Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
Tarqatma materiallar.
Mavzuni o‘zlashtirishga doir vaziyatli masalalar 1. Fuqaro Akromova fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilib, eri to‘rt yildan beri qaerda ekanligi nomalumligini, o‘zi anchadan buyon kasal ekanligini, voyaga etmagan farzandlari borligini aytib o‘ziga ijtimoiy yordam ko‘rsatishlarini so‘radi. Fuqaro Akramovaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlash mumkinmi? Ushbu fuqaro yana qanday ijtimoiy yordam turlarini olishi mumkin? 2. Kasb kasalligidan vafot etgan G‘ofurovning ikkita voyaga etmagan farzandlariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilindi. G‘ofurovning yoshi 40 da, mehnat staji 15 yil, hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqi 202.730 so‘mni tashkil qiladi. Oilaga va bolalarning har biriga tayinlanadigan pensiya miqdorini aniqlang. 3. Fuqaro Murodova Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilib, eri 36 yoshida umumiy kasallikdan vafot qilganligini, vafot qilguncha yakka tartibdagi 129 tadbirkorlik bilan 10 yil shug‘ullanganligini, hozirda qaramog‘ida 3 ta voyaga etmagan farzandlari borligini va o‘zi ham hech qaerda ishlamasligini aytib boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlashlarini so‘radi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi voyaga etmagan farzandlarnigina hisobga olib pensiya tayinladi. Fuqaro Murodova hozirda voyaga etmagan farzandlar tarbiyasi bilan mashg‘ulligini inobatga olib pensiya oluvchilar doirasiga o‘zining ham kiritilishini talab qildi. Fuqaro Murodovaning talabi o‘rinlimi? Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda mehnat staji yuridik ahamiyatga egami? 1-chizma 2-chizma Боқувчисини йўқотганлик пенсияси боқувчи вафот этгани туфайли таъминотсиз қолган меҳнатга яроқсиз шахсларга мунтазам тўланадиган ижтимоий таъминот туридир Ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисалар ва касб касаллиги (уларга тенглаштирилган бошқа ҳолатлар) туфайли боқувчи шахс вафот этганида марҳум иш стажидан қатъи назар тайинланади Турмушдаги (умумий) касалланиш ёки маиший жароҳатланиш туфайли вафот этган боқувчи оила аъзоларига – марҳум муайян меҳнат стажига эга бўлганида (17-модда) тайинланади Боқувчисини йўқотган шахс сифатида пенсия олувчилар қаторига: болалар, ногирон ака-ука, опа-сингил, бобо-буви, эр ёки хотин, ўгай ота – ўгай оналар, ўгай ўғил-қизлар, фарзандликка олинганлар (одатдаги тарзда) кирадилар Марҳум боқувчи билан қариндошлик алоқасида бўлиш (муайян вақт бирга яшаганлик) Марҳум боқувчининг қарамоғида былиб турганлик (бошқа турмуш кечириш манбаига эга эмаслик, марҳум берган таъминот асосий турмуш манбаи эканлиги Меҳнатга яроқсизлик (16 ёшга етмаган) (ўқувчилар 18 ёшга етмаган), пенсия ёшига етганлик, I-II гуруҳ ногирони эканлиги |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling