Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining necha baravarigacha miqdori
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Pensiyalarni tayinlashning umumiy tartibi va asosiy qoidalari
- Agar ular qo‘shimcha hujjatlar
hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining necha baravarigacha miqdori
olinadi ? A)eng kam ish haqining sakkiz baravarigacha B)eng kam ish haqining etti baravarigacha S)*eng kam ish haqining o‘n baravarigacha D)eng kam ish haqining ikki baravarigacha 132 6-mavzu: Pensiyalarni tayinlash, hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash tartibi. Reja: 1.Pensiyalarning tayinlashning umumiy tartibi va asosiy qoidalari. 2. Pensiya tayinlashda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi 3 .Pensiyalarni hisoblab chiqarish. 4. Pensiyalarni to‘lash 5 .Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash va to‘lash 6 .Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining miqdori . 1. Pensiyalarni tayinlashning umumiy tartibi va asosiy qoidalari Davlat pensiyalarini tayinlash pensiya tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash huquqiga hozirgi paytda quyidagi organlar haqlidirlar: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari; Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati davlat qo‘mitasi pensiya tayinlash hamda to‘lash organlari. Barcha fuqarolarga, shu jumladan muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarga pensiyalar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi. Ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar, praporshiklar, michmanlar va boshqa muddatidan tashqari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, favqulodda vaziyatlar vazirligi, Chegara qo‘shinlari davlat qo‘mitasining boshliqlar hamda oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan harbiy xizmatchilariga mudofaa vazirligi yoki boshqa vazirlik, idoraning pensiya bo‘limlari tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi. Fuqarolarga pensiya tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 43-moddasida belgilab qo‘yilgandir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249- 133 songli ""Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida" o‘zbekiston respublikasining qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" gi Qarori bilan "Pensiyalar tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni takdim etish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom" tasdiqlangan bo‘lib 58 , mazkur Nizomga ko‘ra pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, fermer xo‘jaligi boshlig‘i yoki qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi orqali beriladi Ish vaqtlarini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash xaqidagi ariza arizachining bevosita yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga beriladi. Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga etmagan yoki huquqiy muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza uning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ularning yashash joylari orqali beriladi. Pensiya tayinlash yoki to‘xtatib qo‘yilgan pensiyani tiklash uchun pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan xolda murojaat etish mumkin. Yoshga doir pensiya tayinlanishini so‘rab pensiya yoshiga to‘lmasdan avval xam murojaat etish mumkin, lekin bu mazkur pensiyani olish huquki paydo bo‘lishidan bir oydan oldin bo‘lmasligi kerak. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan xollarda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini korxona, tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga ma’lum qiladi. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling