.
Qobiliyat tug’ma bo‘lmasdan uning ko‘zga tashlanishi yoki ajralib turishi muhitga, o‘rganishga, tarbiyaga bog’liqdir. Qobiliyatning tug’ma ko‘rinishi uning
qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bo‘lgani uhun bular rivojlantirilsa, to‘g’ri yo‘lga solinsa, qobiliyat yuqori cho‘qqiga chiqadi.
Bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyat o‘zaro bog’liq bo‘lib, ularni alohida-alohida baholash juda murakkab. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash ustozning, o‘qituvchining uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘quv sharoitida har harbir o‘quvchini diqqat bilan ko‘zatib o‘rganib borish va faoliyatni baholashzarur.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash, o‘quv jarayoning eng muhim va zaruriy qismlaridan bo‘lib, u 3 asosiy vazifani bajaradi:
bolalar tomonidan o‘zlashtirayotgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni nazoratqilish;
bilimlarni sifatinianiqlash;
o‘quv dasturida belgilangan materiallarni ongli, izchil va mustahkam o‘zlashtirib olishga undash.
Bu masalalar ta’limiy ahamiyatga molikdir. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash jarayonida o‘quvchilar o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishga, izchil ishlashga, ongli intizomga, qiyinchiliklarni yengish, o‘zida irodaviy sifatlarni o‘stirishga, o‘ziga hamda boshqalarga nisbatan talabchan bo’lishga o‘rgatib boradi. Bu masalalar esa katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
O‘quvchilar bilimini tekshirish bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimni sifatini aniqlash, ularni o‘quv dasturida belgilangan materiallarni izchil va puxta o‘zlashtirib olishga da’vat etish vositasidir. O‘qituvchi bilimlarni tekshirish orqali o‘quvchining o‘quv materialini qanday idrok etib tushunganligini, qanday fikr yuritayotganligini, dasturda belgilangan o‘quv materiallarni qay darajada o‘zlashtirib olganligini aniqlaydi hamda keyingi o‘quv materiallarni o‘rganish, ta’lim sifatini yaxshilash yo‘llarini belgilaydi. Shu bilan birga o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini o‘rganish va tekshirish ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatini, tirishqoqligini, o‘ziga talabchanligini, bilimga, fanga bo’lgan qiziqishini bilishga imkon beradi. Shuningdek, bolalarning xotirasi, bililish qobiliyatlarining qaydarajada usganligi, ularning mustaqil ishlashga ko‘nikma va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi. Tekshirish vaqtida o‘quv materiallari esga olinadi va o‘quvchilarni sezish, idrok qilish, fikrlash qobiliyatlari ham usib boradi.Bu jarayonda o‘quvchilar keng fikr yuritishga, o‘quv materiallarni asoslashga, mulohaza yuritish, isbotlashga o‘rganadilar.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning yana bir muhim tomoni shundaki, ana shu jarayonda o‘quvchilarning bilimlari va bajargan ishlaridagikamchiliklarsezilibqoladivanihoyatmazkurkamchiliklarnibartarafetish choralaribelgilanadi.
Bilimlarni tekshirish va baholash darsning barcha qismlariga singib ketadi. Shunday ekan, u o‘quvchi bilimidagi kamchiliklarni to‘ldirishga, o‘rganilayotgan masalaning asl mohiyatini anglashga yorda beradi va o‘rganilayotgan materialni tushunishga keng imkoniyat yaratadi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash jarayonida o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga va butun sinf jamoasiga izchil ta’sir tadi, individual ishni sinf jamoasi ishi bilan qo‘shib olib boradi.. tajribali o‘qituvchilar o‘quvchi bilimini baholash jarayonida sinf jamoasi fikriga suyanadilar va o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etadilar. Bunda o‘qituvchi sinf o‘quvchilari diqqatini faollashtiradi, o‘rtoqlarining javobiga mas’uliyat bilan qarashga o‘rgatadi. Shuningdek, o‘z bilimlarini mustahkamlashga, o‘z bilimiga tanqidiy qarashga odatlantiradi. Bu esa o‘quvchini o‘z vaqtida vijdonli, rostguy bo‘lishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi bilimga baho qo‘yish vaqtida o‘quvchining materialni o‘zlashtirish saviyasi, bola tafakkurining o‘sish darjasi, zenining rivolanishi kabi xususiyatlarini hisobga oladi: o‘quvchilarning ishlash sur’ati, qobiliyati, o‘qishga ishtiyoqi, nutqning o‘sish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarda uchraydigan qurqoqlik, uyatchanlik, tortinchoqlik, o‘z kuchiga ortiqcha baho berish, ishonmaslik, shoshqaloqlik, kamgaplik xususiyatlari bartaraf etiladi.. buning natijasida ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining uyg‘unligita’minlanadi.

15-mavzu. Boshlang'ich sinf matematika darslarida qo’llaniladigan o'quv vositalari va ularning vazifalari. Matematikadan boshlang'ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi.


Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo’lishi lozim? Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf - odatlarimizni o’rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?» degan savollar boshlang’ich ta’lim oldida asosiy masala bo’lib kelmoqda.
So’nggi yillarda mamlakatimizda o’rta maktabda matematika o’qitish, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligi, maktablar to’g’risidagi Qonun va farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir.
Hozirgi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun talablari matematikani turmush bilan bog’lash va uni mustahkamlashga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi, balki muhim o’zgarishlar talab etib, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo’yadi.
Matematika so’zi qadimgi grekcha so’zidan olingan bo’lib, uning ma’nosi ― “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o’rganadigan narsasi (ob’yekti) fazoviy formalar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir.
Bu matematik bilimlar sistemasi ma’lum usullar (metodika) orqali o’quvchilarga yetkaziladi.
“Metodika” grekcha so’z bo’lib, “metod” degani “yo’l” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog’i bo’lib, jamiyat tomonidan qo’yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq, matematikani o’qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. Maktab oldiga hozirgi zamon talabalari va ta’lim maqsadlarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun o’qitish metodlarini mukammal egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur.
Boshlang’ich ta’limi metodikasining matematika predmeti quyidagi- lardan iborat:
1. Matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsadlarni asoslash (Nima uchun matematika o’qitiladi, o’rgatiladi?).
2. Matematika o’qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o’rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o’rganishda izchillik ta’minlanadi, o’quv ishlariga o’quv mashg’ulotlari beradigan o’quv yuklama hal qilinadi, ta’limning mazmuni o’quvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O’qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o’qitish kerak, ya’ni, o’quvchilar hozirgi kunda zarur bo’lgan iktisodiy bilimlarni, malaka, ko’nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o’quv ishlari metodikasi qanday bo’lishi kerak?
4. O’qitish vositalari–darsliklar, didaktik materiallar, ko’rsatma-yu, qo’llanmalar va texnik vositalarini ishlab chiqish (nima yordamida o’qitish).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning darsdan tashqari formalarini qanday tashkil etish) O’qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va formalari metodik tizimining asosiy komponentlarida murakkab tizim bo’lib, uni o’ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o’zining bazaviy fani bilan uzviy bog’liq.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlang’ich sinf uchun mo’ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sahifalarida biz o’quvchilar uchun berilgan topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta quyon bo’lsa, bir qatorda shuncha katakni bo’ya, rasmda nechta bo’ri bo’lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo’ya”. Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko’rsatilgan to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
MO’M2 umumiy metodika qay darjada o’qtilishiga bog’liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi tomonidan ishlatiladi.
Boshlang’ich sinf MO’M pedagogika va pedagogik texnologiya, AKT fani
bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning qonuniyatlariga tayanadi.
MO’M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog’lanish mavjud.
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi, bu hol matematika o’qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan – pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllan- tirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan natijaga tayanadi, bu uning hayotiyligi va konkretligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning konkret materialidan “oziqlanadi”, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o’z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Matematika o’qitish metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog’liq. Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi va metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan boqliq.
Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan ta’limni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog’lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o’rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, eksperement, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o’quvchilar ishlarini o’rganish, suhbat va anketalar o’tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.

16-mavzu . Turli metodik qo'llanmalar, ko'rgazmalar va ulardan foydalanish.


Quyida koʻrgazmali materiallar xususida ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan. Koʻrgazmali materiallar yordamida bir vaqtning oʻzida muhokama qilinayotgan savol, axborotni ham eshitish, ham koʻrish orqali qabul qilish, shubhasiz, taʼlim oluvchilarning puxta bilim olishlariga yordam beradi. Bizga maʼlumki, koʻrgazmali materiallarning xilma-xil shakllari mavjud. Taraqqiyotning oʻzi bir tomondan fanni chuqur oʻzlashtirishni zarur qilib qoʻysa, ikkinchi tomondan turli-tuman yangi metodlar, koʻrgazmalilikni oshirish, texnika vositalaridan samarali foydalanish, ularni qoʻllashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. Koʻrgazmalilik, odatda, xayolan koʻz oʻngiga keltirish bilan yoki namoyish qilish bilan taʼminlanadi. Koʻrgazmali materiallar: nomoddiy, texnik va moddiy turlarga boʻlinadi. Nomoddiy koʻrgazmali materiallar deyilganda, dars jarayonida soʻz bilan oʻqituvchi tomonidan maʼlumotlarni yodga tushirish, taʼlim oluvchilarning xayolida gavdalantirish mumkin boʻlgan ichki, xayoliy tushunchalar, yaʼni adabiyot, sanʼat asarlari, badiiy film, badiiy asar qahramonlari, hayotda yuz beradigan turli voqea, hodisa va turli vaziyatlarni tasavvur qilish orqali hosil qilish tushuniladi. Darsni boshlaganda oʻqituvchi oʻtilgan mavzuni taʼlim oluvchilarning yodiga tushiradi. Oʻqituvchi yangi mavzuni boshlar ekan, taʼlim oluvchilar diqqatini unga jalb qilish, fikrini yoʻnaltirish uchun adabiyot, sanʼat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berishi mumkin. Bu yangi mavzuni oʻrganishga taʼlim oluvchilar ruhi va kayfiyatini tayyorlaydi. Masalan, «Pedagogika» fanidan «Taʼlim nazariyasi» mavzusini boshlashdan avval auditoriyaga quyidagicha murojaat qilish mumkin: «Taʼlim nazariyasi», «taʼlim jarayoni» yoki «taʼlim tizimi» deyilganda nimani tushunish mumkin? Ushbu savollarga taʼlim oluvchilar oʻzlari oldindan bilgan, oʻqigan, eshitgan maʼlumotlarga tayanib, koʻz oldilariga keltirib, oʻz fikr va mulohazalarini bildiradilar. Texnik koʻrgazmali materiallar deyilganda, taʼlim vositalarini tushunish mumkin. Chunki pedagogikada taʼlim vositalari koʻrgazmali material sifatida qaraladi. Bugungi kunda, uzluksiz taʼlim tizimini texnika vositalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Taʼlim vositalari deb, oʻqitilishi va oʻrganilishi lozim boʻlgan har qanday bilimlarni yetkazuvchi va axborot tashuvchi vositalarga aytiladi. Taʼlim vositalari uch turga boʻlinib oʻrganiladi: bosma, texnik va aniq oʻquv vositalari. Bosma yoki chop etilgan oʻquv materiallariga chop etilgan barcha oʻquv va koʻrgazmali materiallar kiradi. Bosma materiallar oʻz navbatida ikki turga boʻlinib oʻrganiladi, bular: matnli va tasvirli bosma materiallar. Masalan, oʻquv yoki ishchi dasturlar, darsliklar, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, tarqatmali materiallar, ishchi varaqalari, nazorat yoki topshiriq varaqalari, oʻquvuslubiy majmualar, maʼruza matnlari va boshqalar matnli vositalarga misol boʻladi. Ular maʼlumotlar olish va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Tasvirli koʻrgazmali materiallarga slaydlar, diagrammalar, jadvallar, fotosuratlar, chizma-sxemalar, plakat kabilar misol boʻladi. Ulardan umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun foydalaniladi. Texnika vositalarini ikki turga boʻlish mumkin: audiovizual, audiovirtual yoki yordamchi-jihozli.
Audiovizual vositalarga kompyuter, proyektor, kodoskop, kinoapparat, kompakt disklar, oʻquv televideniyesi, videomagnitofon, videofilm, audiokassetalar, Power Point materiallari, elektron darsliklar, multimedia vositalari kabilarni misol qilish mumkin. Audiovirtual vositalarga internet, masofaviy taʼlim kabilar misol boʻladi. Ushbu vositalar jarayonlar va ishlash mexanizmlari toʻgʻrisida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi-jihozli vositalarga doskalar (oddiy boʻr doska, oq (flipchart) doska, magnit doskasi, «Pinbord» doskasi), parta, stul, stol kabilar kiradi. Ushbu vositalar tasvir va matnni yozish hamda saqlash uchun xizmat qiladi. Aniq vositalar ikki turga boʻlib oʻrganiladi: haqiqiy va modelli. Haqiqiy taʼlim vositalari oʻrganilayotgan obʼektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Masalan, taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan binolar, mashina, traktor, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, xomashyolar, asbob-uskunalar va shu kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Modelli vositalarga esa, modellar, maketlar, trenajyor kabilarni misol qilish mumkin. Oʻrganilayotgan obʼektning modeli orqali u haqidagi tasavvur va maʼlumotlar hosil qilinadi. Taʼlim vositalari foydalanilishi jihatidan uch qismga ajratiladi: «taʼlim beruvchi uchun», «taʼlim oluvchi uchun» va «dars oʻtkazish uchun». Dars oʻtkazish uchun vositalarni oʻqituvchi umumiy boʻlgan holatda tanlaydi, yaʼni ushbu vositalar ham taʼlim oluvchi uchun, ham taʼlim beruvchi uchun samarali boʻlishi talab etiladi. Ushbu taʼlim vositalarini qanday, qayerda, qachon tanlash kerakligi va ulardan oʻz oʻrnida samarali foydalanish oʻqituvchining bilimi, koʻnikmasi va mahoratiga bogʻliq boʻladi. Taʼlim beruvchi uchun vositalarga oʻquv-metodik qoʻllanmalar, metodik tavsiyalar, metodik ishlanmalar, oʻquv dasturlari, dars rejasi, maʼruza matni, texnologik xarita, kalendar reja kabilar kiradi. Taʼlim oluvchi uchun vositalarga darslik, oʻquv qoʻllanma, jadvallar, yoʻl-yoʻriqli, texnologik xaritalar, topshiriq varaqalari va hokazolarni misol qilish mumkin. Dars oʻtkazish uchun vositalarga plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audio-vizual, audiovirtual vositalar, texnik, aniq vositalar kabilar kiradi. Baʼzi hollarda taʼlim oluvchi uchun moʻljallangan taʼlim vositalari taʼlim beruvchi uchun ham, dars oʻtkazish uchun ham qoʻllanilishi mumkin. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini toʻldirishi kerak. TADQIQOT NATIJALARI Maʼlumki, oʻqituvchi dars jarayonida oʻtiladigan mavzu, uning maqsadi haqida gapirib, soʻngra dars rejasini beradi. Dars jarayonida koʻrsatib, izohlash mumkin boʻlgan koʻrgazmali qurollar – jadval, rasm, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish taʼlim oluvchilarning bilimini puxtalashtirishda muhim hisoblanadi. Darsda oddiy boʻr bilan yoziladigan doskani ishlatish koʻp vaqtni olganligi bois, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yoʻq auditoriyalarda plakat, chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Biz bilamizki, chizma yoki plakatlar anʼanaviy koʻrgazmali qurollar boʻlib, odatda ular standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma va boshqalar chizilgan koʻrinishda boʻladi. Plakatlar nashr qilingan koʻrgazmali qurol hisoblanib, oʻtiladigan mavzular boʻyicha tanlab olinadi. Chizma yoki plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda koʻp vaqtni oladi. Xato qilinsa, oʻzgartirish qiyin. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda dars jarayonida vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan koʻrgazmali qurollar oʻrniga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay boʻlgan zamonaviy turlari, ayniqsa, slaydlardan foydalanish keng yoyildi. Slaydlar taʼlim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy oʻquv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istalgan vaqtda foydalanish, ish oʻrni oʻzgarganda ham oson koʻchirish mumkin boʻladi. Koʻrgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars oʻtishning barcha shakllari, uslublarida qoʻllash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, koʻrgazmali qurollarsiz oʻtib boʻlmaydi. Maʼlumki, har qanday fanni oʻrganish uchun dars jarayonida turli tarqatmali materiallardan foydalaniladi. Chunki dars davomida tarqatmali materiallardan foydalanish darsning qiziqarli boʻlishiga hamda taʼlim oluvchilar diqqatini jamlash, oʻtilayotgan dars mazmunining tushunarli boʻlishi va puxta oʻzlashtirilishiga olib keladi. Mavzuni oʻrganishda tarqatmali materiallardan foydalanishning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita taʼlim oluvchining qoʻlida boʻladi. Tarqatmali materiallar taʼlim oluvchilar uchun oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzuga oid axborot va topshiriq beruvchi hamda nazorat qiluvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. U taʼlim oluvchilar qoʻliga moʻljallangan boʻlib, uning hajmi va shakli uncha katta boʻlmagan yozma oʻquv materiali hisoblanadi.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling