Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

4. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa
Ishlayotgan ayollarga jami 126 kalendar kun kundan iborat homiladorlik 
ta’tili va egizak bola tug‘ilsa yoki tug‘ish og‘ir kechgan hollarda 140 kun 
miqdorida homiladorlik va tug‘ish ta’tili beriladi. Ushbu ta’til davrida ayolning 
ish joyi (lavozimi) saqlanib qolinadi hamda ularga ushbu davr uchun davlat 
ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobdan nafaqa beriladi.
«Davlat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha tayinlash va to‘lash tartibi 
to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ni 
tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.
xomiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan 


172 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
xomiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan 
hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr 
uchun to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining 
2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti 
parametrlari to‘g‘risida»gi (27.12.2016 yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan 
homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. 
Unga muvofiq homiladorlik va tug‘ish nafaqasi miqdori haqiqatda ishlangan 
vaqtga bog‘liq holda tabaqalashtiriladi. Shu bilan birga ishlangan vaqt birinchi 
marotaba ishga kirganlar uchun ham, o‘z mehnat faoliyatini 12 oydan ko‘p 
tanaffusdan keyin davom ettirayotganlar uchun ham hisobga olinadi: 
· 
ishga olingan kundan boshlab 6 oygacha – 50%; 
· 
6 oydan 12 oygacha – 75%; 
· 
12 oydan ortiq – 100%. 
Masalan, ayol ilk marotaba ishga kirdi va 6 oy ham ishlamasdan homiladorlik va 
tug‘ish ta’tiliga chiqyapti. Unga o‘rtacha oylik ish haqining 50%i miqdorida 
nafaqa tayinlanadi. Yoki yana bir boshqa misol – ayol bir yildan ortiq muddat 
mobaynida hech qayerda ishlamadi, ishga kirdi va oradan 11 oy o‘tib, 
homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqyapti. U o‘zining o‘rtacha oylik ish 
haqining 75%i miqdorida nafaqa olishi mumkin. Shu tariqa, ilk marotaba ishga 
kirgan vaqtidan boshlab yoki 12 oydan ko‘p vaqt tanaffusdan keyin, Shuningdek
agar
tanaffus 12 oydan kam bo‘lgan bo‘lsa, bir yil mobaynida ishlab berilgan 
taqdirda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini 100% miqdorda olish mumkin. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling