Namangan davlat universiteti, 5A110901 “Pedagogika


Download 39.5 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1430023
Bog'liq
Hisobot Tolibova barno


O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi
Namangan Davlat universiteti Magistratura bolimi
70111201 - Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati 1-bosqich magistranti Tolibova Barnoxon Nosirjon qizining o’quv-metodik, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha bajarilishi yuzasidan oylik
HISOBOTI
Namangan davlat universiteti rektorining 22 noyabr 2021 yildagi “2021/2022 o’quv yilida qo’shimcha to’lov-kontrakt asosida talabalarni o’qishga qabul qilish haqida (magistratura) 1113T/Sh-sonli buyrug’iga asosan Namangan davlat universiteti magistratura mutaxassisliklariga qo’shimcha to’lov-kontrakt asosida 1-kurs magistratura talabalari safiga qabul qilindim.
I.O’quv-uslubiy ishlar.
I.1. Men oy davomida menga biriktirilgan ilmiy raxbar bilan birgalikda ishchi dastur va shaxsiy kalendar reja asosida ish olib bordim.
Haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari dars jadvalda berilgan fanlarning barcha semenar, ma’ruza, amaliy mashg'ulotlarida faol qatnashdim. Darsdan tashqari Tasviriy san'at kafedrasida ilmiy pedagogik ishimni olib bordim. San'atshunoslik fakultetida faoliyat yuritayotgan pedagok xodimlarning darslarini kuzatim va taxlil qildim.Nazariy ta’limda 70111201-Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati magistratura mutaxasisligi o’quv rejasidagi, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Amaliy bezak san`ati kompozitsiyasi, Ta`limda pedagogik o`lchovlar va zamonaviy test texnologiyalari, Akademik qalamtasvir hamda tanlov fanlar blogida ko’rsatilgan Tasviriy san`at kompozitsiyasi, O`zbekiston san`ati fanlardan darslarning borish jarayoni va magistrning shaxsiy xujjatlari, me’yoriy xujjatlarni yuritilishi bilan yaqindan tanishdim. O’qish jarayonida dastlabki ko’nikmalarni hosil qildim. Dasturdagi barcha fanlar o’zlashtirilib, yakuniy nazorat bilan tugallandi. Mazkur fanlar bo’yicha mustaqil ishlarni topshirib qo’shimcha tarzda testlar tayyorladim.
Semest davomida shaxsiy rejada belgilangan nazariy ta’lim qismini bajardim.
I.2.Hisobot oyi davomida akademik qalamtasvir fanidan “Tasviriy san`atga oid maxsus adabiyotlarni mutolaa qilish”, davomida Amaliy bezak san`ati kompozitsiyasi fanidan “Fan bo`yicha asosiy terminologiyani o`zlashtirish”, Tasviriy san`at kompozitsiyasi fanidan “Rassomlar Y.Elizarov, A.Volkov, A.Ikromjonov, G‘.Abduraxmonov, Y.Salpinkidilar ijodiy asarlari asosida kompozitsiya ishlash”, O`zbekiston san`ati fanidan “O`zbekiston san`atini eng qadimgi na`munalari” amaliy mashg’ulotlari uchun mustaqil ishlari tayyorladim.
II.Ilmiy-tadqiqot ishlari.
2.1. shu oylar mobaynida ham ishchi dastur va shaxsi kalendar reja asosida ish olib bordim. Semestr oyida magistrlik dissertatsiyasi uchun mavzusini tanlash uchun ilmiy-pedagogik dissertatsiyalar bilan tanishdim hamda kafedramiz o’qituvchilari bilan maslahatlashdim. “Temuriylar davri miniatyurasini o'rganishning ilmiy-ijodiy asoslari”” mavzusini tanladim va ilmiy rahbar etib kafedra o’qituvchisi, p.f.n dotsent Turdaliyev Alijon ilmiy maslahatchi Polatov Dilmurod Saymamutovich biriktirildi. Kutubxona va internet saytlarida Tasviriy san’at tarixi, O’zbekiston san’ati fanlarini o’rganilishiga doir manbalarni o’rganib chiqdim. Maqolalarim mavzuyim asosida yuritishga harakat qilyapman va izlanishlar olib borib axborot resurslardan faol foydalandim.
2.3.Magistirlik dissertatsiyamag kerakli va qo'shimcha adabiyotlarni tahlil qildim. Bu oy davomida axborot resurs markazidan dissertatsiya mavzuyimga doir yozilgan ilmiy ishlarni kartotekasini tayyorlash jarayoni bilan tanishib chiqdim.
III.Ilmiy-pedagogik ishlar.
1. Ishchi dastur va shaxsiy kalendar reja asosida ish olib bordim. Ikkinchi semestrda o'tiladigan darslar bilan tanishib chiqdim. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasining “Tasviriy san’at texnoligiyasi va nusxa ko’chirish”, “Qalamtasvir”, Rangtasvir, “Grafik tasvirlash asoslari” fanlaridan amaliy mashg’ulotlarini kuzatdim. Kafedraning 2021-2022 yillar uchun ilmiy -tadqiqot ishlar rejalarini o'rgandim. Ilmiy maqola tayyorlash uchun adabiyotlar taxlil qildim. Ilmiy tadqiqot ishi, magistirlik dissertatsiyasini bajarish bo’yicha yozma hisobot tayyorladim,bajarilgan barcha ishlar yuzasidan taqdimot tayyorladim. Yig'ma jild tayyorlash magistrlik dissertatsiyasi bo'yicha ma'lumotlarni universetetning rasmiy veb sayitiga joylashtirish uchun ilmiy rahbardan tavsiyalar oldim. TSMG kafedrasi o'qtuvchi ishchi xujjatlarini o'rgandim. Bajarilgan barcha ishlar yuzasidan haftalik hisobot tayyorladim va kafedra yig'ilishiga taqdim etdim.
IV. Malakaviy amaliy faoliyat;
Ilmiy tadqiqotimni Namangan davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Tasviriy san'at va muxandislik kafedrasida professor o'qituvchilari kuzatuvi ostida ilmiy faoliyat olib bormoqdaman.
V.Magistrlik dissertatsiyasini bajarish
Men ““Temuriylar davri miniatyurasini o'rganishning ilmiy-ijodiy asoslari” mavzusini tanladim va ushbu mavzu bo’yicha Abdurasulov S., Boymetov B.,Tolipov N.lar muallifiligidagi “Tasviriy san’at” kitobini universitet kutubxonasida topib ko’rib chiqdim. Ilmiy rahbarim hamda mavzuyimga oid internetdan manbalarni va mamalakatimiz miqyosidagi maqolalardagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim.
1. Sh.M.Mirziyoyev, "Buyuk kelajagimizni Mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz". O'zbekiston -2017y.
2. I A.Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" Toshkent-2014y
3. I.A.Karimov "Amur Temur haqida so'z" Toshkent: O'zbekisto.1996y
4. I.A.Karimov "Tarixsiz xotirasiz kelajak yo'q. -Toshkent:Sharq,1998 -148 b.


Magistrant: __________ B.Tolibova
Ilmiy rahbar: __________ A.Turdaliyev
Kafedra mudiri: __________ X.Rizayev
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling