Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash va to‘lash
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
5. Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash va to‘lash
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilariga (ofitserlar, praporshiklar, michmanlar va boshqa muddatdan tashqari harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar) sobiq SSSRning bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lib turgan «xarbiy xizmatchilarni pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq quyidagi pensiyalar tayinlanadi: a) uzoq yillik harbiy xizmat pensiyasi; b) harbiy xizmat nogironlik pensiyasi; v) harbiy xizmatchi vafot etgan taqdirda uning qaramog‘ida bo‘lib kelgan mehnatga yaroqsiz shaxslarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. Yuqorida eslatib o‘tilgan qonunda ushbu pensiyalarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi, pensiya tayinlash asoslari va shartlari ko‘rsatib qo‘yilgan. xarbiy xizmatchi va uning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash, pensiyani tayinlash hamda to‘lash tegishli harbiy organlarning pensiya bo‘limlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartib hamda muddatlarda amalga oshiriladi. 1) xarbiy xizmatchilarga uzoq yillik xizmat qilganlik pensiyasini tayinlash «xarbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunni 13- 151 moddasiga ko‘ra uzoq yillik xizmat pensiyasini olish huquqiga quyidagilar ega bo‘ladilar: a) ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, muddatidan tashqari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy organlarning boshliqlar hamda oddiy xizmatchilar tarkibidan bo‘lgan shaxslari - kamida 20 yil va undan ko‘p xizmat qilgan bo‘lsalar; b) ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, o‘rta, katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy organlarning xodimlari - 50 yosh va undan keyin ushbu harbiy xizmatdan yoshi tufayli yoki kasalligi, shtatlar soni qisqartirilganligi yoxud salomatligi ahvoli cheklanganligi oqibatida harbiy xizmatdan bo‘shatilgan bo‘lsalar hamda xizmatdan bo‘shatilgan kunga kelib kamida 12 yil-u 6 oy harbiy xizmat muddatiga, kamida 25 yil umumiy mehnat stajiga ega bo‘lsalar. Uzoq yillik xizmat pensiyasining miqdori quyidagicha bo‘ladi: a) 20 yillik harbiy xizmat davri uchun pul to‘lovlarining 40 foizi, yoshi yoki kasalligi tufayli xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga esa - yillik to‘lovlarning 45 foizi; 20 yildan ortiqcha harbiy xizmatning har bir yili uchun tegishli oylik to‘lovning 3 foizi, ammo uning 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda. Kamida 12 yilu 6 oy xizmat qilgan, umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan 50 yoshdan oshgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy organlar xizmatchilari uchun umumiy 25 yillik ish staji uchun harbiy xizmatchi oyligining 40 foizi va 25 yildan ortiqcha har bir to‘liq mehnat staji yili uchun 1 foizdan qo‘shimcha haq miqdorida pensiya tayinlanadi. xarbiy xizmatchilarning eng kam pensiyasi miqdori pensiyalarning rasman belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. xarbiy xizmatchilarning uzoq yillik xizmat pensiyalariga ular qaramog‘ida mehnatga yaroqsiz oila a’zolari borligi, ular I guruh nogironi, 80 yoshdan oshgan pensionerlar ularning qaramog‘larida ekanligi hisobga olinib ustamalar qo‘shib 152 berishlik nazarda tutilgan. 2) xarbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyasini tayinlash xarbiy xizmatchi sifatida nogironlik pensiyasini olishga quyidagilar haqli bo‘ladilar: a) agar nogironlik harbiy xizmat burchini o‘tash paytida yuz bergan bo‘lsa; b) harbiy xizmatdan bo‘shatilganlaridan so‘ng uch oy o‘tmasdan yuz bergan bo‘lsa; v) nogironlik keyinchalik yuz bergan bo‘lsa-da, ammo uning sabablari harbiy xizmatni o‘tash davrida olingan yaralanish, kontuziya yoki jarohatlar oqibatida yuz bergan bo‘lsa. Nogironlik guruhlari, sabablari va yuz berish vaqti TMEK tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi. Nogironlik, uning sabablariga ko‘ra urush nogironi va harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan nogironlikka bo‘linadi. xarbiy xizmatchilarga quyidagi miqdorda nogironlik pensiyasi tayinlanadi: a) 1-P guruh urush nogironlariga ular oylik pul to‘lovlarining 75 foizi; b) III guruh urush nogironlariga - oylik maoshlarining 50 foizi; v) boshqa nogironlarga: 1-P guruhlar uchun 55 foiz, III guruh nogironlari uchun esa 30 foiz oylik maoshlari miqdorida. xarbiy xizmatchilarning nogironlik pensiyalariga qonun hujjatlarda belgilab qo‘yilgan miqdorda ustamalar qo‘shib beriladi («xarbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasi). 3) xarbiy xizmatchilarning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash xarbiy xizmatchilarning oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishga quyidagi hollarda haqli bo‘ladilar: a) agar boquvchi harbiy xizmatni o‘tash davrida vafot etgan bo‘lsa; b) agar boquvchi harbiy xizmatdan bo‘shatilgach uch oy o‘tmasdan turib vafot etsa; 153 v) agar boquvchi xizmatdan bo‘shatilgach, 3 oydan ko‘p vaqt o‘tgach vafot etgan bo‘lsa-da, ammo uning o‘limiga xizmatni o‘tash davrida yuz bergan yaralanish, kontuziya va boshqa jarohatlar sabab bo‘lgan bo‘lsa; g) vafot etgan pensioner harbiy xizmatchi pensiya olayotgan davrda yoki pensiya to‘lash to‘xtatilganidan so‘ng 5 yil o‘tmasdan turib vafot etgan bo‘lsa; d) harbiy xarajatlar davrida bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari vafot etgan harbiy xizmatchi oila a’zolariga tenglashtiriladilar. xarbiy xizmatchi oila a’zosi sifatida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga uning qaramog‘da bo‘lib kelgan, mehnatga yaroqsiz bo‘lgan quyidagi shaxslar haqli sanaladilar: a) marhum harbiy xizmatchining 18 yoshga to‘lmagan bolalari, 18 yoshga yetmagan uka-singillari, nabiralari, 18 yoshga etgan bo‘lsa-da nogiron bolalari, uka, singillari, nabiralari (agar ularning mehnatga yaroqli ota- onalari bo‘lmasa); b) 60 yoshdan oshgan otasi, 55 yoshdan oshgan onasi yoki bu yoshga tetmasalarda - nogiron bo‘lsalar; v) marhumning 8 yoshga yetmagan bolasi parvarishi bilan band bo‘lgan va ishlamayotgan xotini (eri), ota-onasi, bobosi, buvasi, opa-singillari yoshidan qat’i nazar; g) marhumning bobosi va buvisi agar qonun bo‘yicha ularni boqishga majbur bo‘lgan boshqa qarindoshlari bo‘lmasa. Ota-onasidan mahrum bo‘lib qolgan (chin etim) harbiy xizmatchining yetim bolalariga ular to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan hollarda ham pensiya 100 foiz to‘lanadi. Boshqa yetim bolalar (harbiy xizmatchi bolalari) davlat ta’minotida bo‘lganlarida esa tayin etilgan pensiyaning 25 foizi to‘lanadi. xarbiy xizmatchining xotini (eri) yangi nikohga kirganida ham boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqini saqlab qoladi. o‘gay ota, o‘gay ona basharti vafot etgan harbiy xizmatchi o‘gay farzandni kamida 5 yil tarbiyalagan yoki ta’minlagan bo‘lsa boquvchisini yo‘qotganlik 154 pensiyasi olishga haqli oila a’zolar tarkibiga kiradi. Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar umumiy asoslarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olishga haqli bo‘ladilar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling