128
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar -
doirasiga kirish uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) Mehnatga yaroqsizlik yoki mehnatga yaroqli bo‘lsa-da, marhumning 3
yoshga etmagan farzandlari parvarishi bilan band bo‘lishlik;
b) Marxum boquvchi bilan qarindoshlik aloqasida bo‘lishlik;
v) Marhum boquvchi qaramog‘ida bo‘lganlik;
g)
Marhum boquvchi bilan bir oila a’zosi bo‘lib yashaganlik.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqi vafot etgan
shaxslar bilan bir
qatorda belgilangan tartibda bedarak ketgan yoki o‘lgan deb e’lon qilingan
shaxslarning oila a’zolarida ham paydo bo‘ladi.
Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi
birinchi, nevara bobosiga,
buvisiga nisbatan
ikkinchi, evara katta bobosiga,
katta buvisiga nisbatan uchinchi
darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo. Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil
qarindoshlikning ikkinchi
qarindoshlikning uchinchi, tog‘avachcha,
amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa
to‘rtinchi darajasida
turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: