Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan etim bolalarni kiyim-
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash.
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan etim bolalarni kiyim-
bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash. Ijtimoiy yordamning bu turi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2002 yil 21 oktyabrdagi 87, 121 - son qarori bilan tasdiqlangan "Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM" ga ko‘ra amalga oshiriladi. Mazkur Nizomga ko‘ra bolaning Xalq ta’limi yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tarbiyalash va davolash muassasalari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi muassasalardan olinishidan qa’hiy nazar, tutingan ota-onalarga o‘z tarbiyasiga olgan har bir bola uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa to‘lanadi. Oilalarga tarbiyalash uchun beriladigan etim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash normalari va uni amalga oshirish tartibi va muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 martda 1112-son bilan ro‘yxatga olingan Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi NIZOMga asosan bunday nafaqalar tayinlanishi va to‘lanishi mpumkin. Bolani parvarish qilish nafaqasi qo‘rg‘on, qishloq, ovul, mahalla fuqarolari 191 yig‘ini yoki maxsus vakolatli komissiya tomonidan, ona yoki amalda bolani parvarish qilayotgan boshqa shaxs qo‘rg‘on, qishloq, ovul, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi nomiga beradigan arizasiga asosan tayinlanadi. Ariza hududida mazkur shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga beriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: a) bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasidan ko‘chirma nusxa; b) mehnat daftarchasidan ko‘chirma nusxa - ilgari ishlaganlar uchun; v) ariza topshirilgan oygacha oila a’zolarining oxirgi o‘n ikki oydagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma; g) bolaning nogironligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi VKK xulosasi ko‘chirma nusxasi (zarurat bo‘lganda); d) nikohning bekor qilingani to‘g‘risida guvohnomaning ko‘chirma nusxasi yoki tegishli sud qarorlaridan ko‘chirmalar (zarurat bo‘lganda); e) onasi bo‘lmagan bolani amalda parvarish qiladigan shaxslar onasining yo‘qligidan dalolat beruvchi hujjat - bolaning onasi vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma, onani onalik huquqlaridan mahrum qilish to‘g‘risida sud organlari tomonidan berilgan ma’lumotnomani yoki bolaning (bolalarning) onasi bolani parvarish qilish nafaqasini olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etadilar. Nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarda taqdim etiladi. Bolani parvarish qilish nafaqasini tayinlash uchun qo‘rg‘on, qishloq, ovul, mahalla fuqarolarining yig‘inida yoki ushbu nafaqani tayinlash va to‘lash masalalarini hal etish uchun fuqarolar yig‘ini vakolat bergan komissiya tomonidan qabul qilingan qaror asos bo‘lib hisoblanadi. Bolani parvarish qilish nafaqasi oila daromadini hisobga olgan holda tayinlanadi. Quyidagi hollarda nafaqa oila daromadlaridan qat’iy nazar tayinlanadi: a) to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan ota va 192 onalarga. Bunda bolaning to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanish faktini, muayyan holatlarni hisobga olgan holda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi belgilaydi; b) nogiron bolani tarbiyalayotgan onalarga (yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarga). Bunda bolalarning qaysi biri nogiron ekanligining ahamiyati yo‘q. Bolani parvarish qilish nafaqalarini to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi: a) parvarish qilinayotgan bola ikki yoshga to‘lganda; b) bolaning ixtisoslashtirilgan muassasaga to‘liq davlat ta’minotiga berilishida; v) bola vafot etganda; g) oila bola bilan doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda; d) ishga tushilganda; e) boshqa joyga ko‘chganda; j) tayinlangan muddatning birinchi o‘n ikki oyi oxiridagi holat bo‘yicha oila har bir a’zosining daromadlari belgilangan mezondan oshib ketsa. Bolani parvarish qilish nafaqasini to‘lashni to‘xtatishga olib keluvchi holatlar to‘g‘risida nafaqa oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ma’lum qilishi shart. Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa to‘lovi quyidagi hollarda bekor qilinadi: a) parvarish kilinayotgan bola ikki yoshga to‘lganda; b) bola ixtisoslashtirilgan muassasaga (go‘daklar uyiga) to‘liq davlat ta’minotiga joylashtirilganda; v) bola vafot etganda; g) oila, bola bilan birgalikda, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketganda. Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa to‘lovi bekor qilinishiga olib keluvchi holatlar haqida nafaqa oluvchi shaxs, nafaqa to‘lovini amalga oshirayotgan organni habardor qilishi shart. 193 Nafaqa oluvchi shaxs vafot etganda yoki ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganda yoxud bola vasiylikdan olib qo‘yilgan hollarda nafaqa amalda bolani parvarishlayotgan shaxsga ushbu nafaqa to‘langan so‘nggi oyning keyingi oyidan boshlab tayinlanadi. Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa bila turib noto‘g‘ri yoki qalbaki (soxta) hujjatlar bo‘yicha olinganligi aniqlangan hollarda, bunday hujjatlarni taqdim qilgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar, ortiqcha to‘langan summalar belgilangan tartibda undirib olinadi. Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa to‘lovi bekor qilinishiga olib keluvchi holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berilmaganda, to‘lovni amalga oshirayotgan organning qarori bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar belgilangan tartibda nafaqa olgan shaxsdan undiriladi Bola parvarishlash uchun nafaqa to‘lovi korxonalarda (tashkilotlarda) ishlayotgan onalar (ona o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun ushbu korxonalarning (tashkilotlarning) o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling