Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli)


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

5. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli)
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi 
hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Ish haqiga koeffitsient qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu 
koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik 
ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda 


175 
beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.
Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning 
ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona 
o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.
Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa Pensiya 
jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik 
nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shab, Shu davr 
mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik 
nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.
6. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 230-moddasiga ko‘ra:
«Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) 
bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari 
hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan hamda oyiga qo‘shimcha bir 
dam olish kuni beriladi».
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi 
to‘g‘risidagi Nizomning 84-bandiga ko‘ra esa "Nogiron bolasini
tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o‘n olti 
yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik 
ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni 
beriladi.
Nogiron bolani tarbiyalayotgan ishlayotgan ota-onaning biri (vasiy, 
xomiyning) bu haqda bergan arizasi hamda nogiron bolani tarbiyalayotganligini 
tasdiqlovchi hujjat asosida ish beruvchi bu haqda buyruq chiqaradi hamda har 
oyning qaysi aniq sanasida bir kun qo‘shimcha dam olish kuni berilishi masalasi 
ushbu huquqdan foydalanayotgan ota yoki ona (homiy, vasiy) bilan kelishib 
belgilanadi.


176 
Nogiron bolalarni tug‘ruq bo‘limlari (chaqaloqlar, bolalar uylari)dan 
farzandlikka olgan shaxslarga ham ushbu nafaqa tayinlanaveradi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling