Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
ortiq bo‘lmagan ish haqi olinar edi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob- kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish
ortiq bo‘lmagan ish haqi olinar edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yil 12 dekabrdagi, 2019 yilning 1 yanvardan «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF- 5597-sonli Farmoniga asosan: -“Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab- quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini to‘laqonli jalb qilish, pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob- kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga 141 olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlasin” 61 - deb belgilandi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman bo‘lmagan hollarda ish staji uchun pensiya eng kam oylik ish haqiga qarab hisoblab chiqariladi. Ish haqining natural qismi ijtimoiy sug‘urtaga o‘tkazilgan badallar miqdoriga qarab baholanadi. Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan fuqarolarga pensiyalar O‘zbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo‘lmasa, o‘rtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.Chet elda ishlashga yuborilgan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarishda ular chet elga yuborilishidan oldin olgan ish haqi hisobga olinadi.Turli davrlarda tayinlangan davlat pensiyalarini barobarlashtirish maqsadida joriy qilingan tuzatish koeffitsentlari qo‘llash tartibi bekor qilindi 62 . Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling