Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


-mavzu. Nafaqalar va ularni tayinlash


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

7-mavzu. Nafaqalar va ularni tayinlash. 
1. Nafaqalar tushunchasi, ularning umumiy tasnifi va ijtimoiy ta’minot huquqida 
tutgan o‘rni. 
2. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash. 
3 .Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
4. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa 
5. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli)
6. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa 
7. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
8. Byudjet hisobidan to‘lanadigan ijtimoiy ta’minot va ularning turlari 
1. Nafaqalar tushunchasi, ularning umumiy tasnifi va ijtimoiy ta’minot 
huquqida tutgan o‘rni. 
Bozor munosabatlari qaror topishi sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish va ijtimoiy ta’minoti shakllaridan biri - fuqarolarga tayinlanadigan va 
to‘lanadigan nafaqalardan iborat bo‘lib, ular o‘zining miqyosi va keng qamrovliligi 
jihatdan pensiyalardan keyin ikkinchi o‘rinda
turadi va aholining muayyan nochor 
tabaqalariga aniq yo‘naltirilganligi, odatda ehtiyojmandlarga tayinlanishi bilan 
ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
ta’kidlaganidek: «Qanchalik qiyin bo‘lmasin, davlat va jamiyat pensionerlar, 
serfarzand oilalar, talabalar hamda aholining kuchli ijtimoiy muhofazaga muhtoj 
bo‘lgan boshqa tabaqalari xususida g‘amxo‘rlik qilishni bir daqiqa bo‘lsa ham 
unutgani yo‘q»
64
.
Nafaqa ijtimoiy ta’minot huquqiga oid kategoriya sifatida fuqarolarga yoki 
oilaga davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari, davlat byudjeti hamda boshqa 
maxsus manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki bir marta 
ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamdan iborat bo‘lib, pensiyalardan farq qiladi va 
odatda yordamchi xususiyatga ega bo‘ladi hamda fuqaro turmush kechirishning 
64
Қаранг: Ислом Каримов. «Ҳозирги босқичда демократик ислоқоҳларни чуқурлаштиришнинг муқим 
вазифалари». “Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби». 5-том, Т., «Ўзбекистон», 1997 йил, -Б. 113.


161 
asosiy manbai bo‘lib hisoblanmaydi. Pensiyalarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar 
- pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik sharti bilan va tekinga berilishi 
kabilar nafaqalarga ham xosdir.
Pensiyalardan farqli o‘laroq, nafaqa vaqtinchalik xususiyatga ega, turmush 
darajasini ta’minlashning qo‘shimcha manbai bo‘lib sanaladi va tayinlanishida 
nafaqa oluvchining avvalgi mehnat faoliyati va mehnat staji har doim ham 
unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
To‘lanish manbalariga ko‘ra nafaqalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan (byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan) to‘lanadigan ;
2. Davlat byudjet mablag‘laridan to‘lanadigan ; 
3. Boshqa manbalardan to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi. 
Davriyligiga ko‘ra: 
1) 
Muntazam tarzda uzoq muddat davomida to‘lanadigan ; 
2) 
Muayyan muddat davomida to‘lanadigan ; 
3) 
Bir marta to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi. 
Nafaqani oluvchilar toifasiga ko‘ra: 
1) 
Fuqarolarga tayinlanadigan; 
2) 
Oilaga yaxlit ko‘rinishda tayinlanadigan nafaqalar mavjud. 
Bulardan tashqari, nafaqa: 
1) 
korxona va tashkilotlarning xodimlariga to‘lanadigan; 
2) 
bolalarga to‘lanadigan; 
3) 
nogironlarga to‘lanadigan; 
4) 
yolg‘iz qariyalarga to‘lanadigan va boshqa turdagi bo‘lishi mumkin. 
Nafaqalarning turlarini, ularni tayinlash va to‘lashga oid 
qonunchilik qoidalarini bilish bu sohada qonuniylikn ta’minlanishi, ijtimoiy adolat 
qaror toptirilishida katta ahamiyatga ega. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling