Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining necha baravarigacha miqdori


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

 hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining necha baravarigacha miqdori 
olinadi ? 
A)eng kam ish haqining sakkiz baravarigacha 
B)eng kam ish haqining etti baravarigacha 
S)*eng kam ish haqining o‘n baravarigacha 
D)eng kam ish haqining ikki baravarigacha 
 


132 
6-mavzu: Pensiyalarni tayinlash, hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash tartibi. 
Reja: 
1.Pensiyalarning tayinlashning umumiy tartibi va asosiy qoidalari. 
2. Pensiya tayinlashda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi 
3 .Pensiyalarni hisoblab chiqarish. 
4. Pensiyalarni to‘lash 
5 .Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash va to‘lash
6 .Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining miqdori

1. Pensiyalarni tayinlashning umumiy tartibi va asosiy
qoidalari
Davlat pensiyalarini tayinlash pensiya tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan
organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiya tayinlash huquqiga hozirgi paytda quyidagi organlar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, 
Milliy xavfsizlik xizmati davlat qo‘mitasi pensiya tayinlash hamda to‘lash 
organlari.
Barcha fuqarolarga, shu jumladan muddatli harbiy xizmatdagi harbiy 
xizmatchilarga pensiyalar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi.
Ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar, praporshiklar, michmanlar va boshqa 
muddatidan tashqari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, Milliy 
xavfsizlik xizmati, favqulodda vaziyatlar vazirligi, Chegara qo‘shinlari davlat 
qo‘mitasining boshliqlar hamda oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan harbiy 
xizmatchilariga mudofaa vazirligi yoki boshqa vazirlik, idoraning pensiya 
bo‘limlari tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi.
Fuqarolarga pensiya tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 43-moddasida 
belgilab qo‘yilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-


133 
songli ""Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida" o‘zbekiston 
respublikasining qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ 
hujjatlarni tasdiqlash haqida" gi Qarori bilan "Pensiyalar tayinlash uchun zarur 
bo‘lgan hujjatlarni takdim etish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom" 
tasdiqlangan bo‘lib
58
, mazkur Nizomga ko‘ra pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza 
oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, fermer xo‘jaligi 
boshlig‘i yoki qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi orqali 
beriladi
Ish vaqtlarini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarga va ularning oila 
a’zolariga pensiya tayinlash xaqidagi ariza arizachining bevosita yashash joyidagi 
tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga beriladi.
Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga etmagan yoki huquqiy muomalaga 
layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza uning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ularning 
yashash joylari orqali beriladi.
Pensiya tayinlash yoki to‘xtatib qo‘yilgan pensiyani tiklash uchun pensiya 
olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan 
cheklanmagan xolda murojaat etish mumkin.
Yoshga doir pensiya tayinlanishini so‘rab pensiya yoshiga to‘lmasdan avval 
xam murojaat etish mumkin, lekin bu mazkur pensiyani olish huquki paydo 
bo‘lishidan bir oydan oldin bo‘lmasligi kerak.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan 
xollarda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi 
qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini korxona, tashkilot 
ma’muriyatiga yoki arizachiga ma’lum qiladi. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling